Ma’naviyatning jamiyat ijtimoiy taraqqiyotidagi o‘rnini o‘rganishning nazariy-metodologik asoslari qodirov Baxodir Safaraliyevich Termiz davlat Pedagogika instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlar


Download 69 Kb.
bet1/6
Sana20.06.2023
Hajmi69 Kb.
#1629398
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Илмий мақола 1


MA’NAVIYATNING JAMIYAT IJTIMOIY TARAQQIYOTIDAGI O‘RNINI O‘RGANISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
Qodirov Baxodir Safaraliyevich
Termiz davlat Pedagogika instituti
Ijtimoiy-gumanitar fanlar
o‘qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari)
yo‘nalishi magistranti
E-mail: baxodirqodirov536@gmail.com
Tel: +998 91 238 87 90
Annotatsiya: Ushbu maqolada mustaqillik yillarida ma’naviyatning jamiyatimiz ijtimoiy taraqqiyotidagi o‘rnini o‘rganishning nazariy-metodologik asoslariga bag‘ishlanadi.
Kalit so‘zlar: Ma’naviyat, metodologiya, milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va Ma’naviy-Masnaviy”.


Annotation: this article will focus on the theoretical and methodological foundations of studying the place of spirituality in the social development of our society during the years of independence.
Keywords: spirituality, methodology, national idea, fundamentals of spirituality and spiritual Masnavi”.


Аннотация: В данной статье рассматриваются теоретико-методологические основы изучения места духовности в социальном развитии нашего общества в годы независимости.
Ключевые слова: Духовность, методология, национальная идея, основы духовности и Духовно-Духовность.
KIRISH
Mustaqillik yillarida ijtimoiy-gumanitar fanlar orasida jamiyat ma’naviy hayotini ijtimoiy taraqqiyotidagi o‘rnini o‘rganishning alohida yangi ilm – “Ma’naviyat asoslari” fani shakllana boshladi. Chunki ma’naviyat tog‘risida aniq va nisbatan mukammal tasavvurlargina ijtimoiy taraqqiyotni tezlashtirishda ma’naviy omillardan samarali foydalanish imkonini beradi. Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotida va barkamol avlodni tarbiyalashda ma’naviyatning ahamiyatini hisobga olib Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov o‘zining ko‘plab asarlari va ma’ruzalarida ma’naviyat to‘g‘risida fikr yuritadi. Birinchi Prezidentimiz ma’naviyatni O‘zbekistonning milliy tiklanishi va rivojlanishida ustuvor ahamiyat kasb etishini, ongimizni, shuurimizni tazyiqdan xalos etmasak o‘z kuchimizga, buyuk kelajagimizga ishonch, har qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tish uchun qat’iy irodaga ega bo‘lmasak, mahalliychilik, guruhbozlik, urug‘-aymoqchilik, boqimandalik kabi illatlarni yo‘qotmasak, tashabbus ko‘rsatmasak, buyuk marralarga intilmasak biz ko‘zlagan maqsadimizga erisha olmasligimizni ta’kidladi. Ma’naviyat haqidagi barcha fikrlarni mujassamlab Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli alohida asar ham yozdi. Ma’naviyatga ichki botiniy bir kuch sifatida qarab, unga quyidagicha ta’rif berdi: “Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”1 deb ta’kidlab o‘tganlar.
Bugungi kunda yurtboshimizning davom ettirayotgan ma’naviy-ma’rifiy izchil siyosati bu sohada yangi bir davrni boshlab berdi. “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz.

Download 69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling