Inspeksiya boshlig‘i I. Xolmatov toshkent sh
Download 126.25 Kb.
|
228 12.11.2009
O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘ining Buyrug‘i KO‘MIR ShAXTALARIDA AEROGAZ NAZORATI TIZIMI BO‘YIChA YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2009-yil 10-dekabrdagi 6-15/23-9916/6-son] O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 39-son, 386-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son “Sanoatda konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2004-y., 7-son, 64-modda) qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Ko‘mir shaxtalarida aerogaz nazorati tizimi bo‘yicha Yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Inspeksiya boshlig‘i I. XOLMATOV Toshkent sh., 2009-yil 12-noyabr, 228-son O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2009-yil 12-noyabrdagi 228-son buyrug‘iga ILOVA Ko‘mir shaxtalarida aerogaz nazorati tizimi bo‘yicha yo‘riqnoma Ko‘mir shaxtalarida aerogaz nazorati tizimi bo‘yicha Yo‘riqnoma (quyida matnda “AGN bo‘yicha Yo‘riqnoma”) O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 39-son, 386-modda) muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, quyidagi bosqichlarda ko‘mir shaxtalarida bajarilishi majburiy bo‘lgan aerogaz nazorati tizimi bo‘yicha me’yorlar va talablarni belgilaydi: tuzish (jihozlarni, tashkiliy va axborot ta’minotini, kompyuter dasturlarini ishlab chiqish); loyihalash; montaj; foydalanish. AGN tizimi bo‘yicha Yo‘riqnoma quyidagilar uchun qo‘llanilmaydi: degazatsiya tizimiga; shaxta havosini konditsiyalash tizimiga; quduqlarda, chuqurchalarda kon gazining tarkibini nazorat qilish bo‘yicha maxsus apparatga; aerogaz nazoratining ko‘chma asboblariga. AGN tizimi bo‘yicha Yo‘riqnomani ishlab chiqish quyidagilarga asoslangan; shaxta atmosferasini, ishlarni, ventilyator va gaz so‘rib chiqaruvchi qurilmalarni, mahalliy shamollatish ventilyatorlarini boshqarish, hamda shlyuzlardagi ventilatsiya eshiklarining holatini nazorat qilish bo‘yicha qo‘shimcha talablarni joriy qilish zarurati; ko‘mir shaxtalarida kompyuter texnologiyalaridan va ulardan foydalanishning ijobiy tajribasidan foydalangan holda atmosferani nazorat qilish uchun yangi uslublarning va zamonaviy texnik vositalarning paydo bo‘lishi; ko‘mir tashkilotlari tomonidan, hisoblash texnikasi yordamida aerogaz vaziyat to‘g‘risida uzluksiz ma’lumot olish, olingan ma’lumotlarni qayd qilish, to‘plash va foydalanishga yordam beruvchi aerogaz nazorati tizimlarini sotib olish imkoni. AGN tizimi bo‘yicha mazkur Yo‘riqnoma quyidagilarni ko‘zda tutuvchi qoidalarni o‘z ichiga oladi: AGN tizimida zamonaviy kompyuter tizimlaridan foydalanish; konlarda xavfsiz aerogaz rejimini ta’minlovchi qurilmalar va jihozlarni (ventilyatorlar, shlyuz ventilatsiya eshiklari, gaz so‘rib chiqaruvchi qurilmalar va h.k.) nazorat qilish va boshqarish bo‘yicha avvalgi tarqoq vazifalarni bitta yaxlit majmuaga birlashtirish; mahalliy va chet elda ishlab chiqarilgan turli texnik vositalardan foydalanish; vazifalar soni va nazorat qiluvchi parametrlarni, shuningdek AGN tizimlaridan foydalanish doiralarini kengaytirish. AGN tizimi bo‘yicha Yo‘riqnoma masofali markazlashgan nazorat bo‘yicha quyidagi talablarni o‘z ichiga oladi: shaxta atmosferasida metan va boshqa gazlarning tarkibi; boshi berk konlarda va chuqurlik maydonlarida havoning sarflanishi; asosiy ventilyator qurilmalari va mahalliy shamollatish ventilyatorlarini (MShV) boshqarish bo‘yicha ishlar; shlyuzlarda ventilatsiya eshiklarining holati; gaz so‘rib chiqaruvchi qurilmalarning ishlari. AGN tizimi bo‘yicha Yo‘riqnomada kuyidagilar keltirilmagan: qo‘llanilgan jihozning zavod hujjatlarida mavjud bo‘lgan ta’rifi va texnik tavsiflari; jihozlarni joylashtirish sxemasi. I bob. AGN tizimining vazifasi, tarkibi va foydalanish doirasi 1. AGN tizimi quyidagilarni ta’minlashi kerak: kon atmosferasiga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy va texnogen xavflarni joriy (tezkor) aniqlash maqsadida kon atmosferasining parametrlari (gaz konsentratsiyasi, havo harakatining tezligi, harorat, bosim, namlik) ustidan uzluksiz markazlashgan kuzatuv olib borish; kon atmosferasining parametrlarini me’yorlashtirish yoki qazish ishlarini to‘xtatish yo‘li bilan mehnat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rish; texnika xavfsizligi bo‘yicha kompleks umum-shaxta tadbirlarini ishlab chiqishda, kon chuqurlariga yuboriladigan havo miqdorini aniqlashda, shuningdek shaxtalarning gaz hosil qilishi bo‘yicha toifasini aniqlash uchun ma’lumotlarni saqlash va ulardan keyinchalik foydalanish. 2. AGN tizimi tarkibiga quyidagi texnik vositalari kirishi kerak: shaxta atmosferasining tarkibini va parametrlarini nazorat qilish datchiklari; havo sarflanishini avtomatik nazorat qilish apparaturasi; havo sarflanishining telenazorat qilish apparaturasi; mahalliy shamollatish ventilyatorlarining ishlarini avtomatik nazorat qilish va teleboshqarish apparaturasi; shlyuzlarda ventilatsiya eshiklarining holatini markazlashgan nazorat qilish apparaturasi; nazorat qilinayotgan obyektda yer osti chuqurlarida avariya holati to‘g‘risida ovozli ogohlantirish va (yoki) chiroqli signalizatsiya qurilmalari; portlashdan himoyalangan ta’minot manbalari (jumladan AGN tizimini avariya holatida elektr bilan ta’minlash uchun elektr tokining kimyoviy va boshqa manbalari); yer osti nazorati va boshqaruvi stansiyalari; uchqunga xavfli va uchqunga xavfsiz zanjirlarni ajratish uchun to‘siqlar; yuzada teleo‘lchov priyemniklari ustunlari. AGN tizimi tarkibiga yuzaga o‘rnatiladigan ko‘p funksiyali o‘zgartirgichlar va kompyuterlar ham kirishi mumkin. Konning AGN tizimining aniq tarkibi sanoat xavfsizligi talablariga muvofiq ishlab chiqilgan loyiha va texnik hujjatlar bilan belgilanadi. 3. AGN tizimi boshqaruvchi buyruqlarni aniqlangan xavfli vaziyatlarni me’yorlashtiruvchi mexanizmlarga (qurilmalarga) jo‘natishni, yoki, avariya vaziyatida — nazorat qilinayotgan maydonda ishlab chiqarish faoliyatini to‘xtatib qo‘yilishini ta’minlashi kerak. 4. AGN tizimi quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: har bir ishlab chiqarish maydonchasi bo‘yicha xavfsizlik holati va nazorat qilinadigan parametrlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, jo‘natish va dispetcher punktiga taqdim etish uchun vositalarni texnik ta’minlash; kelib tushgan ma’lumotlarni AGN muhandis-operatori va kon dispetcheri uchun o‘zlashtirishga qulay bo‘lgan shaklga keltirish uchun axborot ta’minoti; ma’lumotlarni foydalanuvchilarga yetkazish, qarorlarni qabul qilish va bajarish, tizimni ishlaydigan holatda saqlash uchun tashkiliy ta’minot. 5. AGN tizimining texnik ta’minoti olingan ma’lumotlarning to‘laligi, haqiqiyligi va bir xilligini ta’minlovchi vositalarni o‘z ichiga olishi kerak. 6. AGN tizimining axborot ta’minoti kon dispetcherlari tomonidan, avariya holati yuzaga kelganida esa — avariyani bartaraf etish bo‘yicha mas’ul rahbar tomonidan munosib qaror qabul qilishga imkon beruvchi tartibga solingan nazorat natijalarini o‘z ichiga olishi kerak. 7. AGN tizimining tashkiliy ta’minoti ishda qatnashuvchi ishchilarning ro‘yxatini, shuningdek AGN tizimiga xodimlarning munosabatini va ularning o‘zaro munosabatini belgilovchi lavozim yo‘riqnomalarini o‘z ichiga olishi kerak. II bob. AGN tizimiga bo‘lgan talablar Download 126.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling