Insonning ijtimoiylashuvida ma’naviyatni tutgan o‘rni qodirov Baxodir Safaraliyevich Ijtimoiy-gumanitar fanlar


Download 39 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi39 Kb.
#1629371
Bog'liq
Илмий мақола 2


INSONNING IJTIMOIYLASHUVIDA MA’NAVIYATNI TUTGAN O‘RNI
Qodirov Baxodir Safaraliyevich
Ijtimoiy-gumanitar fanlar
o‘qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari)
mutaxassisligi 2-bosqich magistranti

Inson vujudga kelishi va ko‘payib yaxlit jamiyat sifatida rivojlanishi, o‘z navbatida ijtimoiy hodisaga sabab bo‘ldi. “Ijtimoylashuv” atamasini birinchi boʻlib amerikalik sotsiolog F.G.Keddings insonlarga nisbatan qo‘llagan. U oʻzining “Ijtimoylashuv nazariyasi” (1987 yil) kitobida “ijtimoylashuv individ tabiati yoki xarakterining rivojlanishi, insonni ijtimoiy hayotga tayyorlashdir”, degan fikrni bildiradi1.


Ilmiy adabiyotlarda ma’naviyat va uning kelib chiqishi, tarixiy takomili haqida yagona bir fikr mavjud bo‘lmaganidek, uning tarixiy bosqichlari ham ilmiy-falsafiy jihatdan yetarlicha asoolanmagan. Kuzatishlarimiz jarayonida shunga amin bo‘ldikki, ma’naviyat har qanday davlat hamda jamiyatning tarixiy-ma’naviy, madaniy-axloqiy negizlari asosida shakllanar undagi o‘ziga xos fazilatlar uygunligi xalq va millat taraqqiyotining imkoniyatlarini yanada kengaytirar va uni yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarar ekan, odam bolasining biologik mavjudotdan madaniy shaxsga aylanishi teran ijtimoiy-axloqiy jarayonlar mahsulidir. Inson-ijtimoiylashgan individ. Uning ijtimoiylashuvi dastlab ijtimoiy aloqa va munosabatlarida o‘z ifodasini topgan. Inson dastavval tabiatdan tashqi turtki kuch olib o‘z zaifligini anglay olgan. Demak, Odamning insonga aylanish jarayoni ijtimoiy taraqqiyotning o‘ziga xos inqilobidir. Insonning ijtimoiylashgan bioijtimoiy vujud ekanligi, u jamiyat bag‘ridagina boshqa kishilar aloqa-munosabatlarga kirishgan holdagina mavjud bo‘lishi kelib chiqadi.
Ijtimoiy taraqqiyot – jamiyatning bir sifat holatidan yangi sifat holatiga o‘tishidir. Dastavval inson o‘z-o‘zini anglash jarayonida ma’naviyatning ilk ko‘rinishi, masalan axloq, axloqiy munosabatlar qaror topgani, endi inson boshqa odamlar bilan munosabatga kirishmasdan turib mavjud bo‘la olmasligini, o‘zining tabiat kuchlari oldidagi zaifligini anglab yetgan. Bu hol ijtimoiy munosabatlarning ilk ko‘rinishi-axloqiy munosabatlar (axloqiy ruxsat va ta’qiq) da o‘z ifodasini toptan2.
Faylasuf olimning fikricha, odam bir xil fiziologik tuzilishdagi mavjudotdir. Unda hayvonlarga xos juda ko‘p unsur (element)lar bor. Jaloliddin Rumiy inson tanasini bir qafasga qiyoslaydi.3 Jumladan qushlik sifati o‘sha qafasni yuqoriga tortsa, sichqonlik sifati tubanga sudraydi. Rumiyning uqtirishicha, nuqsonlar mavjud ekan, ruh ham g‘uborli bo‘ladi. Binobarin, o‘zligidan yuksala olmagan, tuyg‘ulari tarqoq va ruhi zaif kimsalarda hayvoniy mayllar namoyon bo‘ladi. Ibrohim Karimov bu hodisani odamning ijtimoiy munosabatlarga kirishishi orqali bartaraf qilish mumkin deb hisoblaydi. Odamzot olamni, unda o‘zining o‘rnini anglashda mantiqiy tafakkurni, ilmiy-falsafiy asosda shakllantirishi muhim ekani har doim alohida ahamiyat kasb etib kelgan.4 Demak, odam umumiy tushuncha bo‘lib, unda hayvonlarga xos olg‘irlik, halol va haromning farqiga bormaslik, nafs yo‘lida har qanday g‘ayriinsoniy xatti-xarakat qilishdan uyalmaslik, jamiyatdagi qonun-qoidalarni mensimaslik kabi talay illatlar mavjud bo‘ladi. O‘zi yashayotgan davlat qonunlari va jamiyatda qaror topgan odob-axloq normalariga qat’iy rioya etadigan, mabodo bilib-bilmay tasodifan ularga xilof xatti-xarakat qilsa, o‘zini-o‘zi sira kechirmaydigan va bu xatosini zudlik bilan tuzata oladigan ongli ijtimoiy mavjudotni inson deyish mumkin. Odam bo‘lish oson, ammo inson bo‘lish qiyin, desak tushunchalar mano-mazmuni purviqor va ta’sirchan bo‘ladi, albatta.
Inson tushunchasida ijtimoiylashgan, hayvoniy qusurlardan xoli bo‘lishga intiluvchi va shunga erisha oluvchi bir xilqat yotadi. Minglab yillik tarixda yashash uchun kurash jarayonida inson o‘zi mansub bo‘lgan jamiyatda tarixan qaror topgan ma’naviy qadriyatlarga, an’analarga aylangan odob-axloq me’yorlariga hamda o‘zi yashayotgan davlatning qonun-qoidalariga qattiq rioya qilishga intiladi, bordiyu biror tashqi ta’sir ostida bu talab va qoidalarni bilmasdan buzib qo‘ysa, o‘zini koyiydi, o‘ziga-o‘zi tanbeh beradi, ruhan qiynalib, hatto o‘zini sira kechira olmaydigan darajada vijdon azobiga tushadi. Bu hol inson uchun ma’naviy-ruhiy azobdir.
Tarixda odamzot ma’naviyat tufayli o‘z hayvoniy hirslaridan ozod bo‘la bordi va chin ma’nodagi ijtimoiy mavjudot sifatida shakllanib borgani haqida tarixdan misollar ko‘p. Ta’lim tizimi esa har doim mafkura vositasi bo‘lib kelgan u orqali odam insonga aylantirishga intilganini falsafiy jihatdan dalillangan.
Ming yillar davomida odamzotning individual va ijtimoiy ongi hamda ruxi diniy ta’limotlar asosida shakllanib, rivojlaiib kelganki, bu omilni e’tibordan soqit qilib bo‘lmaydi. Muqaddas kitoblarga ishonch, jarayondagina u musulmon, xristian, buddaviylik sifatlariga ega bo‘ladi. Diniy ta’limotlar odamning insonga aylanish ijtimoiy mexanizmlarini yuqoridagi tarzda tushuntirishadi. Odamning insonga aylanishida imon tushunchasining o‘rni va roli dinlarda o‘z takomilini topganki, hozirgi davrda bundan ijobiy foydalanish zamon taqozosidir.
Ingliz olimi Charliz Darvin o‘zining 1871-yilda nashrdan chiqargan “Odamning kelib chiqishi va jinsiy tanlanish” asarida odam zoti odamsimon maymunlardan kelib chiqqan degan emas.5 Aksincha, Darvin odam qandaydir mo‘jiza ifodasi natijasi bo‘lmay, balki yerda tirik organizmlar evolutsiya rivojining mahsuli bo‘lib, u sut emizuvchilar oilasiga mansub, deb hisoblagan. Ammo, deydi u, “Tanasi yoki kuchi katta-kichikligiga nisbat beriladigan bo‘lsa, odam maymunning kamchil turi, chunonchi, shimpanze yoki shunga o‘xshash gorilladan kelib chiqanligini biz bilmaymiz”, “...shuning uchun ham odam uchun nisbatan kuchsizroq shakllardan vujudga kelishi nihoyatda afzal edi». Charliz Darvin ixtiyorida XIX asr davomida yer ostidan topilgan odamzot suyak qoldiqlari, bosh miya kosalari, ularning ilmiy tahlili yo‘q edi. Binobarin, u odamning paydo bo‘lishi va evolyutsion takomili haqida ilmiy taxmin (gipoteza) qilishdan nariga o‘ta olmas edi. Olimning gipotezaga asoslangan evolutsion nazariyasi tufayli odamning paydo bo‘lishi va tarixiy-tadrijiy rivojini aniqlash, uni ilmiy asosga qo‘ishga turtki berdi.
XX asr davomida olib borilgan arxeologii qazilmalar, ularni ilmiy tahlil etish asosida odam shu Ona-tabiat deb ataladigan va quyosh sistemasidagi o‘rtacha planeta bo‘lgan yerda o‘zidan-o‘zi paydo bo‘lganligi, biologii tur sifatida hozirgidek tarixiy takomilga erishganligi fanga ayon bo‘ldi. Agar ma’naviyat elementlari Homo xabilis- o‘quvli odamlar pitekantroplardan boshlanib, sinantrop va neandertal tipidagi odamlarda takomillashib borgan bo‘lsa, tom ma’nodagi ma’naviyat kromonon tipidagi aqilli odamlar Homo sapiensdan boshlanadi.
Odamzot olamni, borliqni, jamiyatni, o‘zini-o‘zi anglashi tushunchalarni qanday idrok etishiga bogliq ekan, har bir tushunchadagi falsafiy mazmunni aniqlash, yashirin ma’noni mulohaza qilish, idrok etish orqali topish lozim. Bu tushunchalar bir-biriga bogliq, bir-birini taqozo etishidan tashqari, ulardagi o‘ziga xos mazmun-mohiyatini ilmiy-falsafiy anglash ijtimoiy taraqqiyot va inson kamoloti biosotsial, etnogenetik mexanizmlarini ham ilmiy idrok etishga imkon yaratadi.


1 Erkaev A. Ma’naviyat – millat nishoni. T.: “Ma’naviyat” nashriyoti, 1999. 17-b.

2 Yangi va eng yangi davr G‘arbiy Yevropa falsafasi. – Toshkent. Sharq nashriyoti. 2002-yil. 580-b.

3 Jaloliddin Rumiy. Ma’naviy Masnaviy. Birinchi jild, birinchi kitob. Toshkent. “Sharq” nashriyoti-matbaa
konserni bosh tahririyati. 1999. 20-b.

4 Ibrohim Karimov. Ma’naviyat, falsafa va hayot. –fan. 2007.41-b.

5 OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Download 39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling