Insoniy munosabatlar lisoniy tahlil obekti sifatida


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana04.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1163787
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-сон 2021 йил Хакимов Х. 88

Хорижий филология №2, 2021 йил 
 
89 
o‗z mansabi ga (so‗filigi) zid ish tutadi, o‗z 
xotinini ―Fitna‖ deb chaqiradi. ―Fitna‖ so‗zi 
arab tilidan kirib kelgan bo‗lib, maftun etish, 
yo‗ldan ozdirish, isyon, g‗alayon ma‘nolarini 
anglatuvchi salbiy ma‘noli so‗z, g‗arazli 
maqsadga erishish yo‗lida birovni qoralash 
uchun qilinadigan yashirin xatti-harakat, 
buzg‗unchilikdir [1, 349 b.]. Ushbu 
jumlalarda ifodalangan muallif fikri yana bir 
bor insoniy munosabatlarni aks ettirish bilan 
birga 
asarning 
ta‘sirchanligi 
va 
ishonchliligini, matn pragmatikasi salmog‗ini
oshiradi uni yanada o‗qimishliroq bo‗lishiga 
yordam beradi.
Ayollar esa o‗z erlariga bundanda 
ortiq hurmat ko‗rsatadilar, hattoki o‗z 
turmush o‗rtog‗ining yuziga, ko‗zlariga tik 
qaramaydilar, turmush o‗rtog‗ining har bir 
gapini so‗zsiz bajaradilar. Bu esa boshqa 
millatlarda uchramaydigan, faqatgina o‗zbek 
ayyollariga xos bo‗lgan xususiyatdir. Biz buni 
roman matnidagi Akbarali mingboshi va Zebi 
o‗rtasidagi 
munosabatda 
ko‗rishimiz 
mumkin: 
“ - Tur, hay! – dedi Zebiga. 
 
Zebi yotgan joyidan turib, fonarni 
balandlatdi. 
 
- Dasturxonni yoz! Yegulik narsang 
bormi? 
 
- Ha kosada osh bor. 
 
- Ber buyoqqa. 
Zebi erining mast ekanligini bilsa-da, 
uning ovozidagi bu g„ayritabiiy qo„rslik va 
qattiqlikka hayron bo„ldi, boshini ko„tarib, 
unga 
tikildi, 
 
“o„zimi, 
boshqami?” 
deganday... 
 
- Nimaga menga qaraysan? Yo 
mastmisan, sintaloq? – dedi mingboshi. 
 
Zebi 
indamasdan 
dasturxonni 
yoyib,oshni qo„ydi. ” [2, 294-295 bb.] 
Mana shu sodda undov, so‗roq va 
qisqa darak gaplardan iborat dialogda o‗zbek 
ayollariga xos bir qancha fazilatlar aks etgan. 
Keltirilgan jumlalarda muallif Zebi timsolida 
o‗zbek 
ayollariga 
xos 
er-xotin 
munosabatlarida 
turmush 
o‗rtog‗iga 
itoatkorlikni, uning barcha gaplarini so‗zsiz 
bajarishini ko‗rsatiladi. Zebi o‗rnidan turib 
Akbarali mingboshining buyruqlarini bajara 
boshlaydi va uning g‗ayritabiiy qo‗rsligidan 
hayratlanib 
unga 
qaraydi. 
Akbarali 
mingboshining bu nigohdan jahli chiqadi. 
Sababi, mavjud madaniy makonda erkak 
kishining ko‗ziga qarash, tik boqish unga 
nisbatan hurmatsizlik va betgachoparlikni 
bildiradi. Biroq Zebi hurmatsizlik yuzasidan 
emas, balki hayratdan unga tikilib qolgandi. 
Mingboshi ― – Nimaga menga qaraysan? Yo 
mastmisan, ...‖ deb uni nohaq koyishiga 
qaramasdan, 
Zebi 
e‘tiroz 
bildirmaydi, 
indamaydi, aksincha, dasturxonni yozadi, o‗z 
ishida davom etadi. Zebining e‘tiroz 
bildirmagani, uning o‗zbek ayollariga xos 
iboli, 
hayoli 
hamda 
andishali 
ekanini 
ko‗rsatadi. 
Cho‗lpon 
lisoniy 
unsurlar, 
xususan, gap tuzilishi orqali bunga erishadi, 
milliy o‗ziga xoslikni ko‗rsatadi.
O‗zbek ayollarining e‘tirofga loyiq 
yana bir jihati shundaki, ular turmush 
o‗rtog‗idan ruxsatsiz ish qilmaydilar. Asar 
boshida 
Zebining 
dugonasi 
Saltanat 
Enaxonlarnikiga mehmonga Zebini olib 
borish niyatida keladi. Ammo, Zebining onasi 
Qurbonbibi otasi namozdan kelganidan so‗ng 
izn so‗rab ko ‗rishini aytadi. Bu ham sharqona 
odobning bir ko‗rinishi:
“Sukut uzoqqa cho„zilgandan keyin 
Qurbonbibi endi bu safar jiddiy bir chehra 
bilan: 
- Nimaga indamaysiz? Xo„p deng! 
Katta odam, uyat bo„ladi. Bir yaxshi xotinlari, 
bir otincha qizlari borki... O„zlarini bo„lsa, 
o„zingiz bilasiz, - dedi. 
So„fi negadir: 
- Bilaman, Fitna, bilaman! – deb 
qo„yib, yana jim bo„ldi. 
Endi Qurbonbibi yana ham jiddiylashdi: 

Bo„lmasa, 
“yo„q”, 
deng. 
Saltanatxonga javob beray, ketsin! Azonda 
kelgan edi. 
Shundan so„ng so„fining tili aylandi: 
- Shoshma, Fitna, “yo„q”, dema, 
mayli, bora qolsin...”. [2, 21b.] 
Qurbonbibi qizining qish bo‗yi siqilib 
o‗tirganini ko‗rib, uning ko‗nglini yozib 
kelishi 
uchun, 
uni 
azbaroyi 
yaxshi 
ko‗rganidan mana shu yolg‗onni o‗ylab 
topadi. Ammo, uni o‗zi uchun emas, qizi 
uchun ishlatgan va bu kichik yolg‗oni katta 
fojiyalarga 
sabab 
bo‗lishini 

hatto 
tasavvuriga ham keltirmagan edi.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling