Inspeksiya boshlig‘i I. Xolmatov toshkent sh
§ 1. Xavfli va zararli gazlarning tarkibini nazorat qilish
Download 126.25 Kb.
|
228 12.11.2009
§ 1. Xavfli va zararli gazlarning tarkibini nazorat qilish 8. AGN tizim orqali majburiy ravishda metan gazi bo‘yicha toifadan yuqori bo‘lgan va ko‘mirning (jinsning) va gazning tasodifiy chiqindisi bo‘yicha xavfli bo‘lgan III toifadagi shaxtalarning kon atmosferasidagi metan konsentrati ustidan nazorat olib boriladi. Kislorod va xavfli gazlar (uglerod oksidi, uglerod dioksidi, vodorod, vodorod sulfid, azot oksidlari, azot dioksidi, oltingugurtli angidrid) zarurat tug‘ilganda iste’molchi bilan kelishilgan holda nazorat qilinishi mumkin. 9. Gazi bo‘yicha toifadan yuqori bo‘lgan va ko‘mirning (jinsning) va gazning tasodifiy chiqindisi bo‘yicha xavfli bo‘lgan III toifadagi shaxtalarda metan tarkibini statsionar apparatura bilan nazorat qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: uzunligi 10 m dan ortiq bo‘lgan boshi berk inshootlarning tubbo‘yi bo‘shliqlarida va inshootlarning uzunligi 50 m dan ortiq bo‘lganda chiquvchi oqimlarda; agarda inshootlarda elektr energiyasidan foydalanilsa va metan ajralib chiqsa; inshootlarning boshi berk qismida ko‘chma podstansiya bo‘lsa — podstansiyada; agarda inshoot tebrantiruvchi portlash rejimidagi burg‘ulash-portlatish ishlari yordamida amalga oshirilsa — elektr energiyasining qo‘llanilishidan qat’i nazar; metanning qavatli to‘planishi bo‘yicha xavfli bo‘lgan, uzunligi 100 m dan ortiq bo‘lgan boshi berk inshootlarda, agarda ularda elektr energiyasi foydalanilsa — qo‘shimcha ravishda ehtimolli to‘planishi mumkin bo‘lgan joylarda; to‘satdan otilib chiqishi bo‘yicha xavfli bo‘lgan qatlamlarni ishlashda, shuningdek tozalovchi va boshi berk inshootlardan havo oqimi chiquvchi inshootlarda ventilyatorlarni o‘rnatishda elektr dvigatelli MShVda; pasayuvchi shamollatishda, navbatdagi shamollatishda, shuningdek bexosdan ko‘mir yoki gaz chiqarish bo‘yicha xavfli bo‘lgan qatlamlarni tozalovchi inshootda ventilatsiya oqimining harakat yo‘nalishidan qat’i nazar, elektr energiyasidan foydalangan holda ishlanganda tozalash inshootlariga kelib tushadigan oqimlarda; elektr energiyasi qo‘llanilayotgan tozalovchi inshootlarning chiqish oqimlarida, va kavlash maydonlarning chiqish oqimlarida, elektr energiyasidan foydalanishdan qati nazar; mashina va elektr jihozlari uchun havoning chiqish oqimlari yordamida shamollatiladigan kameralarda; me’yoriy konchilik ijrosi elektr jihozlarini va umumiy maqsaddagi elektr jihozlarini o‘rnatish joylarida; bexosdan ko‘mir va gaz chiqarishi bo‘yicha xavfli bo‘lgan shaxtalar va qanotlarning chiqish oqimlarida; gazni so‘rib oluvchi qurilmalarning aralashtiruvchi kameralarida (aralashtirgichlarida); gazni so‘rib oluvchi ventilyatorlarning kameralarida. 10. Elektr energiyasidan foydalangan holda tik qatlamlarni ishlovchi, bexosdan ko‘mir va gaz chiqarishi bo‘yicha xavfli bo‘lgan shaxtalarda, 9-bandda ko‘zda tutilgan nazoratga qo‘shimcha ravishda, elektr energiyasi foydalanilayotgan kavlash maydonlarining kiruvchi oqimlarida statsionar apparat yordamida metan konsentratsiyasi nazorat qilinishi kerak. 11. Gaz rejimiga o‘tkazilgan vertikal stvollarni kovlab kirishda yoki teshib kirishda metan konsentratsiyasini statsionar avtomatik asboblar yordamida nazorat qilish stvoldan chiquvchi ventilatsiya oqimida, o‘tish polkalarida va so‘rib oluvchi kameralarda amalga oshirilishi kerak. 12. Metan tarkibini nazorat qilish bo‘yicha statsionar apparaturaning datchiklari quyidagi joylarga o‘rnatilishi kerak: boshi berk inshootlarning tubbo‘yi bo‘shliqlarida — tom ostida oralig‘i zaboydan ventilatsiya quvur o‘tkazgichiga qarshi tarafidan 3 — 5 m masofada; qatlam to‘plamlarini nazorat qilish uchun — boshi berk inshootning tubidan 20 — 30 m masofada; boshi berk inshootlarning chiqish oqimlarida — inshoot og‘zidan ventilatsiya quvur o‘tkazgichiga qarshi tarafga qoplama ostida 10 — 20 m masofada; ko‘chma podstansiyalarda — podstansiyadan ventilatsiya quvur o‘tkazgichi tarafga qoplama ostida 10 — 15 m masofada; elektr dvigatelli MShV da — to‘satdan gaz yoki ko‘mir chiqarish bo‘yicha xavfli bo‘lgan qatlamlarni qazishda boshi berk inshootning tubi tarafidan 10 m masofada va boshqa boshi berk inshootlardan chiqayotgan havo oqimi kiradigan inshootda o‘rnatilganda, ventilatsiya oqimining kelishi tarafidan MShV oldidan 3 — 5 m masofada; pasayuvchi shamollatishda tozalash inshootlarining kiruvchi oqimlarida — inshootning kesishining yuqori qismidagi lavadan lavaga qarshi tarafga ko‘pi bilan 5 m masofada. To‘satdan ko‘mir yoki gaz chiqarish bo‘yicha xavfli bo‘lgan qatlamlardagi tozalash inshootlarini ko‘tariluvchi shamollatishda — lava hamda taqsimlash punkti o‘rtasida lavadan 50 m dan ortmagan masofada; tozalash inshootlarining chiqish oqimlarida — lavadan chiqish qismiga qarshi tarafdagi devordagi tozalash tubidan 10 — 20 m masofada; tozalash tublari ortidan o‘chiriladigan boshi berk ventilatsiya inshootlarida mahalliy to‘planishlarni nazorat qilish uchun — inshootning ustki qatlami ostida, inshootning lavadan chiqish tarafiga qarshi tarafdagi devorida; kavlash maydonlarining chiqish oqimlarida — ventilatsiya shtreki boshlanishida qiyalik, bremsberg yoki oraliq kvershlagi tarafidan 10 — 20 m; kavlash maydonlarining kiruvchi oqimlarida — maydonga oqim kiradigan joydan 10 — 20 m; havo oqimi kavlash maydonlarining tashqarisiga chiqadigan inshootlarda — ularni maydonlarning ventilatsiya shtreklari bilan ulash joylaridan 10 — 20 m va uni ventilatsiya shtreki bilan bog‘lash joyidan ko‘pi bilan 10 m masofada; havoning chiquvchi oqimlari bilan shamollatiladigan mashina va elektr jihozlari uchun kameralarda — kameraga kirish tarafdagi tomda, kameraga kiruvchi ventilatsiya oqimi tarafidan; gaz so‘ruvchi qurilmalarning aralashtiruvchi kameralarida — kameraning chiqish teshigidan inshoot devoridagi ventilatsiya oqimi aralashtirish kamerasi joylashgan tarafga yo‘nalishi bo‘yicha; gaz so‘ruvchi qurilmalarning kameralarida — gaz so‘ruvchi ventilyator ustidagi tomda. 13. Metan tarkibini nazorat qilishning statsionar avtomatik apparaturasi metan tarkibi quyidagi darajada belgilanishida elektr energiyasidan o‘chirishni amalga oshirishi kerak: 2.0% — boshi berk inshootlarning tubbo‘yi bo‘shlig‘ida, shuningdek vertikal stvollardagi o‘tish va oraliq polkalarida; 1.0% — boshi berk inshootlarning chiqish oqimlarida, shuningdek vertikal stvollarning chiqish oqimlarida; 1.0% — tozalash inshootlari va kavlash maydonlarining chiqish oqimlarida; 1.0% — boshi berk inshootlarda o‘rnatilgan ko‘chma elektr podstansiyalarida; 1.0% — vertikal stvollarning suvni chiqarib tashlash kameralarida; 0.5% — kavlash maydonlari va tozalash inshootlarining kirish oqimlarida, shuningdek elektr dvigatelli MShV oldida; gazlanishning oldini olish uchun MShVni o‘chirish uchun datchiklarni 1.0% ga sozlashga ruxsat etiladi, bunda kiruvchi oqimdagi metan konsentratsiyasi 0.5% dan ortib ketsa boshi berk va tozalash inshootlarining barcha elektr priyomniklaridan avtomatik ravishda kuchlanish uziladi; 1.0% — kavlash maydonlarining tashqarisida ventilatsiya shtreklari ulanish joylarida havoning pasayuvchi oqimi bo‘lgan inshootlarda; 1.0% — SPP oldida kavlash maydonlari tashqarisiga havo oqimi chiquvchi inshootlarda; 1.0% — havoning chiqish oqimi bilan shamollatiladigan mashina va elektr jihozlar kamerasida; 2.0% — kon inshootlarida metanning qatlamli va boshqa mahalliy to‘planishlarini nazorat qilishda; 1.0% — gaz so‘ruvchi qurilmalarning aralashtiruvchi kameralarida, kavlash maydonlarining ventilatsiya inshootlarida va kavlash maydonlarining tashqarisidagi inshootlarda; 1.0% — gaz so‘ruvchi qurilmalarning kameralarida. 14. Statsionar avtomatik apparaturadan teleo‘lchov zarur hollarda AGN operatori pultiga istalgan datchikdan chiqarilishi mumkin. O‘ziyozar qurilmada yoki kompyuter xotirasiga yozgan holda quyidagilarda o‘rnatilgan datchiklardan teleo‘lchov majburiy ravishda chiqariladi: kavlash maydonlari va boshi berk inshootlarning chiqish oqimlarida; to‘satdan ko‘mir yoki gaz chiqarish bo‘yicha xavfli bo‘lgan konlarda — qo‘shimcha ravishda qanotlar yoki konning chiquvchi oqimlarida; tozalash tublari ketidan o‘chiriladigan boshi berk ventilatsiya inshootlarida, metanga boyligi 3 m/daq va undan ortiq bo‘lgan kavlash maydonlarida; tebranma portlatish rejimida burg‘ulash-portlatish uslubida o‘tkaziladigan boshi berk inshootlarning tubbo‘yi qismida, uzunligi 50 m dan ortiq bo‘lgan boshi berk inshootlarda, uzunligi 20 m dan ortiq bo‘lgan, egilish burchagi 10° bo‘lgan ko‘tariluvchi boshi berk inshootlarda; gaz so‘ruvchi qurilmalarning aralashtirish kameralarida; tog‘ jinslarini torpedalash bo‘yicha ishlarni bajarishda quduqlarda. Tebranuvchi portlatishda va tog‘ jinslarini torpedalashda metan tarkibini nazorat qilishning uzluksizligi, ularda ko‘rsatilgan ishlarni bajarish paytida kuchlanish uzilmasligini ta’minlagan holda datchiklar bilan ta’minlanishi kerak. 15. Teleo‘lchovlarni ham o‘ziyozar qurilmalarga, ham texnik eslab qolish vositalariga chiqarish va axborotni hisoblash texnikasidan foydalangan holda namoyish qilishga ruxsat etiladi. 16. Amaldagi kon inshootlarida boshqa xavfli va zararli gazlarni avtomatik nazorat qilish zarurati har bir muayyan holda loyiha hujjati bilan belgilanadi. 17. Metan va boshqa gazlarning tarkibini nazorat qiluvchi statsionar apparatning datchiklari, shuningdek havo sarfi datchiklari o‘rnatilgan joylarda, havo sarfi tarkibini va o‘lchovini tekshirish oyiga kamida bir marta o‘tkaziladi. Metan tarkibini nazorat qilish bo‘yicha statsionar apparaturaning nosozligi aniqlansa, muhandislik-texnik xodimlar, brigadirlar bu haqda darhol kon dispetcheriga xabar berishi va ishni to‘xtatishi zarur. 18. Uglerod oksidining datchigini o‘rnatish joyi va ularning ostona qurilmalari konga xizmat ko‘rsatayotgan VGSCh komandiri bilan kelishiladi, lekin hajmi bo‘yicha 0.0017% dan ortib ketmasligi kerak. Kelishilgan ostona qurilmalariga etganda AGN tizimi tomonidan ogohlantiruvchi ovozli signal berilishi kerak. 19. Yangi ishga tushirilgan AGN tizimi uchun uglerod oksidi tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumot yuzaga AGN muhandis-operatoriga uzatilishi kerak. AGN tizimi tomonidan elektr energiyasini avtomatik o‘chirib qo‘yish zarurati har bir muayyan holda loyiha bilan belgilanadi. 20. Zaryad kameralarida vodorod datchiklari zaryadlash jarayonida uning maksimal konsentratsiyasi eng ehtimolli bo‘lgan joylarda o‘rnatiladi. Qurilma 0.5% ga sozlanadi. Shu darajaga etganda zaryad kamerasidagi kuchlanish avtomatik ravishda uzilishi kerak. Yangi ishga tushirilgan AGN tizimlari uchun vodorod tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumot yuzaga AGN operatori pultiga uzatilishi, avariya hollarida esa ovozli yoki chiroqli signal bilan birga uzatilishi kerak. 21. Xodimlar turgan yoki turishi mumkin bo‘lgan inshootlarning havosida kislorodning tarkibi kamida 20% (hajmi bo‘yicha) bo‘lishi kerak. Ish joylaridagi hamda kavlash maydonlarining va boshi berk inshootlarning chiqish oqimlaridagi ruda havosida uglerod dioksidi (karbonat angidrid gazi) tarkibi 0.5% dan ortmasligi kerak. Boshqa zararli va xavfli gazlarning datchiklarini sozlash kuyidagi chegaralardan ortmasligi kerak: azot oksidi (azot dioksidiga hisoblaganda) 0.00025% hajmi bo‘yicha; azot dioksidi 0.00010% hajmi bo‘yicha; oltingugurt angidrid 0.00038% hajm bo‘yicha vodorod sulfid 0.00070% hajm bo‘yicha § 2. Xavfsiz aerogaz rejimini ta’minlash uchun qurilma va jihozlarni nazorat qilish va boshqarish Asosiy ventilyator qurilmalari 22. Asosiy ventilyator qurilmalari masofali boshqarish va nazorat qilish apparatlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 23. Masofali boshqarish va nazorat qilish apparati bilan jihozlanmagan mavjud asosiy ventilyator qurilmalari mashinist tomonidan boshqarilishi kerak. 24. Masofali boshqarish va nazorat qilish apparati texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga muvofiq ishlab chiqilishi kerak. Bunda quyidagi imkoniyatlar ta’minlanishi kerak: ventilyator qurilmasining mashinisti tomonidan hajm bo‘yicha nazorat qilish; ish ventilyatoridan zaxira ventilyatoriga va aksincha o‘tish; havo oqimini reversiyalash. 25. Asosiy ventilyator qurilmasini masofali boshqarish va nazorat qilish pulti konning dispetcher punktida turishi kerak. 26. Asosiy ventilyator qurilmasining navbatchi mashinisti yoki bu qurilmani masofali boshqarish yoki nazorat qilish pultiga xizmat qiluvchi shaxs ventilyator qurilmasining ishlashini hisobga olish kitobini yuritadi, ventilyator qurilmasining ishini hisobga olish kitobini kompyuter yordamida yuritishga ruxsat etiladi. Boshi berk inshootlarni shamollatish uchun mahalliy ventilyatorlar 27. MShV uzluksiz ishlashi va konning dispetcher punktidan avtomatik telenazorat yoki teleboshqaruv apparati yordamida boshqarilishi kerak. Bunda avtomatik telenazorat yoki teleboshqaruv apparati yordamida quyidagilar ta’minlanishi kerak: ish va zaxira MShV ishini nazorat qilish; ularni to‘xtatish bo‘yicha ovozli va chiroqli signal berish; ish MShV dan zaxira MShV ga va aksincha o‘tish imkoniyati. 28. MShV to‘xtatilgan yoki ventilatsiya buzilgan hollarda boshi berk inshootlardagi ishlar to‘xtatilishi, elektr jihozlaridagi kuchlanish esa avtomatik ravishda o‘chirilgan bo‘lishi kerak. 29. Gaz bo‘yicha III toifali va undan yuqori bo‘lgan konlarda 100 metrdan ortiq bo‘lgan boshi berk inshootlar zaxira elektr ta’minotli MShV bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Bunda quyidagi shartlar bajarilishi kerak: ish va zaxira MShVni elektr toki bilan ta’minlash turli ko‘chma maydon yer osti podstansiyalari (KUYEP) (transformatorlar)dan yoki ish va zaxira MShVni elektr bilan ta’minlash ikkita chiqish qismiga ega bo‘lgan va ish MShV tarmog‘i uzilganda zaxira MShV ning avtomatik ravishda ishga tushishini ta’minlovchi bitta KUYEPdan amalga oshirilishi kerak; zaxira MShVning elektr tarmog‘i, avtomatik vklyuchatellar yordamida KUYEPning boshqa elektr priyomniklaridan ajratilgan bo‘lishi kerak. 30. Gaz bo‘yicha xavfli bo‘lgan barcha shaxtalarning elektroenergiya va shamollatuvchi MShV yordamida o‘tkazilgan boshi berk inshootlarda, vertikal quduqlar va shurflardan tashqari, havo sarfini avtomatik nazorat qiluvchi apparatura qo‘llanilishi kerak. Gaz bo‘yicha III toifa va undan yuqori bo‘lgan konlarda elektr o‘tkazmali MShVning ishlarini avtomatik nazorat qilish va teleboshqarish apparaturasi qo‘llanilishi kerak. 31. Boshi berk inshootlarda havoni nazorat qilish datchiklarini joylashtirish va o‘rnatish tartibi qo‘llanilayotgan apparaturaning texnik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Shlyuzlardagi ventilatsiya eshiklari 32. Gaz bo‘yicha III toifa va undan yuqori bo‘lgan konlarda, dispetcher punktida turgan masofali nazorat qilish pultidan, kon maydonlarining qanoti, paneli va guruhiga kelib tushuvchi ventilatsiya oqimlarini qisqarishini oldini olish uchun mo‘ljallangan shlyuzlardagi ventilatsiya eshiklarining holatini markazlashtirilgan nazorati amalga oshirilishi kerak. Markazlashtirilgan nazoratli ventilatsiya eshiklarining aniq ro‘yxati ventilatsiya qilinadigan maydon va xavfsizlik texnikasi boshlig‘i tomonidan ishlab chiqiladi va konning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi. 33. Qazish maydonlaridagi ventilatsiya eshiklarining holatini nazorat qilish tizimi, shlyuzlardagi havoning ventilatsiya oqimini qisqarishi paytida muvofiq obyektlarga elektr energiyasini uzatishga to‘sqinlik qiluvchi elektr ta’minoti sxemasini blokirovkasiga ega bo‘lishi kerak. Bunda dispetcher punktiga quyidagilar kelib tushishi kerak: shlyuzdagi har bir eshikning holati to‘g‘risida ma’lumot; shamollatish rejimining buzilganligi haqida signalizatsiya (ovozli yoki chiroqli); shamollatishning buzilgan rejimida obyektda elektr energiyasi borligi to‘g‘risidagi signalizatsiya. Qazish maydonlarida havo sarfini nazorat qilish 34. Gaz bo‘yicha III toifa va undan yuqori bo‘lgan konlarda qazish maydonlaridagi havoning sarflanishi bo‘yicha markazlashtirilgan telenazorat qo‘llanilishi kerak. AGN operatorining pultidagi teleo‘lchov quyidagilarga o‘rnatilgan datchiklardan olinishi kerak: qazish maydonlarining chiqish oqimlarida; tasodifan gaz va ko‘mir ajratib chiqarish bo‘yicha xavfli bo‘lgan shaxtalarning qazish maydonlarining kiruvchi oqimlarida qo‘shimcha ravishda. 35. Havo sarfini nazorat qilish oqim tezligi datchiklari yordamida egri uslub bilan amalga oshiriladi. Bunda inshootning datchik o‘rnatilgan joyidagi kesimi AGN tizimini ekspluatatsiya qilish xizmati tomonidan nazorat qilinishi kerak. Havo oqimining tezligini nazorat qilish datchiklari quyidagilarda o‘rnatilishi kerak: qazish maydonlarining chiqish oqimlarida — ventilatsiya shtrekining boshlanishida xodok, qiyalik, bremsberg yoki oraliq kvershlag bilan biriktirish joyidan 10 — 20 m; qazish maydonlarining kirish oqimlarida — maydonga kirayotgan oqimning kirish joyidan 10 — 20 m. 36. Dispetcher punktiga quyidagi ma’lumotlar yetkazilishi kerak: havo oqimi tezligi datchiklaridan ma’lumotlar; kirayotgan havo miqdori belgilangan miqdordan kam bo‘lgan paytda chiroqli yoki ovozli signalizatsiya. Sirtqi yoki yer osti gaz so‘rish qurilmalari 37. Metanni qazilgan bo‘shliqlardan izolatsiya qilingan holda kavlangan maydonlarning tashqarisiga quvur o‘tkazgichlar orqali yoki gaz so‘rish qurilmalari orqali chiqarib tashlash quyidagi talablarni bajargan holda amalga oshiriladi: zaxira elektr ta’minotiga ega bo‘lgan zaxira gaz so‘rish qurilmasi; gaz so‘rish qurilmalarini metan tarkibini avtomatik nazorat qilish datchiklari bilan jihozlash mazkur Yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi; gaz so‘rish qurilmalari asosiy ventilyator qurilmalariga tenglashtiriladi va mazkur Yo‘riqnomaning 22—26-bandlari talablariga muvofiq jihozlanishi va xizmat ko‘rsatilishi kerak. Download 126.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling