Inspeksiya boshlig‘i I. Xolmatov toshkent sh


§ 4. AGN tizimidan olinadigan axborot


Download 126.25 Kb.
bet4/10
Sana28.12.2022
Hajmi126.25 Kb.
#1009343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
228 12.11.2009


§ 4. AGN tizimidan olinadigan axborot
54. Dispetcher punktiga kelib tushadigan kon atmosferasi holati to‘g‘risidagi axborot qabul qilish uchun qulay holda, nazorat natijalarini har xil izohlashni oldini olgan holda taqdim etilishi kerak. U hujjatlarni tuzish va jurnallarni yuritish hamda saqlash uchun qulay bo‘lgan shaklda berilishi kerak.
55. Avariya yoki avariya vaziyati to‘g‘risidagi axborot ovozli yoki chiroqli signallar bilan birga berilishi kerak.
56. Hujjatlarni yuritish, xavfli tendensiyalarni aniqlash maqsadida ma’lumotlarni qayta ishlash, ma’lumotlarni taqdim etish kompyuter vositalari orqali amalga oshirilishi mumkin.
57. Magnit disklarda yoki tashuvchi vositalarda saqlanadigan va elektron ko‘rinishda taqdim etiladigan hujjatlar (ma’lumotlar) qog‘ozda tuzilgan hujjatlarga tenglashtiriladi.
58. Asosiy nazorat datchiklaridan olingan joriy axborotlar majburiy ravishda saqlanadi (40 b.). Ma’lumotlarni saqlash uchun to‘plash oralig‘i, ularni saqlash muddati va shakli nazorat tizimi loyihasida belgilanadi. Bunda ma’lumotlarni to‘plashning oralig‘ini saqlash 1 daqiqadan ortmasligi, saqlash muddati esa — kamida 1 yil bo‘lishi kerak. Arxivni tuzishda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: arxivlangan parametr va nazorat punktining nomi, olingan sana va vaqt. AGN tizimida saqlanayotgan axborotni qog‘ozga chiqarish imkoniyati ta’minlangan bo‘lishi kerak.
59. Nazorat qilinayotgan parametrlarning holatini ifodalash uchun kompyuterlardan foydalanilganda quyidagi talablarga amal qilish kerak:
nazorat qilinayotgan parametrning holati quyidagi rang bilan ifodalanishi kerak: qizil — belgilangan me’yorga etganda (avariya holati);
sariq — belgilangan me’yorning 90% darajasiga etib kelganda (avariyadan oldingi holat);
ko‘k — belgilangan me’yorning 90% darajasidan kam bo‘lganda;
nazorat qilinayotgan parametrning avariya holati to‘g‘risidagi axborot ekranning maxsus chiqarilgan oynasida aks ettirilishi va videogrammalar almashtirilganda (avtomatik ravishda yoki talab bo‘yicha) doim operatorning ko‘rish doirasida qolishi kerak;
nazorat qilinayotgan parametrning avariya (avariyadan oldingi) holati ovozli signallar bilan birga berilishi kerak;
nazorat qilinayotgan parametrning avariya holati to‘g‘risida xabarni qabul qilib olgan AGN muhandis-operatorining harakatlari uning lavozim yo‘riqnomalari bilan tartibga solinishi kerak.
60. AGN tizimini sinash natijalarini aks ettirish ekranning maxsus chiqarilgan oynasida ko‘rsatilishi kerak. AGN tizimi elementlarida biron bir nosozlikni aniqlash, shu elementlar bilan nazorat qilinadigan barcha parametrlar bo‘ylab avariya signallarining avtomatik ravishda yuzaga kelishiga olib kelishi kerak.
61. AGN tizimini dasturiy ta’minlashda dastur doiralariga ishning mohiyatini o‘zgartirish va uni to‘xtatib qo‘yish bilan bog‘liq bo‘lgan ruxsatsiz kirishlardan himoyalangan bo‘lishi kerak.
62. AGN tizimi orqali olingan konning inshootlaridagi aerogaz vaziyat to‘g‘risidagi jamlanma axborot korxonaning rahbariga, korxonaning bosh muhandisiga, VTB maydon boshlig‘iga, ishlab chiqarish maydonlarining rahbarlariga yuborilishi kerak.
63. O‘ziyozar uskunalar va jurnallarda (5.1, 5.2., 5.3., 6-ilovalar) yozilgan yoki kompyuter xotirasida to‘plangan axborotlar AGN tizimi bilan jihozlangan barcha kon inshootlarida ishlarini bajaradigan maydonlar va kon xizmatlari tomonidan operativ ishlarda foydalaniladi. VTB maydoni esa, metan konsentratsiyasining oshishi sabablarini aniqlash, uni me’yorlashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek tizimning ishlashida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun qo‘llaniladi.
Operatorning jurnalida qayd qilingan, o‘ziyozar qurilmalarning tasmalarida yoki kompyuterlar xotiralarida yozilgan axborotlar havo sarfini hisoblash va konning metan bo‘yicha toifasini aniqlash uchun zarur bo‘lgan maydonlarning mutloq metanga boyligini aniqlashda ishlatiladi.
III bob. Loyihalash, montaj qilish, ekspluatatsiyaga topshirish
64. AGN tizimi mavjud (yangi, rekonstruksiya qilinayotgan) kon loyihasining mustaqil bo‘limi (qo‘shimcha) sifatida loyihalanishi kerak. AGN tizimining loyihasi “Sanoatkontexnazorat” DI hududiy organi bilan kelishiladi va loyihani ishlab chiquvchi tashkilotning rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
65. Kon, qazib olish maydonlari, gorizontlar, bloklar, panellarning AGN tizimini ishga tushirish qurilish (rekonstruksiya qilish) loyihasining muvofiq bo‘limi asosida amalga oshiriladi.
66. Qazib olish maydonlari, tayyorlash inshootlari va qazib olish maydonidan tashqarisida o‘tkazilgan kameralarning AGN tizimini ishga tushirish qazib olish maydonlari pasportlarining muvofiq bo‘limlari, yer osti inshootlarini o‘tkazish va mahkamlash asosida amalga oshiriladi.
67. Kon ishlarining rivojlanishiga qarab loyihaning muvofiq bo‘limiga belgilangan tartibda tasdiqlangan qo‘shimchalar kiritiladi.
Apparatning joylashishi bo‘yicha kon-texnika va kon-geologik sharoitlarning o‘zgarishi, qo‘shimcha nazorat nuqtalarining kiritilishi va hokazolar bilan bog‘liq bo‘lgan biron bir o‘zgartirish kiritilsa, aerogaz nazorati (AGN) xizmatining mexanigi uch kunlik muddat ichida sxemaga tuzatish kiritadi, uni konning bosh energetigi bilan kelishadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi.
Bir yilda bir marta, tuzatishlar kiritilganiga qaramasdan, AGN tizimi loyihasining bo‘limi qayta ko‘rib chiqilishi va qayta tasdiqlanishi kerak.
68. Nazorat qilinayotgan obyektlarda metan datchigi ishga tushib ketganda elektr jihozlarini o‘chirish sxemasi shunday tarzda loyihalanishi kerakki, elektr energiyasi iste’molchilarining metan tarkibining belgilangan me’yordan ortiq hududlarida joylashgan yoki joylashishi mumkin bo‘lganlarini tanlab o‘chirishi kerak.
Gazlanganlik sababli himoya ishlab ketganidan keyin nazorat qilinayotgan obyektning elektr jihozlarini qaytadan yoqish gazsizlantirish choralari ko‘rilganidan keyin amalga oshirilishi kerak.
69. AGN tizimi apparaturasini loyiha bo‘yicha montaj qilish, AGN tizimiga texnik xizmat ko‘rsatish vazifasi yuklatilgan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan yoki konning o‘z kuchi bilan amalga oshiriladi.
70. AGN apparaturasini konda montaj qilishda yoki joylashtirishda kuyidagi kredolar bajarilishi kerak.
71. Kon muhitining parametrlarini nazorat qilish datchiklari kon inshootlarida ularni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha zavodning qo‘llanmalariga muvofiq montaj qilinadi. Tayyorlash inshootlarida datchiklar kon tubi tarafidan mustahkamlash inshootining perimetri bo‘yicha turtib chiqqan qismining himoyasi ostida bo‘lgan holda o‘rnatiladi.
72. Yer osti nazorati va boshqaruv stansiyalari va elektr tokining portlashdan himoyalangan manbalari taqsimlash punktida o‘rnatilishi (maydon yoki markazlashtirilgan podstansiyada) va nazorat qilinayotgan obyektdan kuchlanishni uzganda ular ishlash holatida qoladigan tarzda ulanishi kerak.
73. Avariya holati to‘g‘risida xabar beruvchi sirena odamlar turishi ehtimoli bo‘lgan joylarda (boshi berk konlarning tub yaqini bo‘shliqlarida, tozalash tubining shtrek bilan bog‘langan joyi, yuklash punkti va h.k.) o‘rnatiladi.
74. Havo oqimining tezligini nazorat qilish datchiklari inshootlarning to‘g‘ri chiziqli maydonlarida, yonbosh jinslarga mustahkamlash qurilmasi bilan mahkam yopishgan holda joylashtirilishi kerak. Inshootda kamida 15 V masofada (V- inshoot kengligi), o‘zgartirgichdan oldin va undan keyin kamida 10 V masofada ventilatsiya oqimining yo‘nalishi bo‘yicha uning kesishishining mahalliy tiqilinchlar bo‘lmasligi kerak.
75. AGN tizimini ekspluatatsiyaga topshirish-qabul qilish kon bo‘yicha buyruq asosida tayinlangan komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Komissiya tarkibiga majburiy ravishda bosh muhandis, bosh energetik, VTB maydoni boshlig‘i, AGN xizmati mexanigi, ishlab chiqarish maydonlarining (xizmatlarining) boshliqlari, va mahalliy kon-texnika inspeksiyasining vakili kiritilishi kerak. AGN tizimini ekspluatatsiyaga qabul qilishda qabul qilish-topshirish akti rasmiylashtiriladi (2-ilova).
76. Yangi maydonlarni (qazish, tayyorlash va h.k.) ishga tushirishda AGN tizimini ekspluatatsiyaga qabul qilish obyektni kon bo‘yicha buyruq asosida tayinlangan komissiya tomonidan qabul qilish bilan bir paytda amalga oshiriladi.
IV bob. AGN tizimini ekspluatatsiya qilish
1 §. Umumiy qoidalar
77. VTB maydonida AGN tizimiga xizmat ko‘rsatish uchun shu maydonning mexanigi rahbarligidagi maxsus aerogaz nazorati guruhi tuziladi. Guruh joylashtirish sxemasiga o‘z vaqtida tuzatish kiritish, apparaturaning ishga yaroqliligi va to‘g‘ri joylashtirilganligini nazorat qilish, tekshirish va sozlash, uni tasdiqlangan texnik xizmat ko‘rsatishga, ta’mirlash va davlat tekshiruviga topshirishni ta’minlaydi (jumladan AGN tizimini dispetcherlik jihozlash).
78. Agarda kon inshootlarida begona tashkilotlar tomonidan qazish ishlari olib borilayotgan bo‘lsa, apparaturaga xizmat ko‘rsatish kon AGN guruhi tomonidan amalga oshiriladi.
79. Apparatura, kabellar va plombalarning to‘g‘ri o‘rnatilganligi, to‘laligi va saqlanishi, AGN tizimini foydalanishga topshirgandan keyin o‘z vaqtida ko‘chirish bo‘yicha javobgarlik, bunday AGN tizimi jihozlari hududida joylashgan bo‘linmaning boshlig‘i zimmasiga yuklatiladi. Smena davomida metan datchiklari va o‘chiruvchi qurilmalardan to‘g‘ri foydalanish va doimiy ishlashi yuzasidan shaxsiy javobgarlik maydonlarning kon ustalari zimmasiga yuklatiladi*.
* Nazorat qilinayotgan obyektning elektr jihozlariga kuchlanishni uzatish faqat metan konsentratsiyasini apparatning ishlash darajasidan pastga tushirilganidan keyin ruxsat etiladi.
Boshi berk inshootlarda, bundan tashqari, apparatning to‘laligi va saqlanishi bo‘yicha, uni to‘g‘ri joylashtirish va o‘z vaqtida ko‘chirish bo‘yicha javobgarlik ham brigadir zimmasiga yuklatiladi.
80. Inshootlarida metan datchiklari va (yoki) uglerod oksidi (o‘zi yonib ketishga moyil bo‘lgan qatlamlarni qazib olish bilan shug‘ullanuvchi konlarda) ishlatilayotgan maydonlarning kon ustalari ularning ko‘rsatkichlarini ko‘chma nazorat asboblari ko‘rsatkichlari bilan har oyda solishtirishlari va tafovut paydo bo‘lgan hollarda esa, telefon orqali bu haqda muhandis-operatorga xabar berishlari shart.
81. Maydonlar bo‘yicha naryad olib boruvchi shaxslar AGN tizimi operatoridan o‘zining obyektlaridagi gaz holati bilan tilxat orqali tanishib chiqishi kerak.
82. Konda kamida to‘rtta xonadan: kondan berilgan apparat bilan ishlash uchun xona (tozalash, ajratish, ta’mirlashga tayyorlash), apparatni ta’mirlash, sozlash xonasi, konda texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tashkilot tomonidan bajariladigan ishlar uchun xonadan iborat bo‘lgan AGN tizimiga xizmat ko‘rsatish ustaxonasi jihozlangan bo‘lishi kerak. Har bir xonaning maydoni bir paytda ishlayotgan har bir xonaga 10 — 12 m nisbatda, lekin kamida 20 m etib belgilanadi.
AGN tizimining dispetcherlik jihozi va AGN muhandisi-operatorining ish joyi alohida binoda yoki dispetcher xonasida joylashtiriladi.
83. VTB uchastkasida AGN tizimi bo‘yicha quyidagi hujjatlar bo‘lishi kerak:
tizim loyihasining (loyihaga qo‘shimchaning) muvofiq bo‘limi;
ventilatsiya sxemasi, datchiklarning joylashishi, ta’sir qilish obyektlari va chilangarlarning yo‘nalishlari ko‘rsatilgan holda;
belgilangan texnik xizmat va tekshiruvlar jadvali;
AGN tizimidan foydalanish jurnali;
AGN tizimi operatorining jurnali;
o‘ziyozarlar yoki boshqa ma’lumotlarni qayd qiluvchi qurilmalarning tasmalari (masalan, printerlarning);
kompyuterli nazorat bo‘lganda ma’lumotlar to‘ldirilgan magnit tashuvchilar. Hujjatlar kamida bir yil saqlanadi.
84. Nazorat punktlarining ko‘chirilishi, ularning miqdori ortishi yoki kamayishi yoki (va) nazorat qiluvchi parametrlarning almashtirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgartirishlar VTB maydoni boshlig‘i tomonidan kon ventilatsiyasi sxemasiga va loyihasiga kiritilishi, konning bosh energetigi, muvofiq maydonning boshlig‘i va mexanigi bilan kelishilishi va bir kun muddat ichida konning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
85. AGN tizimi bo‘yicha texnik hujjatlarni magnit tashuvchilarda saqlashga ruxsat etiladi.
86. AGN tizimining ishlashi natijasida olingan ruda atmosferasi holati to‘g‘risidagi nazorat ma’lumotlariga biron bir o‘zgartirish kiritish taqiqlanadi. AGN muhandisi-operatorining jurnalida yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatish VTB maydonining muhandis-texnik ishchisining (boshliq, boshliq o‘rinbosari) imzosi bilan tasdiqlanadi.
Download 126.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling