Insoniy munosabatlar lisoniy tahlil obekti sifatida
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
2-сон 2021 йил Хакимов Х. 88
Хорижий филология №2, 2021 йил
91 “ ... Salti endi gap ochdi: - Erta saharlab chopganim bekorga emas... - Men ham sezganman... Yuragim bir qur seskanib ham oldi... - Nimaga o„rtoqjon? - O„zingiz bilgan sovchilar balosi-da... Qish ichi keti uzilmadi. -Menam bezganman, jonim qaqa... shuning uchun bir qishloqqa chiqib kelsammikan, deb edim... -Nimasini aytasiz-a... Ariqdagi suv ham muzning tagidan chiqadi-ku.” [2, 5 b.] Yuqorida keltirilgan dialog shaklidagi parchadan qizlarning bir-birlariga bo‗lgan samimiyati, hurmati seziladi. Ularning oxiriga yetmay qolgan jumlalari qizlarning bir- birlarini so‗zsiz tushunishini bildiradi. Ularning bolalarcha beg‗ubor, sodda ekanligini ko‗rsatadi. Parcha so‗ngida Zebining o‗z dardlarini ifodalash uchun qo‗llagan ―Ariqdagi suv ham muzning tagidan chiqadi-ku‖ o‗xshatishi uning erksiz tutqun kabi ekanligini aytish barobarida, o‗zbek ayollariga xos sirliligini, zehnliligini ham namoyon etadi: “ Zebi uni uzr aytib qarshi oldi: - O„rtoqjon, - dedi, - otam avrodda o„tirib qoldi, shekilli, shunaqa odati bor. Endiyoq kirib kelsa kerak. Xafa bo„lmang-a? ” [2, 8 b.] Zebining otasi kelmayotgani uchun uzr so‗rashi faqatgina otasi uchun emas, balki o‗zi uchun ham, o‗zining mehmonni unutib qo‗ygani uchun hamdir.Uning hijolatli chehrasida o‗zbek qizlariga xos uyatchanlik bilan birgalikda samimiyat ham namoyon bo‗ladi. ―Endiyoq kirib kelsa kerak. Xafa bo‗lmang-a? ‖ qisqa jumlalari samimiyat va sharm-hayoga to‗la bo‗lib, ikki dugonaning bir-birini yaxshi ko‗rishini, bir- biriga yaqinligini, bir-birini ranjitib qo‗yishdan qo‗rqishini ko‗rsatadi. Salti o‗zi qisqa vaqtga kelgan bo‗lsada u shoshilayotganini o‗rtog‗iga bildirmaydi va uning yuzidan o‗tolmaydi. Bunday munosabat faqatgina yaqin dugonalar o‗rtasidagina bo‗ladi xolos. Parchada ishlatilgan ―avrod‖ so‗zi diniy xususiyatni ifodalovchi so‗z bo‗lib, duolar, Bomdod, tong namozidan so‗ng o‗qiladigan duo, oyat yohud ko‗p takrorlanadigan, o‗qib yuriladigan oyatlar, duolar ma‘nosini anglatadi [1,33 b.]. O‗zbek xonadonlarida qarindoshchilik, qo‗shnichilik munosabatlari hurmat-izzatga asoslanadi. Asarda ham kattaga hurmat kichikka izzat munosabatlari ulug‗lanadi. Kattalarga hurmat munosabatlaridan birini muallif Zebi va Sarvibibi o‗rtasidagi suhbatda ko‗rsatadi: Qizlar o„zlarini tappa-tappa aravadan tashlab, eshikdan ichkariga kirarkan, Zebi sekingina kampirni uyg„otdi: - Enajon, turing kelib qoldik! Enajondan javob bo„lmadi. Zebi o„sha past ovoz bilan yana bir uyg„otdi, enajon hali ham jim edi. [2, 29 b.] Safar boshidayoq Zebining tizzasiga boshini qo‗yib, uyquga ketgan bu kampirni bezovta qilishga jur‘ati yetmagan Zebi qizlar aravadan tushayotganda uni past ovoz bilan uyg‗otadi. Enajondan javob bo‗lmagach, uni yana o‗sha past ovozda uyg‗otishi, Zebining andishaliligini ko‗rsatish bilan bir qatorda uning o‗zbek qizlariga xos kattalarga bo‗lgan hurmatini ham ifoda etadi. Qahramonga xos bu fazilatlar past ovoz, enajon, pastgina kabi sifatli birikma va ot bilan hamda qarshilantirish usulidan foydalangan holda tasvirlanadi. Kichiklarga izzatni biz Hamro enayning chaqaloqqa bo‗lgan munosabatida ko‗rishimiz mumkin: Bolani yo„rgaklaganidan keyin hali u qadar odam kepatasiga kirmagan yuzlariga tikilgan va mana bu so„zlar bilan erkalatganmish: “ - Aylanay, mehmon, kimdan xafa bo„lib tushdingiz? Kim ozor berdi sizga? Ayting! Qovog„ingizni ochsangiz-chi! Yorug„ dunyoga keldingiz! Shukr qiling! Sevining! Mundoq bir kuling! Kulimsirang! Iljaying!..” [2, 9b.] Hamro enayning chaqaloqni sizlab gapirishi, unga sertakalluf so‗zlar bilan murojat qilishi, ―Sevining! Mundoq bir kuling! Kulimsirang! Iljaying!‖ kabi iltimosnamo so‗zlari uning kichik mehmonga, yani chaqaloqqa bo‗lgan izzat-ikromini ko‗rsatadi. O‗zbek xalqining tahsinga sazovor bu xususiyatini biz shunigdek, Razzoq so‗fi va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling