Inspeksiya boshlig‘i I. Xolmatov toshkent sh


§ 2. AGN guruhining tarkibi va majburiyatlari


Download 126.25 Kb.
bet5/10
Sana28.12.2022
Hajmi126.25 Kb.
#1009343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
228 12.11.2009


§ 2. AGN guruhining tarkibi va majburiyatlari
87. AGN guruhi tarkibiga yo‘nalish elektr chilangarlari, navbatchi elektr chilangarlari, xizmat ko‘rsatish bo‘yicha elektr chilangarlar, muhandis-operatorlar kiradi.
AGN guruhi xodimlari ishlarining hajmi, ularning soni va malakalarini aniqlash uchun asos bo‘lib ekspluatatsiya bo‘yicha me’yoriy texnik hujjatlar, shuningdek AGN tizimi bo‘yicha mazkur Yo‘riqnoma xizmat qiladi. Ko‘rsatilgan hujjatlarda ko‘zda tutilmagan ishlarning hajmini aniqlash xronometraj kuzatuvlar asosida amalga oshiriladi. “Metan” majmuasi, tezlik va havo yo‘nalishlarini o‘lchagichlar (TXYO‘), ma’lumotlar qabul qilish tayanchlari (SPI-1) va “Veter” telemexanikasi apparaturalari yordamida AGN tizimi foydalanilayotgan konlarda xodimlarning soni quyidagilardan kam bo‘lmasligi kerak:
yo‘nalish bo‘yicha ikkita elektr chilangarlar;
smena bo‘yicha bitta navbatchi elektr chilangar;
20 ta metan datchiklari uchun bitta elektr chilangari;
kon inshootlarida 10 ta telenazorat va havo sarfi apparati to‘plamiga bitta elektr chilangari;
10 ta komplekt ISNV apparatiga bitta elektr chilangari;
“Veter” telemexanika apparati to‘plami soni beshtagacha bo‘lganda bitta elektr chilangari;
teleboshqaruv va telesignalizatsiya (TU-TS) to‘plamlari soni beshtagacha bo‘lganda bitta elektr chilangari;
STI-1 axborot qabul qilish tayanchlari soni beshtagacha va “Veter” telemexanika apparatlarining pultlari ikkitagacha bo‘lganda bitta muhandis-operator.
Kompyuterlashtirilgan AGN tizimlari uchun xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning tarkibi va soni ekspluatatsiya bo‘yicha qo‘llanma asosida muayyan tizim uchun belgilanadi. Bunda xodimlarning soni quyidagilardan kam bo‘lmasligi kerak:
bitta guruh rahbari;
yo‘nalish bo‘yicha ikkita elektr chilangarlar;
smena bo‘yicha bitta navbatchi elektr chilangar;
20 ta datchik uchun bitta elektr chilangari;
smena bo‘yicha bitta AGN muhandis-operatori.
88. Ekspluatatsiya maydonlarining ishchilarini tayyorlash AGN mexanigi tomonidan 3-ilovada ko‘rsatilgan dasturlarga muvofiq olib boriladi.
89. AGN guruhining AGN tizimi apparaturalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishchilarining majburiyatlari ishlar ro‘yxati bilan belgilanib, unga quyidagilar kiradi:
tizimga kiruvchi apparaturaning sozligini kundalik ko‘zdan kechirish va tekshirish;
nazorat qorishmalari yordamida ko‘rsatkichlar aniqligi va ishlashini kundalik tekshirish;
ishdan chiqqan jihozlarni almashtirish;
tizim tarkibiga kirgan jihozlarni ta’mirlash va keyinchalik uni davlat tekshiruvidan o‘tkazish;
o‘rnatilgan texnik xizmat ko‘rsatish;
apparatni davlat tekshiruvi uchun tayyorlash;
hujjatlarni yuritish.
Apparaturalarni ko‘zdan kechirish, ularning yaroqliligini tekshirish va kalibrlash ekspluatatsiya bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
90. AGN guruhi ishchilari orasida, ular javobgarlikka ega bo‘lgan majburiyatlar quyidagi tarzda taqsimlanadi.
AGN mexanigi guruh ishlarini tashkillashtiradi va uni boshqaradi, o‘z vaqtida barcha belgilangan ishlarning olib borilishini va apparaturalarning tekshirilishini, guruh elektr chilangarlarining yo‘nalishlari sxemasini tuzilishini, loyiha bo‘limlariga, davlat tekshiruvlarining grafiklariga tuzatishlar kiritilishini ta’minlaydi.
Yo‘nalish elektr chilangarlari yo‘nalish bo‘yicha kundalik (konning ishlamaydigan kunlaridan tashqari) va oylik nazorat olib boradilar, shuningdek reglament ishlarini bajaradi, zarur hollarda esa montaj ishlariga jalb qilinadi.
Navbatchi elektr chilangarlar AGN muhandisi tomonidan aniqlangan nosozliklarni (datchikning ishlamay qolishi, kabel uzilishi, apparatning ishlamay qolishi) tezkor bartaraf etish bilan bog‘liq ishlarni bajaradi, zarur hollarda montaj ishlariga jalb qilinadi.
Xizmat ko‘rsatish bo‘yicha elektr chilangarlar maxsus ta’mirlash tashkilotiga taqdim etish bilan bog‘liq bo‘lmagan apparatlarni ta’mirlaydi, yuzadagi datchiklarni reglamentli tekshiruvdan o‘tkazadi, almashtirish yoki ta’mirlashga berilgan datchiklarni almashtiradi, davlat tekshiruviga tayyorlashda zarur ishlarni bajaradi, zarur hollarda kondagi jihozlarni montaj qilish va tekshirishga jalb qilinadi.
AGN muhandis-operatori AGN tizimining ishlashi ustidan kuzatuv olib boradi. Kuzatuvlar hajmi AGN tizimi loyihasi bilan belgilanadi va mazkur Yo‘riqnomaning 8, 22-37-bandlari talablariga muvofiq kelishi kerak.
AGN muhandis-operatori yo‘nalish chilangarlari tomonidan naryad bo‘yicha ishlarning bajarilishini kuzatib boradi.
Muhandis-operator AGN tizimi xabarlarini baholaydi va kon dispetcheriga kon inshootlaridagi barcha gazlanish va ularga uzatilayotgan havoning miqdori kamayganligi holatlari to‘g‘risida, ventilyatorlarning va gaz so‘ruvchi qurilmalarning holatlari to‘g‘risida, elektr jihozlarining o‘chib qolishlari to‘g‘risida xabar beradi.
Olingan ma’lumot asosida kon dispetcheri o‘zining ish joyi tarkibiga kiruvchi pultdan xavfsiz aerogaz rejimini ushlab turishni ta’minlovchi qurilma va jihozlarni boshqarish bo‘yicha qaror qabul qiladi.
Bunda AGN muhandis-operatorining jurnalida, ma’lumot qaysi datchikdan olinganligi, nazorat qilinayotgan obyektda elektr jihozini avtomatik ravishda o‘chirish uchun signal berish holati, ish to‘xtatilishi sababli bekor turish davomiyligi ko‘rsatilgan holda muvofiq yozuv kiritiladi.
Muhandis-operator o‘zining tezkor ishida kon dispetcheri va smena boshlig‘iga bo‘ysunadi.
Download 126.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling