Институте ташкентский финансовый


Download 1.92 Mb.
bet22/28
Sana15.03.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1272389
TuriАвтореферат
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
Bog'liq
автореферат Носирова Г А 21 02 2023 Lotin 4 Pechatli

ro‘yxati, milliard11, (AQSh dollarda)



Sug‘urtalovchi

Sof mukofotlar, 2020 (mlrd.$)

Tushum

Sof foyda, (mlrd.
$)

1

UnitedHealthGroup

201,5

257,1

15,77

2

PingAnInsurance

118,9

203

24,4

3

AXAGroup

104,3

107,5

3,70

4

Anthem

104,1

121,9

4,57

5

CenteneCorporation

100,1

111,1

1,79

Yuqorida keltirilgan jadvalga muvofiq, yetakchi sug‘urta kompaniyalari aktivlarning bog‘liq ravishda investitsiya portfelini shakllantirishda aktivlardan foydalanadi degan xulosaga kelish mumkin (2-jadval).


    1. jadval Sug‘urta kompaniyalari investitsiya me’yorlari12, (foizda)


Aktiv turi

Rossiya

Germaniy a

Fransiya

Yaponiy a

AQSh

Angliya

O‘zbekiston

Davlat qimmatbaho
qog‘ozlari

<15

-

-

-

-

-

Cheksiz ko‘p

Bank sarmoyalari
(depozitlar)

<50

-

-

-

-

-

<40*

Investitsiya ulushlar

<10

-

-

-

-

-

-

Aksionerlik jamiyatlarining
aksiyalari va obligatsiyalari



<20

-


-


-




<4

-




<30

Ustav kapitalida ulushda qatnashish
huquqi, boshqa boyliklar



<10

-


-


-


-




<60



<30

Turar-joy
sertifikatlari

<5

-

-

-

<17

<2

-

Ko‘chmas mulk

<40

<20

<40

<20

<17

<20

<50

Valyuta boyliklari

<10

-

-

-

-

-

-

Ssudalar

-

<10

<50

<55

<4

<2

<10

Hisob raqami

Cheklov-
siz

-

-

-

<1

Cheksiz
ko‘p

<3

Xulosa qilib aytganda, maxalliy kompaniyalarida investitsiya faoliyati ko‘pincha u yoki bu ko‘rinishda marketing strategiyasiga o‘xshab ketadigan bo‘lsa, xorijiy kompaniyalarda marketing va investitsiya faoliyati ikkita alohida soha



11Muallif ishlanmasi (https://www.atlas-mag.net ma’lumotlari asosida).


12Muallif ishlanmasi (http://www.luxurunet.ru/world-market ma’lumotlari asosida).
* Bank qo‘yilmalarining cheklangan soni qonunchilikka muvofiq faqat bitta bankka bo‘lishi mumkin.
sifitada aniq ajralib turadi. Pul mablag‘lari, maqsadli bank omonatlari, pay, aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar, texnologiyalar, uskunalar, litsenziyalar (shu jumladan mahsulot belgisi), kreditlar, har qanday boshqa mol-mulklar yoki mol- mulklar huquqi, intelektual baholanishi, ijtimoiy samaradorlikni ijobiy yutuqlari va tadbirkorlik va foyda (daromad) olish maqsadida boshqa faoliyat obektlariga qo‘yiladigan mablag‘lar investitsiya manbalari hisoblanadi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek sug‘urta kompaniyalari asosiy faoliyat bilan bir qatorda investitsiya faoliyatini ham samarali tashkil etishlari kelgusida ularni sug‘urta bozorida raqobatbardoshligini yanada mustahkamlaydi.
Dissertatsiya ishining “O‘zbekiston sug‘urta kompaniyalari investitsiya faoliyatining moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish” nomli uchinchi bobida sug‘urta kompaniyalarining investitsiya faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan.
Jahon ilmiy tadqiqotchi-iqtisodchilari investitsiya faoliyatining moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga turlicha qaraydi. Bir tomondan, ayrim iqtisodchi olimlar investitsiya algoritmini qurishni faqat sug‘urta zaxiralari bilan bog‘lashadi, lekin hech kimga sir emaski, sug‘urtalovchining investitsiya resurslari manbalari nafaqat sug‘urta zaxiralari, balki sug‘urta kompaniyalarining vaqtincha bo‘sh mablag‘lari ham hisoblanadi.
Faraz qilaylik, ma’lum bir “A” sug‘urta kompaniyasi investitsiya faoliyati uchun ma’lum moliyaviy vositalarga (mablag‘larga) ega, bu mablag‘lar “egalik qilish davri” deyiladigan ma’lum bir vaqtga investitsiya qilinishi mumkin. Bu davr oxirida sug‘urtalovchi olingan daromadni iste’molga sarflaydi yoki daromadni fond bozoriga qayta investitsiya qiladi (qimmatbaho qog‘ozlarni sotib oladi). Tasavvur qilamizki, t0 - davrning boshlanishi, t1 - davrning oxiri bo‘lsin. t0 davrning boshida sug‘urtalovchi t1 davr oxirigacha o‘z portfelida bo‘ladigan muayyan qimmatbaho qog‘ozlarni sotib olishga qaror qilishi kerak. t0 vaqtda qaror qabul qilish, portfelning daromadliligi, albatta, noma’lum bo‘ladi. Shunga qaramay, sug‘urta kompaniyasi (investor) turli qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha kutilayotgan daromadni baholaydi, keyin tabiiy ravishda eng yuqori daromadlilik ehtimoliga ega bo‘lgan qimmatbaho qog‘ozlarga moliyaviy mablag‘larni qo‘yadi. Bu yerda diversifikatsiya muhim ahamiyatga ega, chunki maqsad xavfni minimallashtirish bilan birga foydani maksimallashtirish hisoblanadi. Birlik davr uchun qimmatbaho qog‘ozning daromadliligini hisoblash 7-rasmdagi formulaga muvofiq amalga oshiriladi.





  1. rasm. Sug‘urta kompaniyalarining qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadliligini hisoblash13


Bu formulada “t0 vaqtdagi daromad” - t0 davrning boshida sug‘urtalovchi sotib olgan bitta qimmatbaho qog‘ozning narxi, “t1 vaqtdagi daromad” - t1 davr oxiridagi bu qimmatlbaho qog‘ozning, shu jumladan, investorga - sug‘urtalovchiga barcha to‘lovlar narxi hisoblanadi. Ma’lumki, sug‘urtalovchining investitsiya portfeli turli xil qimmatbaho qog‘ozlar va ularning daromadliligi hisoblanadi, quyidagi formulani taqdim etamiz:
(1)
Har bir sug‘urta kompaniyasining investitsiyalar bilan shug‘ullandigan bo‘limining maqsadi samarali investitsiya faoliyati hisoblanadi. Buning uchun investitsiya siyosatini to‘g‘ri tashkil etish, optimal investitsiya portfelni shakllantirish zarur. “NEOS” algoritm yuqorida sanab o‘tilgan mezonlarga xizmat qiladi, sarmoyalar muddati, sarmoyalar turlari, marjinal foyda, xavf darajasi kabi asosiy moliyaviy mexanizmlarni o‘z ichiga oladi (8-rasm). Sug‘urtalovchining investitsiya faoliyatini rivojlantirish algoritmi nafaqat yakuniy natijani, balki umuman unga erishish bo‘yicha choralar ro‘yxatini ham nazarda tutadi. Shuning uchun investitsiya faoliyatining moliyaviy mexanizmlari algoritmi asosida biznes- jarayonlar ishlab chiqilmoqda, yaqin ikki yil uchun strategik tashabbuslar hisobga olinmoqda. Tabiiyki, hech kim sug‘urtalovchining puli qo‘yiladigan loyiha muvaffaqiyatli bo‘lishiga 100 foiz kafolat bermaydi. Shunga qaramay, sug‘urta kompaniyalarining investitsiya xavflarini minimallashtirish mumkin.
Yuqorida bayon etilgan algoritmda Id - investitsiya daromadi, Ix – investitsiya xarajatlari, DO – davlat obligatsiyasi. Shu algoritm tufayli investitsiya faoliyati ham samaraliroq yo‘nalishga aylantirildi va ma’lum daromadlarni keltirdi, bu esa umuman sug‘urta kompaniyasining foydasini oshirdi va 2020-yilda 0,2 milliard so‘mni tashkil etdi.
Shunday qilib, bu dissertatsiya ishida olib borilgan tadqiqotlar sug‘urta kompaniyalarining investitsiya faoliyatining samarali algoritmini shakllantirishda
G. Markovitsa nazariyasidan foydalanish zarur degan xulosaga kelishga yordam berdi. Investitsiya faoliyatida sug‘urtalovchi tizimli va tizimsiz xavflarga ham duch keladi. Investitsiya jarayonlari samaradorligining iqtisodiy algoritmi mahalliy sug‘urta kompaniyalari tomonidan qo‘llanilishi mumkin. Algoritmni qo‘llanishi investitsiya portfelining maksimal daromadliligini olish imkonini beradi, bunda uni tashkil etadigan aktivlarining ishonchliligi, daromadliligi va qadrliligi hisobga olinadi.
Ko‘rinib turibdiki, qimmatli qog‘ozlar bozorida eng yuqori ishonchlili davlat obligatsiyalari hisoblanadi Sababi bugungi kunda ba’zi obligatsiyalari ishonchlikka ega emas. Davlat obligatsiyalarining bank depozitlardan asosiy farqi shundaki, birinchisining saqlanishi ikkinchisidan farqli ravishda davlat tomonidan kafolatlanadi. Ma’lumki, agar korxona yoki bank to‘satdan bankrot bo‘lsa, to‘plagan mablag‘larni yo‘qotish xavfi ortadi. Albatta, aholi uchun davlat obligatsiyalarni joylashtirish va tushuntirish bilan birga, potensial investorlar bilan ishlash ham zarur.





  1. Download 1.92 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling