Inspeksiya boshlig‘i I. Xolmatov toshkent sh


§ 4. Kon yuzasidagi obyektlarni tekshirish


Download 126.25 Kb.
bet7/10
Sana28.12.2022
Hajmi126.25 Kb.
#1009343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
228 12.11.2009


§ 4. Kon yuzasidagi obyektlarni tekshirish
97. Nazorat obyektlari — kon degazatsiya tizimi vakuum-nasos stansiyalarining (VNS) inshootlari va boyitish fabrikalari (ko‘mirni dastlabki boyitish bo‘yicha konning yuza qurilmalari).
98. Kon degazatsiya tizimining vakuum-nasos stansiyalarida:
a) metan datchiklari mashina zalida va KIP binosida inshootlarning yuqori qismida o‘rnatiladi;
b) “Metan” majmuasining signalizatsiya apparati (yer osti nazorat stansiyasi) stansiyaning energobloki o‘rnatilgan joyga o‘rnatiladi;
v) metan tarkibi 1% ga etganda apparatura majburiy shamollatishni yoqishga buyruq, ovozli va chiroqli signalizatsiya berishi kerak;
g) vakuum-nasos stansiyalarida o‘rnatilgan metan datchiklarini kundalik tekshirishni VNS mashinisti tomonidan amalga oshirishga ruxsat etiladi. Xizmatlarning boshqa turlari AGN guruhi tomonidan amalga oshiriladi.
99. Boyitish fabrikalarini jihozlashda (ko‘mirni dastlabki boyitish bo‘yicha konlarning yuzadagi qurilmalari):
a) metan datchiklari dozalash, to‘plash (akkumulatsiya qilish) va yuklash bunkerlarining bunker usti inshootlarida o‘rnatiladi;
b) ovozli signalizatsiya qurilmalari ishchilarning eng ko‘p to‘planadigan joylarida o‘rnatiladi;
v) “Metan” majmuasining signalizatsiya apparati (yer osti nazorat stansiyasi) gazlanishi ehtimoli bo‘lgan hududlarda o‘rnatiladi;
g) nazorat qilinayotgan nuqtada parametrlardan biri belgilangan me’yordan ortib ketganda apparatura avariya ventilatsiyasining yoqilishiga va nazorat qilinayotgan binoda elektr jihozining o‘chirilishiga buyruq berishi kerak.
V bob. Yakuniy qoida
100. Mazkur “Ko‘mir konlarida aerogaz nazorati tizimi bo‘yicha Yo‘riqnoma” “O‘zbekko‘mir” OAJ bilan kelishilgan.
Bosh direktor X. XURSANOV
Ko‘mir shaxtalarida aerogaz nazorati tizimi bo‘yicha yo‘riqnomaga
1-ILOVA
Ko‘mir shaxtalarida aerogaz nazorati (AGN) tizimi bo‘yicha loyiha hujjatlariga talablar quyidagilardan iborat:
AGN tizimining loyiha hujjatlari metan tarkibi va havo sarfini uzluksiz nazorat qilish zarur bo‘lgan barcha inshootlarda apparaturalarni o‘rnatishni ko‘zda tutishi kerak. Yangi konni loyihalashda va rekonstruksiya qilishda AGN tizimining loyiha hujjatlari umumiy loyihaning asosiy qismi sifatida ishlab chiqiladi. Yangi ishga tushirilgan maydonni jihozlash loyihaga maxsus ishlab chiqilgan qo‘shimcha bo‘yicha olib boriladi.
Loyihalash uchun dastlabki ma’lumotlar quyidagilardan iborat:
loyihalangan davr uchun kon ventilatsiyasi sxemasi;
konning elektr ta’minoti sxemasi va ventilatsiya sxemasiga kiritilgan yer osti kabel tizimi sxemasi;
gaz bo‘yicha toifasi, tabaqalarning metan tarkibi va inshootlarning metanga boyligi; tabaqalarning bexosdan otilib chiqish, suflyar ajralib chiqish va gaz teshib chiqishi bo‘yicha xavflarini o‘z ichiga oluvchi konning qisqacha tasnifi;
tozalash va tayyorlash ishlari texnologiyasi.
Loyiha grafik kiyem va tushuntirish ma’lumotlarini o‘z ichiga olishi kerak.
AGN tizimini yer osti jihozlash loyihasining grafik qismi, unda nazorat punktlarining joylashgan joyi va datchiklarning turlari, elektr manbalarini kon elektr tarmog‘iga ulash joylari va, agarda bu nazarda tutilgan bo‘lsa, avariya vaziyatlarida nazorat qilinayotgan obyektlarda elektr ta’minotini avtomatik ravishda uzish vazifasini bajaruvchi kommutatsiya apparatlarini o‘rnatish joylari, xavfsiz aerogaz rejimini ta’minlash uchun uskuna va jihozlarning joylashgan joylari ko‘rsatilgan holda ventilatsiya sxemasi ko‘rinishida ifodalanishi kerak.
Loyihaning grafik qismida barcha o‘rnatilgan datchiklarning (turi ko‘rsatilgan holda), konsentratlarning, kommutatsiya apparatlarining (boshqarish manbalari ko‘rsatilgan holda), bloklovchi uskunalar ro‘yxati jadval shaklida ko‘rsatilishi kerak.
Loyihaning grafik qismi alohida maydonlar uchun sxemalar to‘plami sifatida ifodalanishi mumkin.
Nazorat datchigi turi ventilatsiya sxemasida, mazkur Yo‘riqnomaning 40, 43-bandlarida ko‘rsatilgan belgisiga muvofiq ko‘rsatiladi, unga datchikning tartib raqami qo‘shiladi va, agarda yer osti nazorati stansiyasi foydalanilayotgan bo‘lsa, chiziqchadan keyin konsentratning tartib raqami ko‘rsatiladi (masalan M1-1, M2-1, S1-1).
Nazorat qilinayotgan obyektning ishlab chiqarish faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi kommutatsiya apparatiga ta’sir, boshqaruv qaysi nazorat datchigidan kelayotganligi ko‘rsatilgan stryelkalar bilan ifodalanadi.
Loyiha doirasida statsionar apparaturalarning va uzluksiz va nomuntazam ishlaydigan ko‘chma uskunalarning optimal nisbati masalasi hal qilinishi kerak.
Tushuntirish ma’lumotida quyidagilar ko‘rsatiladi:
ishlab chiqarish quvvati to‘g‘risida, gaz bo‘yicha toifa to‘g‘risida, tabaqalarning tasodifiy otilib chiqishi xavfi to‘g‘risida, neft va gaz ajralib chiqishi xavfi to‘g‘risida, nazorat qilinayotgan kon inshootlariga uzatilayotgan havo miqdori to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi kon tasnifi;
tozalash va tayyorlash ishlarini olib borish texnologiyasi;
mavjud va loyihalanayotgan kavlash va tayyorlash maydonlarining, nazorat tizimi bilan jihozlanadigan boshqa inshootlarning ro‘yxati;
konni yer osti kabel tarmog‘i orqali elektr bilan ta’minlash sxemasi.
Tushuntirish ma’lumotiga apparatura, kabel va jihozlarning tasniflari ilova qilinishi kerak.
Loyihalashda elektr jihozlari joylashgan, gazlangan atmosferada qolishi mumkin bo‘lgan inshootlarda AGN apparaturasi yordamida himoya zaruratiga asoslanish kerak. Apparatni joylashtirish va ulash sxemasini ishlab chiqishda asosiy qoida nazoratning uzluksizligi tamoyiliga amal qilish hisoblanadi. Bu degani, elektr jihozini o‘chirishiga buyruq bera turib, nazorat qiluvchi apparaturaning o‘zi yongan holda qolishi kerak.
Tasodifan ko‘mir yoki gaz otilib chiqishi bo‘yicha xavfli bo‘lgan tabaqalarni elektr energiyasini qo‘llagan holda kavlashda, yangi oqimda joylashgan elektr jihozlarini manbadan uzish majburiy ravishda ko‘zda tutiladi.
Bu sharoitlarda himoyani pog‘onali sxema bo‘yicha qurish zarur, biron bir taqsimlash qurilmasi oldida joylashgan datchik bu qurilmalarni himoya qilganda, bu qurilmani va kabel liniyalarini navbatdagi taqsimlash qurilmasigacha himoya qiladi va navbatdagisidan kuch oladi. Masalan, lavaning taqsimlash punkti oldidagi datchik ko‘chma podstansiyadan quvvat oladi va ungacha bo‘lgan barcha elektr jihozlarini o‘chiradi, podstansiya o‘zining oldida joylashgan va maydon podstansiyasidan quvvat oladigan datchik orqali himoyalanadi va h.k.
Kon inshootlarida AGN tizimi jihozlarini joylashtirish
Qazish va tayyorlash maydonlarida AGN tizimi jihozlarini joylashtirish sxemalari mazkur Yo‘riqnomaning I—IV boblarida va 1-ilovasida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq ishlab chiqiladi.
Tasodifan ko‘mir yoki gaz ajratib chiqarish bo‘yicha xavfli bo‘lgan tabaqalarni ishlashda datchiklarni joylashtirish shu bilan farq qiladiki, boshi berk inshootlarda, tozalash inshootlarining kiruvchi va chiquvchi oqimlarida tez ishlovchi nazorat qo‘llanilishi kerak.
Ko‘mir shaxtalarida aerogaz nazorati tizimi bo‘yicha yo‘riqnomaga
2-ILOVA
AGN tizimini ekspluatatsiyaga topshirish-qabul qilish
Akti

“___” __________ 20 y.

______________________________________________________________ shaxtasida

(shaxta, kompaniya)

__________________________________________________ tomonidan bajarilgan loyiha bo‘yicha

(loyiha tashkiloti)

_____________________________________________________ loyiha hujjatlariga muvofiq AGN

(nomi, inventar raqami, ishlab chiqish sanasi)

tizim montaj qilindi.

Montaj ____________________________________________ tomonidan bajarildi

(kim bajardi)

1. AGN tizimi _________________________ kun davomida nazorat sinovidan o‘tdi.

2. AGN tizimining jihozlari zavod ko‘rsatmalariga muvofiq qo‘shimcha ishlovdan o‘tdi.

3. Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ekspluatatsiya qoidalariga o‘rgatildi.

4. AGN tizimi ___________________________________ da ekspluatatsiyaga topshirildi.

Komissiya raisi:


(imzolar)



Komissiya a’zolari:

Ko‘mir shaxtalarida aerogaz nazorati tizimi bo‘yicha yo‘riqnomaga
3-ILOVA
AGN guruhi ishchilarini ekspluatatsiya qoidalariga tayyorlashning namuna dasturi


Download 126.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling