Институте ташкентский финансовый
rasm. Sug‘urta kompaniyalarining investitsiya faoliyatini takomillashtirish uchun “NEOS” algoritmini ishlab chiqish14
Download 1.92 Mb.
|
автореферат Носирова Г А 21 02 2023 Lotin 4 Pechatli
rasm. Sug‘urta kompaniyalarining investitsiya faoliyatini takomillashtirish uchun “NEOS” algoritmini ishlab chiqish14O‘zbekiston Respublikasida ustav kapitalining qonun bilan belgilangan miqdori ko‘pchilik sug‘urta kompaniyalari tomonidan kafolat majburiyatlarini ta’minlash uchun yetarli darajada katta emas, bu esa ularning jahon sug‘urta bozorlarida raqobatbardosh bo‘lishiga imkon bermaydi. Strategik menejment uchun bu nafaqat sug‘urta kompaniyasining o‘ziga xos istalgan holati, balki uning atrof – muhitiga o‘zgarishlarga javob berish qobiliyati ham ishlab chiqilgan bo‘lib, unga o‘z maqsadlariga erishishgan imkon beradi. Foyda nafaqat sug‘urta mukofotlari va sug‘urta da’volari o‘rtasidagi farqdan, balki sug‘urta zaxiralarini qo‘yish vaqimmatli qog‘ozlarni chiqarishdan ham olinishini ta’minlash kerak. Sug‘urta kompaniyalari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tuziladi. Shuning uchun ular aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun talablariga rioya etishlari shart. Aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risidagi qonunda ushbu qoida mavjud bo‘lib, unga ko‘ra zaxira fondi kompaniyaning zararlarini qoplash va yoqotilgan taqdirda imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash uchun mo‘ljallangan. Aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risidagi qonunga muvofiq zaxira fondini shakllantirishning belgilangan limiti sug‘urtalovchining, shu jumladan investitsiya faoliyatidan kelib chiqadigan katta zararlarini qoplash uchun yetarli bo‘lmaydi. Shu bois, zaxira fondini shakllantirish stavkasini ustav fondining 55 foizigacha oshirish taklif etilmoqda. Mahalliy sug‘urta bozorida sog‘lom raqobat muhiti deyarli shakllanmagan. Ma’lumki yirik ishlab chiqarish va yirik xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar hamda tijorat banklari tomonidan sug‘urta kompaniyalarini tanlashda shaffof tender tanlovlari tashkil etilmagan. Sug‘urta kompaniyalarining bo‘sh moliyaviy resurslarini optimal joylashtirishni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi qoshida ixtisoslashgan investitsiya markazi tashkil etilishi kerak. Bu investitsiya markazi kompaniya moliyaviy resurslarni likvidliligini va shaffoflikni ta’minlash maqsadida ochiq tanlov asosida yuqori stavkalarda iqtisodiyotning turli tarmoqlariga joylashtiradi va nazoratini amalga oshiradi. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling