Inspeksiya boshlig‘i I. Xolmatov toshkent sh


§ 3. AGN tizimining texnik vositalari majmuasi


Download 126.25 Kb.
bet3/10
Sana28.12.2022
Hajmi126.25 Kb.
#1009343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
228 12.11.2009


§ 3. AGN tizimining texnik vositalari majmuasi
38. AGN tizimining texnik vositalari majmuasi konda statsionar ravishda o‘rnatiladigan ma’lumotlar yig‘ish vositalari (datchiklar), nazorat va boshqaruv vositalari, ma’lumotlarni yig‘ish va dispetcher punktiga uzatish vositalari, dispetcher punktida ma’lumotlarni qabul qilish, taqdim etish va saqlash vositalaridan tarkib topishi kerak.
39. Konda o‘rnatiladigan barcha AGN tizimining texnik vositalaridan foydalanish uchun kon yoki shaxta “Sanoatkontexnazorat” DI dan ruxsat olgan bo‘lishi lozim.
40. AGN tizimi (vazifasiga qarab) ma’lumotlar to‘plashning quyidagi asosiy vositalarini o‘z ichiga olishi kerak:
metan konsentratsiyasini o‘lchash datchiklari (M);
havo oqimi tezligi yoki havo sarfini o‘lchash datchiklari (S);
uglerod oksidining konsentratsiyasini o‘lchash datchiklari (OU).
41. AGN tizimining yer osti qismini elektr ta’minoti portlashdan himoyalangan elektr manbalari tomonidan ta’minlanishi kerak.
Elektr energiyasini kon tarmog‘idan uzatish tanaffuslarida portlashdan himoyalangan elektr manbalarining kimyoviy yoki boshqa elektr manbalari AGN tizimining yer osti qismini kamida 8 soat uzluksiz ishlashini ta’minlashi kerak.
42. Asosiy datchik ishdan chiqqan hollarda (informatsion signal bo‘lmasa), AGN tizimi, agarda bu loyihada ko‘zda tutilgan bo‘lsa, himoyalanayotgan obyektning ishlab chiqarish faoliyatini to‘xtatish uchun signal berishi kerak.
43. AGN tizimi o‘zining funksional imkoniyatlarini kengaytiruvchi, olingan ma’lumotlarning haqiqiyligini, shuningdek ishlarni olib borishning xavfsizligini ta’minlovchi ma’lumotlar yig‘ishning qo‘shimcha vositalariga ega bo‘lishi mumkin. Ularga kuyidagilar kiradi:
uglerod dioksidining konsentratsiyasini o‘lchash datchigi (SO);
kislorodning konsentratsiyasini o‘lchash datchigi (K);
vodorodning konsentratsiyasini o‘lchash datchigi (N);
oltingugurt angidridining konsentratsiyasini o‘lchash datchigi (SO);
vodorod sulfidning konsentratsiyasini o‘lchash datchigi (HS)
azot dioksidining konsentratsiyasini o‘lchash datchigi (NO)
atmosfera bosimini o‘lchash datchiklari (R);
depressiyani o‘lchash datchiklari (R);
haroratni o‘lchash datchiklari (T);
namlikni o‘lchash datchiklari (W);
changlik datchiklari (Z);
chiqindi xavfi datchiklari (A):
portlash datchiklari (V);
tutun datchiklari (S).
44. Avariya vaziyatlarida, mazkur Yo‘riqnomaga muvofiq o‘rnatiladigan AGN tizimi datchiklari yoki ular bilan bog‘liq bo‘lgan yer osti nazorat va boshqaruv stansiyalari nazorat qilinayotgan maydonda ishlab chiqarish faoliyatini to‘xtatib qo‘yish qurilmasiga bevosita signal uzatishi kerak.
45. AGN tizimida ma’lumotlarni yig‘ish va uzatish vositalari datchiklar va dispetcher punkti bilan aloqani ta’minlash uchun kabel liniyalari va portlash xavfi bo‘lgan hududlarda o‘rnatiladigan uchqunga xavfsiz hamda uchqunga xavfli zanjirlarni ajratish uchun baryerlardan tarkib topishi kerak. Qurilma tarkibiga qo‘shimcha ravishda quyidagilar kirishi mumkin:
ko‘p simli aloqa liniyalarini kam simli liniyalarga o‘zgartirish uchun konsentratorlar (jumladan mikroprotsessorli ham);
ma’lumotlarni kam simli aloqa liniyalari bo‘yicha uzatish uchun telemexanik modemlar;
ma’lumotlar retranslyatorlari va tarmoqlagichlari.
46. Ma’lumotlarni qabul qilish, taqdim etish va saqlash vositalari aloqa liniyalaridan kelib tushgan signallarni ma’lumotni taqdim etish va saqlash uchun yaroqli ma’lumot signaliga o‘zgartirish uchun xizmat qiluvchi qurilmalardan tarkib topishi kerak.
47. Ma’lumotlarni qabul qilish qurilmasi sifatida elektron bloklardan, jumladan mikroprotsessorli bloklardan foydalanishga, ma’lumotlarni tahlil qilish, taqdim etish va saqlash qurilmasi sifatida esa kompyuterlardan foydalanishga ruxsat etiladi.
48. AGNning kompyuterlashtirilgan tizimlaridan foydalanganda, elektr energiyasini ulash buyrug‘idan tashqari, zarur buyruqlarni nazorat va boshqaruv obyektlariga avtomatik ravishda uzatishga ruxsat etiladi.
49. AGN tizimida nazoratning uzluksizligini ta’minlash uchun kompyuterlarning zaxira elektr ta’minoti ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
50. AGN tizimida ma’lumotlarni to‘plash avtomatik ravishda, uzluksiz yoki siklik rejimda, nazorat qilinayotgan parametrga murojaat qilish oralig‘i bilan amalga oshiriladi:
asosiysiga (40 b.) — ko‘pi bilan 100 s;
qo‘shimchasiga (43 b.) — ko‘pi bilan 5 daq.
51. AGN tizimining ma’lumot uzatish vositalari dispetcherdan boshqaruv signallarining, ma’lumotlar yig‘ish siklida “pusk” — “stop” ko‘rinishida birinchi navbatda o‘tishini (5 s dan ortiq bo‘lmagan vaqt ichida) ta’minlashi kerak.
52. AGN tizimida ma’lumotlar yig‘ishni texnik vositalarining, shuningdek ishlab chiqarish faoliyatini to‘xtatish buyruqlarini tuzish va berish uchun javobgar bo‘lgan vositalarning sozligini tekshirish (nazorat qilish) ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak. Sinash avtomatik ravishda va uzluksiz amalga oshirilishi kerak. Mazkur talab “Metan” majmuasi uchun qo‘llanilmaydi.
53. Ish joylarini va ishlab chiqarish obyektlarini AGN vositalari bilan to‘la jihozlanganligi bo‘yicha, shuningdek AGN tizimining ekspluatatsiya qilish xizmatini jihozlar, asboblar va uskunalar bilan shaylash javobgar korxona ma’muriyatining vazifasi hisoblanadi (4-ilova).
Download 126.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling