Insoniy munosabatlar lisoniy tahlil obekti sifatida
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
2-сон 2021 йил Хакимов Х. 88
Хорижий филология №2, 2021 йил
93 ertagi kunga Sultonxon ayam chaqirib keldi.” [2, 56 b.] Fazilat va onasi o‗rtasidagi suhbatda qizning go‗zal xulqi odob-ahloqi namoyon bo‗ladi. Buni biz uning ―... sizdan so‗roqsiz chaqirishga botinolmadim‖ degan so‗zlarida aniq, ravshan ko‗rishimiz mumkin. U boy xonadonning yolg‗iz qizi bo‗lishiga qaramasdan o‗z onasidan beruxsat ish qilmasligi qizning go‗zal axloq sohibi ekanini ko‗rsatadi. Darhaqiqat, inson uchun odob, xulq va yaxshi tarbiya har qancha boylikdan ham ustundir. Zero, boylik bilan topib bo‗lmaydigan narsalar xushxulqlik, chiroyli muomala bilan topilishi mumkin. Chiroyli odob va xulq atvor insonning ba‘zi ayb va kamchiliklarini yopishi mumkin. Go‗zal xulq bu insonning ichki dunyosinigia go‗zallashtirib qolmay, balki uning fe‘l atvorida ham namoyon bo‗ladigan fazilatdir. Zebining go‗zal xulqi va shirali ovozi uni dugonalari o‗rtasida hurmatga sazovor etadi. Asarda Zebining go‗zal axloqidan namunalarni ko‗plab uchratish mumkin. Jumladan uning notanish kishi bilan suhbatida yoki sud zalidagi holatida ham ana shunday odob namunalarini ko‗rish mumkin: “- Kimsiz? Nima deysiz? – deb so„radi. U yoqdan sodda va biroz dag„al, lekin quvnoq bir erkak ovozi keldi: - Ha, Razzoq so„fining ojizalarimisiz? Qalaysizlar, omon-eson bormisizlar? - Xudoga shukr – deb qo„ydi Zebi. - Men otangizni aytgali kelib edim... - Uxlab yotgan bo„lsa kerak. Uyg„otib beraymi? Zarurmi? - Eshon bobom yo„qlatdilar. Uyg„otmasangiz bo„lmaydi. “Tez, oldinga solib kel!” dedilar... - Xo„p bo„lmasa uyg„otib berayin.” [2, 113 b.] Ushbu holatda Zebining ro‗molini pana qilib eshik oldiga kelishi va notanish odam bilan eshikni ochmasdan uning qilgan suhbati, o‗zbek ayollariga xos ibo-hayo va go‗zal :odobini namoyon etadi. Uning ketma- ket bergan qisqa so‗roqlari o‗zbek qizlariga xos soddalikni ifodalaydi: “Sud raisi, nihoyat, tilmochga yuzlandi: - Aytingiz aybdor yuzini ochsin. Tilmoch bu buyruqni Zebiga tushuntirib berdi. - Voy, o„laqolay! Shuncha nomahramning oldida yuzimni ochamanmi? Undan ko„ra o„lganim yaxshi emasmi?”[2, 304 b.] Ushbu parchada Zebining xarakteri va ruhiyati nihoyatda tabiiy va jonli ochib berilgan. U shu qadar sodda va beg‗uborki, hattoki sud qamoq degan tushunchalar haqida tasavvurga ham ega emas. Bu sodda musulmon ayol sudda qora kursida o‗tirganda ham hukm, jazo qanday bo‗lishini emas, balki butunlay boshqa narsani – musulmonlik, sha‘riat qoidalariga shak keltirmaslikni o‗ylaydi. Parchada qo‗llangan ―nomahram‖ so‗zi diniy ma‘noni ifodalovchi so‗z bo‗lib, yaqin qarindoshlik aloqasi bo‗lmaganligi sababli bir-birini ko‗rish yoki bir-biriga ko‗rinish man etilgan, lekin nikohlanishi mumkin bo‗lgan erkak va ayol (bir-biriga nisbatan) zid mahram ma‘nosini anglatadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, asar tili boy, jozibador. Muallif tili ham, qahramonlar tili ham ixcham va obrazli. Romanning syujeti go‗zal va serjilo bo‗lish bilan birgalikda qiziqarli va ta‘sirlidir. Uning qamrovi juda ham keng. Biz faqat ―Kecha va Kunduz‖ romani qahramonlari orasidagi ijtimoiy-shaxsiy munosabatari tasviridan foydalangan holda, XX asr boshlaridagi o‗zbek xonadonlarini, undagi er-xotin, dugonalar, qo‗shnilar va qarindoshlar munosabatlarini va o‗zbek xalqiga xos ayrim jihatlarni va hozirgi kunga kelib yo‗qolib borayotgan ba‘zi an‘analarni qisqacha talqin qilishga urindik. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling