Institutdan amaliyot rahbari: M. Ibragimov Bankdan amaliyot rahbari: R


Download 31.63 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi31.63 Kb.
#1589065
Bog'liq
akmal hisobot




O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus
ta’lim vazirligi
Samarqand Iqtisodiyot va Servis Instituti
Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi
5230900 ‘’Buxgalteriya hisobi va audit’’
ta’lim yo’nalishi bo’yicha
1-kurs Bh-121 guruh talabasi
Karimov Akmalning
Malakaviy amaliyot bo’yicha
Hisoboti
‘’Xalq Banki’’ shovot filiali ATB
Institutdan amaliyot rahbari: M. Ibragimov
Bankdan amaliyot rahbari: R. Nurjonov
Samarqand-2022

Mundarija:

Kirish………………………………………..................................


  1. Korxonaning huquqiy maqomi, ta’sis hujjatlari, tashkiliy tuzulishlarini o’rganish………………………………………….



  1. Korxonaning oxirgi 3 yildagi moliyaviy-xo’jalik faoliyati ko’rsatkichlarini o’rganish tahlil qilish………………………………



  1. Korxonaning buxgalteriyasi to’g’risida nizom, uning tashkiliy shakli, tuzulishi, funksional majburiyatlarining taqsimlanishini o’rganish………



  1. Korxonaning hisob siyosati uning negizida yotgan qoidalar, tamoyillar, yondashishlar xususiyatlarini o’rganish…………………………………..



  1. Korxona ichki nazorati bilan tanishish………………………......................

Xulosa…………………………………………………………………………

Ilovalar…………………………………………………………………………………………………………………………………………………
Kirish
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o’zgarishlar ta’lim sohasini ham keng qamrab olgan. Yil sayin oliy ta’limga e’tibor eng asosiy masalaga ko’tarilmoqda.

Olib borilayotgan islohotlarni samarasini yanada oshirish maqsadida muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi. Ushbu Harakatlar strategiyasining 4.4 ‘’ Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish’’ bo’limida qayd etilganidek ‘’ Mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali va raqobatdosh kadrlar tayyorlash siyosatini izchil davom ettirish muhim ahamiyat kasb etadi’’.

Shuningdek Prezidentimizning PQ-3151-sonli ‘’ Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlarini to’g’risida’’gi qarori talabalarning amaliyotlarini samarali tashkil etishga asos yaratdi.

Buxgalteriya hisobini chuqur o’rganishda malakaviy amaliyot muhim rol o’ynaydi. Shu maqsadda biz ‘’Buxgalteriya hisobi va audit ‘’ yo’nalishi talabalari o’quv rejaga muvofiq 1 kurs davomida mutaxassisligimiz bo’yicha olgan nazariy bilimlarimizni mustahkamlash, chuqurlashtirish va amaliy tajriba va ko’nikmalarimizni shakllantirish maqsadida tanishuv ishlab chiqarish amaliyotini o’tadik.


So’ngi yillarda mamlakatimiz tez suratlarda rivojlanmoqda. Bu o’zgarishlar iqtisodiyot yo’nalishiga ham o’z ta’sirini ko’rsatmasdan qolmayapti. Milliy iqtisodiyotimiz sekin sekkin qog’ozbozliklardan chekingan holda raqamli iqtisodiyotga o’tmoqda . Shu jumladan bank sohasi ham kompyuterlashgan tizimga o’tgan.


Banklar har kuni bir nechta yuz minglab operatsiyalarni amalga oshiradi va turli xil bank xizmatlarini ko’rsatadi. Bularning barchasi banklarda buxgalteriya hisobida aks ettiriladi va tegishli hisobotlarda qayd etiladi.
Banklarda buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni tuzish nafaqat bank mijozlari va aholiga sifatli bank xizmatlarini ko’rsatish, balki bank aksiyadorlari, kreditorlari, investorlari, mijozlari va davlat moliya muassasalarini zarur axborot bilan taminlash hamda bankning moliyaviy barqarorligi va iqtisodiy samaradorligini nazorat qilishda muhim o’rin tutadi. Ayniqsa keying yillarda bank tizimi buxgalteriya hisobini yuritish mijozlarga bank xizmatini ko’rsatish va hisobotlarni tayyorlashda misli ko’rinmagan o’zgarishlar va yangiliklar joriy etildi.
Bank haqida…
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki – O’zbekistondagi eng yirik moliya muassasalaridan biri. Bankning asosiy maqsadi – kompleks ravishda bankda tizimini yaratish, aholidan kreditlash va milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun kredit va investitsiya resurslarini ko’paytirishdan iborat. Bankning markaziy ofisi Toshkent shahrida joylashgan.
Bank o’z salohiyatini barqarorlashtirish, aholining ishonchini qozonish, mamlakat bank xizmatlari bozoridagi o’z mavqeyi va rolini mustahkamlash uchun barcha sa’y – harakatlarini safarbar etmoqda.
Xalq banki missiyasi – bank faoliyatining yo’nalishi va mazmunini belgilab beradi, hukumatning moliyaviy agenti vazifalarini bajarish, shuningdek, xalq faravonligi va umuman iqtisodiyotning o’sishuni ta’minlashdagi o’rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bugungi kunda, Xalq banki O’zbekiston bank tizimining muhim bo’g’ini hisoblanafi. Xalq bankining respublika bo’ylab taqsimlanishi quyidagidek hisoblanadi:
196 ta hududiy va tuman(shahar) filiallari
106 ta ‘’Bank xizmatlari markazi’’
3000 dan ortiq bank kassalari
1289 ta bankomatlar
355 ta 24/7/265 - rejimda ishlaydigan ‘’ Elektron ofislar’’ faoliyat yuritmoqda.
Mijozlarga sifatli xizmat ko’rsatishni tashkil etish uchun bonkamatlar sonini oshirish va ularni doimiy ishchi holatida bo’lishini ta’minlash maqsadida alohida tarkibiy bo’linma tashkil etilgan va bugungi kunda respublika bo’yicha 1289 ta bonkamatlar faoliyat yuritmoqda.
Xalq banki quyidagi talablarga javob berishga intiladi:

  • Eng zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan bank mahsulotlari va xizmatlarining ko’lami va hajmlarini kengaytirish, shuningdek, ulardan butun yurtimiz bo’ylab foydalanish imkoniyatini ta’minlash orqali davlatning yetakchi universal banki bo’lish;

  • Xodimlar faoliyati uyg’unligini ta’minlash va ularning shaxsiy va kasbiy intilishlarini ro’yobga chiqarish yo’li bilan davlatimizning eng yaxshi va talabgor ish beruvchilaridan biri bo’lish;

Xalq banki tarixi:


Aksiyadorlik tijorat Xalq banki O’zbekistonning eng qadimiy banklardan biridir. Uning toshkentdagi birlamchi jamg’arma kassalari 1875-yilda tashkil etilgan.
O’zbekiston Respublikasi hukumatining 1995-yil 4-oktabrdagi qaroriga asosan “ O’zjamg’armabank “ davlat-tijorat Xalq banki deb qayta tuzilgan. jamiyatlarida zamonaviy koorporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora tadbirlari to’g’risida ‘’gi PF-4720 – sonli farmoniga asosan bank nomi “ Aksiyadorlik tijorat Xalq banki” nomiga o’zgartirildi.
Mustaqillik yillarida Xalq banki mamlakat iqtisodiyotining pul-kreidt sohasidagi islohotlar jarayonida hukumatning moliya agentligi sifatida faoliyat yuritib, zimmasiga yuklangan masulyatli vazifalarni muvaffaqiyatli tarzda ado etib kelmoqda.
Bank reytingi:
2020-yilda “ Fitch Ratings “ xalqaro reyting agentligining “ BB-/B” - “Barqaror” , S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligining “ BB-/B” reytingiga ega bo’ldi.
Xalq banki 6-maydan 7-maygacha “ Cert International “ ( Slovakiya ) xalqaro sertifikatlashtirish tashkiloti vakillari tomonidan ISO 9001:2015 Xalqaro standart talablariga muvofiq 2-nazorat auditidan muvaffaqiytli o’tdi. Xalq bankining 2-nazorat audit natijalari : yuqori rahbariyatning OAVni saqlash va takomillashtirishga qiziqishi va majburouati ; xodimlarning yuqori malakasi va xalqaro mutaxassislarni jalb qilish ; ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini doimiy ravisgda takomillashtirishga intilish.
Ikkinchi nazorat auditioning asosiy natijasi atrof muhitdagi o’zgarishga tezkorlik bilan javob berishga, kelajakdagi o’zgarishlarni kutishga va menejment tizimini unifikatsiya qilish orqali o’z biznesingizni muntazam ravishda rivojlantirishga imkon beradigan samarali sifatli menejment tizimini qo’llab quvvatlash, filiallar tarmog’ining o’zaro aloqasining va yuqori tarmoq sifatli xizmat ko’rsatish shuningdek, Xalq bankida mijozlar ehtiyojini qondirish hisoblanadi.
Shuningdek, milliy shkala bo’yicha “ Ahbor Reyting “ reyting agentlifgi tomonidan “UzA” - “Barqaror” “Standart And Sensetive Ratings” reyting agentligi tomonidan “UzA+” - “Barqaror” reytingi tasdiqlandi. Ushbu reyting Xalq banki tomonidan kapitallashuv darajasini oshirish, resurslar bazasini mustahkamlash aktivlar sifatini yaxshilash ko’rsatilayotgan bank xizmatlari ko’lamini kengaytirish borasida amalga oshirilgan ijobiy ishlarni aks ettiradi.

Bank tasarufidagi tashkilotlar:


“ Xalq Sug’urta “ - ijtimoiy vazifalarining hal etilishida Hukumatning moliyaviy agenti vazifalarining bajaruvchi ishonchli va barqaror tashkilotdir. Biz kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining mulkiy va shaxsiy maanfatlarini sug’urta qilishni ta’minlash mikrosug’urtalash mahsulotlarini ta’minlash va ishlab chiqish va aholining keng qatlamlariga faol rivojlantirib olg’a surish uchun “ Xalq Sug’urta “ sug’urta kompaniyasini tuzdik.
“ Uzpaynet” kompaniyasi O’zbekistonda 2005-yildan buyon faoliyat ko’rsatmoqda . Ushbu davr mobaynida biz mamlakatimizda 400 dan ortiq xizmatlar yetkazib berish va beruvchi hamkorlarning xizmati uchun, shu jumladan kommunal tashkilotlar xizmatiga ham 20000 dan ortiq to’lov shaxobchalarining har birida to’lovni amalga oshirish mumkin. Kompaniya erishilgan natijalar bo’yicha to’xtab qolmay taqdim etilayotgan xizmatlar doirasini kengaytirish va xizmatlar yetkazib beruvchi hamkorlar ko’lamini kengaytirish uchun doimiy harakkat qilib kelmoqda.

Bank mahsulotlari va xizmatlari


Bank tomonidan ananaviy bank mahsulotlari va yo’nalishlarining xizmatlarining barcha yo’nalishlari shu jumladan jismoniy va yuridik shaxslar uchun deposit mahsulotlarining keng ro’yxati kreditning xilma-xil turlari akkreditiv operatsiyalar plastic kartalarni ishlab chiqarish va ularga xizmayt ko’rsatish hisob raqamlarni tezkorlik bilan ochish va yuritish jamg’arib boriladigan pensiya hisoblarini yuritish interaktiv bank xizmat turlari bilan doimiy ish yuritish mijozlar bilan doimiy muloqotda va yaxshi munosabatda bo’lishlik ishga masulyat bilan yondashish har kungi ish bo’yicha hisobot va qoldiqlar topshirib borilishi xalqaro pul o’tkazmalari lotoreya o’yinlari va boshqa xizmatlar ko’rsatilib kelinmoqda.
Xalq banki o’z mijozlariga xizmatlardan foydalanishning eng qulay va foydali usullarini taklif etadi.
Yuridik maqomga ega shaxslarni va mijozlarni kichik biznes o’rta biznes va koorporativ mijoz segmentlariga ajratgan holda ular uchun mos moliyaviy xizmatlar va bank mahsulotlari taklif qilinmoqda.
Yuridik shaxslar uchun 20 xildan ortiq milliy va xorijiy valyutada kreditlar ajratiladi. Bugungi kunga kelib 265512 ta yuridik mijozlarning hisob raqamlari mavjud bo’lib shyndan 120388 tasining (45%) harakatdagi mijozlar hissasiga to’g’ri keladi.
Korporativ mobil banking:
Korporativ mobil banking – interaktiv xizmat orqali yuridik mijozlar o’z hisob raqamlarini mobil aloqa vosita orqali dunyoning istalgan nuqatasidan boshqarishi mumkin.
Internet banking:
Internetdan bank xizmatlaridan foydalanish Yuridik mijozlarga bank bilan moliyaviy xujjatlarni almashish va real vaqt rejimida to’lovlarni koorporativ kartani to’ldirish oylik to’lovlarni amalga oshirish va hisob raqamlar holatini kuzatish imkoniyatini beradi.
Jismoniy shaxslar uchun universal bank xizmatlari va kredit turlaridan tashqari yangi innovatsion yechimlar taklif qilinmoqda.
Mijozlarning istaklarini o’rgangan holda ularning talabidan kelib chiqib bank mahsulotlari ishlab chiqilmoqda.

Plastik kartalar :


Pensionerlar talabalar ishchilar va tadbirkorlar uchun debit va kredit kartalari dunyoning 180 dan ortiq davlatlarida “UnionPay” va “Visa” tizimida ishlovchi debit va kredit kartalar bank tomonidan mijozlarga ishlab chiqilib berilmoqda bunday kartalar aholimizga qulaylik yaratisg maqsadida ishlab chiqilib yo’lga qo’yilgan.
Avvalambor plastic kartalar xalqimiz uchun qulaylik va foydali bo’lish uchun ishlab chiqilayotgan mahsulot hisoblanadi.
Plastik kartalar yordamida uyda turgan holda kommunal xizmatlar uchun ham to’lov qilish imkoniyatlari berilganligi sababli xalqimizning qariyb 65% qismi aholisi plastic kartalardan foydalanishga o’tishmoqda.
Bu yangilik esa xalqimiz uchun yanada yaxshi va yanada qulay foydali bo’lib kelmoqda. Bankimiz faoliyatida bunday yangiliklar yaratish yo’lida to’xtamayapti va yana o’zgacha yangiliklar bilan davom etmoqda.
Bankimizning asosiy maqsadi xalqmiz uchun xizmat ko’rsatib mijozlar ko’nglidan joy olishdir.
Bunday kabi xizmatlar ko’rsatish bank faoliyatida ishchilar va xodimlar tomonidan amalga oshirilib kelinmoqda.

Omonatlar:


Milliy va horijiy valyutada turli hil omonatlar mavjud hisoblanadi.
Mobile banking:

“ Xalq Mobile “ ilovasi masofaviy bank xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. Ushbu ilova orqali to’lovlarni amalga oshirish mumkin kreditni so’ndirish “Zolotoya Korona” pul o’tkazmasi orqali yuborilgan pul mablag’ini kartaga onlayn kirim qilish mumkin kartadagi pul mablag’larni boshqa kartalarga o’tkazish va onlayn kredit olish mumkin yana onlayn omonat ochish va onlayn konversiya funksiyalarni amalga oshorish mumkin hisoblanadi.

Pul o’takzamalari:

Xalq banki “ Western Union “ , “ MoneyGram “, “ Zolotoya Korona “, “ Contact”, “ UniStearm “, “ AsiaExpress “ va “ UPT “ kabi xalqaro pul o’tkazmalari tizimlari mavjud bo’lib hozirda Xalq banki shu tizimlar yordamida faoliyat olib bormoqda.


Shuningdek, respublikamiz bo’ylab O’zbekistonda birinchi bo’lgan milliy va horijiy valyutalarda pul o’tkazish tizimi “ UzPay “ ishga tushirilgan.

Jalb qilingan xorijiy kredit liniyalari:


Bank nafaqat chet ellik mutaxassislarni jalb qilish bilan shug’ullanadi, balki xorijiy banklar bilan uzoq muddatli shartnomali hamkorlikni yo’lga qo’yiladi.
Jumladan:

  1. AQSHning “ Cargill Financial Services International, Inc. “ muassasidan 94 mln AQSH dollar;



  1. “ Osiyo taraqqiyot banki “ (ABR) dan chorvachilikni rivojlantirish maqsadida 50 mln AQSH dollar;




  1. Turkiyaning Aktif bankidan savdoni moliyalashtirish bo’yicha dastlabki 2 mln AQSH dollar;



  1. Rossiyaning “ Roseksim banki “ dan 10 mln Yevro ekvivalentida ( 11mln AQSH dollarga teng);




  1. “ Transkapital bank “ dan 18 mln AQSH dollarlik kredit liniya mablag’lari;



  1. Yaponiyaning “ Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi bank “ (JICA) dan 30 mln AQSH dollarlik kredit liniyalari mablag’lari;




  1. Qozoqistonning “ First Heartland Jysan Bank “ bankidan savdoni moliyalashtirish va rivojlantirish yanada keng ko’lamga olib kelish maqsadida 5 mln AQSH dollarlik kredit liniyalari pul mablag’lari olib kelindi;



  1. “ ICBC Standart Bank Plc “ dan 25 mln AQSH dollari miqdorida kredit liniyalari pul mablag’lari jalb qilingan;




  1. “ Deutsche Bank “ Germaniyaning bankidan 150mln AQSH dollarlik miqdorda kredit liniyalari pul mablag’lari olib kelingan;

Joriy yilda bank tomonidan quyidagi xorijiy kredit liniyalarini pul mablag’larini jalb qilish bo’yicha ishlar olib borildi va bu olib borilgan muzokaralar natijasida jumladan, “ Raiffeisen Bank International AG “ ( Avstriya ) banki bilan 1-apreldan loyihalarni moliyalashtirish va rivojlantirish borasi doirasida qiymati 50 mln Yevro miqdordagi Bosh kelishuv imzolandi.
Mazkur mablag’lar hisobidan jami 11 mln AQSH dollar miqdoridagi nooziq-ovqat sanoat sohasidagi loyihalar moliyalashtirildi.
PJSC “ Sovcombank “ ( Rossiya ) banki bilan 6-aprelda milliy valyutada 419 mlrd so’m miqdorida mablag’ olish bo’yicha 4 yillik kredit shartnomasi imzolandi( 40 mln AQSH dollarlik ekvivalentlik ). Jalb qilingan mablag’ filiallar tomonidan savdo va chakana kreditlar uchun ajratilmoqda.



Download 31.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling