Inspeksiya boshlig‘i I. Xolmatov toshkent sh


§ 3. AGN tizimini ekspluatatsiya qilish va tekshirish qoidalari


Download 126.25 Kb.
bet6/10
Sana28.12.2022
Hajmi126.25 Kb.
#1009343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
228 12.11.2009


§ 3. AGN tizimini ekspluatatsiya qilish va tekshirish qoidalari
91. AGN guruhi elektr chilangarlari uchun yo‘nalishlar sxemasi AGN mexanigi tomonidan yarim yil uchun tuziladi va konning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi. Konda apparaturalarni joylashtirishda o‘zgartirishlar kiritilsa, yo‘nalishlar sxemasiga bir kun ichida tuzatish kiritilishi kerak.
92. Ta’mirlash smenasida kundalik tekshirishda AGN chilangari quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
datchik korpuslarining, kabellarning butunligi buzilganligini, ularning ishonchli ulanganligini va yerlatilganligini, plombalarning borligini, inshootda datchiklarning to‘g‘ri joylashtirilganligini aniqlash maqsadida apparat va kabellarni tashqi ko‘zdan kechirish;
ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan ekspluatatsiya bo‘yicha qo‘llanmada ko‘rsatilgan yo‘l bilan signalizatsiyaning ishlashini tekshirish va metan datchiklarini o‘chirish uchun buyruq berish. Ko‘rsatilgan tekshiruv bo‘yicha talab yuqori kuchlanishli taqsimlash qurilmalarida (RU) ishlovchi va kanotning, gorizont va konning ko‘p bosqichli tarmog‘i ishlab ketganda tokdan uzuvchi metan datchiklari uchun qo‘llanilmaydi. Bu datchiklarning ishlashini tekshirish oylik tekshiruv bilan va imkon qadar yuqori kuchlanish apparaturasining reglamentli tekshiruvi bilan qo‘shib amalga oshiriladi. Tekshiruvda kon energetika xizmatining elektr chilangari ishtirok etishi kerak.
93. Oylik tekshiruvda metan datchigi ko‘rsatkichlarining to‘g‘riligi, signalizatsiyaning ishlashi va o‘chirilishi uni dastlab toza havo bilan (zarur hollarda “nol”ga to‘g‘rilanadi), keyin esa metan konsentratsiyali nazorat qorishmasi bilan produvka qilish orqali amalga oshiriladi. Tekshiruv tekshirish gaz qorishmalari (TGQ) yoki tayyorlangan metan-havoli qorishmalar yordamida amalga oshiriladi. Metan-havoli qorishmani tayyorlash uslubi 7-ilovada ko‘rsatilgan.
94. AGN tizimidan va muayyan texnik vositalardan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmada ko‘zda tutilgan AGN tizimini tekshirishning boshqa turlari va reglamentli ishlar ham bajarilishi kerak.
95. Reglamentli texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha ishlar AGN mexanigi tomonidan bir yilga tuzilgan va konning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan grafikka muvofiq bajariladi.
96. AGN muhandis-operatori yo‘nalish elektr chilangarlari tomonidan har bir ko‘zdan kechirib chiqish natijalari bo‘yicha jurnalga (5.1.—5.3.-ilovalar) apparaturaning holati to‘g‘risida yozuv kiritadi, o‘ziyozar asboblarning va o‘lchagichlarning ko‘rsatkichlarini telefon orqali yo‘nalish chilangarlariga berilgan datchik ko‘rsatmalari bilan solishtiradi. Teleo‘lchovlar natijalari har oyda muhandis-operatorning jurnaliga kiritiladi (6-ilova). AGN tizimi muhandis-operatorining jurnalini yuritish uchun kompyuterdan foydalanish mumkin.
AGN muhandis-operatori navbatchilikka kirishganda o‘ziyozarlarning barcha tasmalariga, sana va aniq vaqtni ko‘rsatgan holda, belgi qo‘yadi. Tasmalarda o‘ziyozarning stryelkasi birdan o‘zgargan hollarda (tepaga sakrash yoki tushishda) ham belgilar qo‘yiladi, sababi ko‘rsatiladi, apparaturaning ishlab ketish vaqti, apparatning kuchlanish yo‘q bo‘lganligi yoki shikastlanganligi sababli qancha vaqt o‘chib turganligi yoziladi.
Smena davomida muhandis-operatorning jurnaliga (6-ilova) signalizatsiya qaysi datchikdan olinganligi, elektr energiyasi o‘chganligi yoki o‘chmaganligi (qaysi vaqtda), elektr ta’minotining uzilishi davomiyligi to‘g‘risida ma’lumot kiritiladi.
Download 126.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling