Insonlarning dardu tashvishlarini o‘ylab yashash odamiylikning eng oliy mezonidir


«Insonlarning dardu tashvishlarini о‘ylab yashash – odamiylikning eng oliy mezonidir»


Download 67 Kb.
bet2/5
Sana23.04.2023
Hajmi67 Kb.
#1391535
1   2   3   4   5
Bog'liq
INSONLARNING DARDU TASHVISHLARINI O‘YLAB YASHASh ODAMIYLIKNING ENG OLIY MEZONIDIR

2. «Insonlarning dardu tashvishlarini о‘ylab yashash – odamiylikning eng oliy mezonidir»
Shuni alohida ta’kidlab о‘tmoqchimanki, davlatimiz Rahbarining «Insonlarning dardu tashvishlarini о‘ylab yashash – odamiylikning eng oliy mezonidir», degan hayotbaxsh sо‘zlarini zamirida xalqimizni og‘irini yengil qilish, ularning dardu-tashvishlariga bilan yashash, jannatmakon yurtimiz kelajagi yoshlarga berilayotgan e’tibor ham kelajagimiz bо‘lmish yoshlarga ishonch deb о‘ylayman.
Zero, biz ham tarbiya qilayotgan yoshlar ham mana shunday yaratib berilayotgan shart-sharoitlardan mamnun ekanligini yonib turgan kо‘zlaridan anglash qiyin emas.
Hayotning mavjud achchiq haqiqatlariga yuzma-yuz kelib, xalqimiz ichiga kirib borayotgan hamda haqiqiy amalda kо‘rsatilgan sahovatga yо‘g‘rilgan muruvvatlari uchun ushbu oliy dargoh muassasasi rahbariyatiga va jamoasiga shaxsan о‘zim nomimdan hamda muassasamiz xodimlari nomidan chuqur minnatdorchilik bildiraman.
– Bugun mana ertalabdan Yong‘in xavfsizligi instituti jamoasi bizning pansionatga tashrif buyurib, xayriya hasharini uyushqoqlik bilan boshlab yuborishdi.
Yosh navqiron xodimlar va kursantlarni atrofimizdagi bog‘ni kо‘kalamzorlashtirish, qurigan daraxt shoxlari butash ishlari, keksalarimiz sayr qilishi uchun mо‘ljallangan о‘rindiqlarni joylashtirish va hududimiz atrofidagi mevali daraxtlarga ishlov berish, daraxtlar va yо‘lak chetlari oqlash ishlaridagi beminnat yordamlari uchun boshimiz kо‘kka yetdi, deydi – О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Urush va mehnat faxriylari uchun Respublika pansionati direktori о‘rinbosari Sayfullo Abdullayev – mustaqil Vatanimizning barcha mehnat faxriylari, mustaqil diyorimiz tinchligiga shukronalar aytib, yaqinlashib kelayotgan mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayrami munosabati bilan amalga oshirilayotgan yurtimiz uzra obodonlashtirish ishlari uchun avvalo muhtaram Prezidentimizga о‘zlarining alohida shukronalik minnatdorchiligini bildirdilar.
Shu bilan bir qatorda bugungi saxovatpesha insonlarning xayriya hashari tashkilotchilariga ham barcha keksalarimiz hamda jamoamiz nomidan chuqur minnatdorchilik bildiraman.
– Yuziga fotiha tortarkan yoshi ulug‘larimiz «Tо‘rt muchang sog‘ bо‘lsin, О‘zi panohida asrasin» degan niyatni aytishdan charchashmaydi. Aslida hayotning mazmuni, gо‘zalligi ham shu ikki niyat ortiga yashiringandek.
Hasharda saxovatpeshalik, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi tushunchalar yanada sayqallanadi, deydi – Toshkent viloyati, Zangiota tumani «Beruniy» MFY, Nurli hayot kо‘chasi 37 uyda istiqomat qiluvchi 83 yoshli ikkinchi guruh nogironi Yо‘lchiyeva Oysara aya – Assalomu-alaykum xola deb, kirib kelgan bir guruh harbiy libosdagi alp-qomatli yigitlar, xushmuomalalik bilan salom-alik qilib biroz suhbatlashib bо‘lgandan sо‘ng, biz Yong‘in xavfsizligi instituti xodimlari va kursantlari sizning uyingizga hasharga keldik deyishganda benihoya quvondim.
Shundan sо‘ng, uyda yig‘ilib qolgan yumushlarimga kо‘maklashishdi. Men ushbu oliy dargohda ta’lim-tarbiya olayotgan yoshlarimizni mehnatsevarligi, mustahkam irodasi va muomala madaniyati bilan о‘z kasblarini munosib egalari ekanligini yana bir bor shohidi bо‘ldim, desam mubolag‘a bо‘lmaydi. Mana shunday xayrli ishlarni amalga oshirayotgan Institut jamoasiga, biz keksa avlod vakillariga kо‘rsatayotgan beminnat yordamlari uchun duo qildim.
Men juda ham xursandman, doimo xalqimizni xizmatiga labbay deb javob berib, о‘z mehnatlari bilan Vatanimiz ravnaqiga hissa qо‘shib kelayotgan aziz yoshlarimizni kelajagi porloq bо‘lsin. Umrlaridan baraka topishsin.
Hashar yо‘li bilan mahallalarda mendek yolg‘iz qariyalarimizga beminnat yordam qо‘lini chо‘zayotgan ushbu oliy ta’lim muassasasining rahbariyati va kursantlari ham mana shunday savobli ishlarni amalga oshirayotganliklari uchun samimiy minnatdorchiligimni bildiraman.
Yong‘in xavfsizligi instituti jamoasi tomonidan bunday xayr-saxovat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Download 67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling