‘Institut’ va ‘norma’ tushunchalarining mohiyati
Download 148.08 Kb.
|
KURS ISHI BY ANDAKULOV
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS ISHI Mavzu
- Kirish Mavzuning predmeti
- Mavzuning ob`ekti
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar bo’yicha) yo’nalishi 4-kurs (sirtqi bo`lim) talabasi Andakulov Azizjonning Institutsional iqtisodiyot fanidan KURS ISHI Mavzu: ‘Institut’ va ‘norma’ tushunchalarining mohiyati. Bajardi: Andakulov Aziz Qabul qildi: _______________ TOSHKENT-2023 Reja: 1. Kirish 2. Asosiy qism: 2.1. Rasmiy va norasmiy normalar va ularning shakllanishi. 2.2. Institutsional matritsa. 2.3. Institutsional o`zgarishlar va institutlarning o`zaro bog`liqligi. 2.4. Institut va tashkilot o`rtasidagi chegara. 3. Xulosa. 4. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish Mavzuning predmeti: “Institut” va “norma” tushunchalarining mohiyati.Rasmiy va norasmiy normalar va ularning shakllanishi.Institutsional matritsa. Institutsional ozgarishlar va institutlarning ozaro bog`liqligi.Instutsionalizm asoschilarining fikri haqida. Mavzuning ob`ekti: Institutlar va ularning jamiyat rivojlanishidagi roli va jamiyatning institutsional matritsasi. Mavzuning maqsadi: Institutlar jamiyat hayotida muhim o`rin tutadi. Agar bir daqiqaga barcha institutlar yo`q bo`lib ketganligini tasavvur qiladigan bo`lsak, u holda tartibsizlik boshlanib ketib, bu o`z navbatida abadiy davom etmas edi. Chunki insonlarning o`z hayotini tartibga keltirishga urinishlari yangi institutlarning paydo bo`lishiga olib kelgan bo`lar edi. Institutlar tabiatini yanada chuqurroq tahlil qilish global xususiyatlarga ega bo`lgan qator savollarga, xususan, nima uchun bozorlar “ishlaydi” yoki “ishlamaydi”? Iqtisodiy siyosatning u yoki bu tadbirlari nima uchun samarali yoki samarasiz bo`ldi? Iqtisodiyotdagi qaysi o`zgarishlar ichki sabablarga ko`ra yohud hukumatning u yoki bu qarori tufayli yuzaga keldi, degan savolga javob berish imkonini beradi. Institutlar o`zi nima? Turli davrlar tadqiqotchilari institutlar mohiyatini va ularning faoliyat ko`rsatish mexanizmini yoritvchi bir necha ta’riflarni asoslashgan. Institutlarni T.Veblen quyidagicha ta’riflagan: “Institutlar – bu insonlar ularga amal qilgan holda turmush kechiradigan odatiy tafakkur tarzi” yoki “Institutlar – bu o`tmishda sodir bo`lgan jarayonlar natijasi bo`lib, ular o`tmish sharoitlariga moslashgan va o`z navbatida, hozirgi vaqt talablariga to`liq moslashmagan”. Ye.Erdvard tomonidan “Institutlar – bu ko`plab individuumlar ulardan hamma joyda va har kuni foydalanadigan va asosan o`zining noyobligi bilan tavsiflanadigan ijtimoiy ne’matlar. Institutlar almashuv jarayonini soddalashtiradi. Ular – qarorlar qabul qilish jarayonining yakka tartibdagi qarorlarni ijobiy qarorlarga aylantiruvchi ajralmas qismi”, deya ta’riflangan. J.Xodjsonning ta’riflashicha, “Institutlar – an’ana, urf-odat yoki qonunchilik cheklovi orqali uzoq muddatli va barqaror hulq-atvor namunalarining yaratilishiga olib keluvchi ijtimoiy tashkilot”. Institutlarni ko`z bilan ko`rib, ularni jismonan his etib yoki o`lchab bo`lmaydi. Bu inson ongi bilan yaratilgan o`ziga xos konstruksiyalar, ko`zga ko`rinmaydigan mexanizmlardir Download 148.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling