Институте ташкентский финансовый
-rasm. Sug‘urta kompaniyalarining investitsiya faoliyati asoslari5
Download 1.92 Mb.
|
автореферат Носирова Г А 21 02 2023 Lotin 4 Pechatli
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm. Sug‘urta kompaniyalarining investitsiya faoliyatining asosiy omillari 6
- 3-rasm. Sug‘urta kompaniyalari investitsiyalari hajmining o‘sish dinamikasi 7
1-rasm. Sug‘urta kompaniyalarining investitsiya faoliyati asoslari5Sug‘urtalovchi investitsiya faoliyatining asosiy maqsadi moliyaviy mablag‘larni qaytarish, investitsiya daromadlarini olish hisoblanadi. Investitsiya faoliyati foydali bo‘lsa, bu mablag‘lar sug‘urta operatsiyalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Investitsiya siyosatining muvaffaqiyati to‘lovlarda moliyaviy barqarorlikni va o‘z majburiyatlarini bajarishni kafolatlaydi. Shubhasiz, har qanday sohada bo‘lganidek, moliyaviy faoliyatga ham ta’sir qiladigan ma’lum omillar mavjud. Sug‘urta kompaniyalarining investitsiya faoliyatida ham tashqi va ichki kabi omillar mavjud (2-rasm). 5Muallif ishlanmasi. Tashqi - boshqarilmaydigan Ichki - boshqariladigan Davlatning iqtisodiyotidagi o‘rni Sug‘urtalovchining o‘lchami va ixtisoslashishi Investitsiya faoliyati bo‘yicha davlat nazorati Fond bozoridagi holati Aktivlarni baholash xizmatlarini ko‘rsatadigan reyting agentliklarining rivojlanish darajasi Sug‘urta portfeli muvozanati Sug‘urta zaxiralarining holati Investitsion boshqarishning samaradorligi Investitsion operatsiyalardagi ma’lumotlarning shaffofligi Investitsiya loyihalari uchun sarflar 2-rasm. Sug‘urta kompaniyalarining investitsiya faoliyatining asosiy omillari6«Mexanizm» atamasi olimlar tomonidan iqtisodiyotdagi jarayonlarni tavsiflashda keng qo‘llaniladi. Moliyaviy mexanizmning umumiy tushunchalarini ikkita katta guruhlarga ajratamiz. Moliyaviy mexanizmlarning birinchi guruhi makrodarajaga ko‘proq mos keladi, ya’ni davlat, viloyatlar, hududlar darajasida bo‘ladi. Moliyaviy mexanizmlarning ikkinchi guruhi mikrodarajada qaraladi, ya’ni xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, korxonalar darajasida bo‘ladi.Sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy mexanizmlari uning har bir elementining miqdoriy parametrlarini o‘rnatish, ya’ni sug‘urta mukofotlari, sug‘urta summalari, tarif stavkalari, xarajatlar darajasi va boshqalarni aniqlash yo‘li bilan harakatga keltiriladi. Sug‘urta kompaniyasining naqd pul aylanmasi ikkita nisbatan mustaqil pul oqimlarini o‘z ichiga oladi: sug‘urta himoyasini ta’minlaydigan mablag‘lar aylanmasi; sug‘urta ishini tashkil etish bilan bog‘liq mablag‘lar aylanmasi. Kirish oqimlari asosan ,sug‘urta to‘lovlarini, komissiyalarni o‘z ichiga oladi, sug‘urta va qayta sug‘urtalash faoliyatidan tushadi. Chiqish oqimlari sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish, qayta sug‘urtalash to‘lovlari, moliyalashtirish to‘lovlari, investitsiyalarga sarf bo‘ladi. Kompaniyaning pul oqimlarini xususiy va jalb qilingan kapital ko‘rinishida ifodalash mumkin. Xususiy kapitalga quyidagilar kiradi: 6Muallif ishlanmasi. ustav fondi; taqsimlanmagan foyda; zaxira fondi; maqsadli tushumlar; qo‘shimcha kapital jamg‘arish fondi; ijtimoiy sohadagi fondlar. Jalb qilngan kapitalga sug‘urta zaxiralar-texnik resurslar, hayotni sug‘urtalash zaxiralari, profilaktika choralari zaxiralari, kreditorlik qarzlari, olingan kreditlar kiradi. Investitsiya daromadi - sug‘urta kompaniyalarining investitsiya faoliyati bir tomonlama xarakterga ega. Bu sug‘urtaga bog‘liq emas, u sug‘urtalovchilarning sug‘urta to‘lovlarini sug‘urtalovchining ixtiyorida qolgan, belgilangan qoidalarga muvofiq investitsiyalanadigan sug‘urta mukofotlari sifatida aniqlash mumkin. Sug‘urta kompaniyalarining xarajatlari sug‘urta to‘lovlari, zaxira fondlari, oddiy chora-tadbirlar fondi, turli ishlar, boshqaruv xarajatlari va sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha boshqa xarajatlarga guruhlanadi. Sug‘urta kompaniyalarining investitsiya faoliyatini me’yoriy-huquqiy tartibga solish deganda, birinchi navbatda, sug‘urtalovchining investitsiya jarayonlariga davlat ta’sirining yo‘nalishlari va usullari tizimi tushuniladi. Me’yoriy-huquqiy me’yorlar sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligi va to‘lov qobiliyatini ta’minlash, bo‘sh pul mablag‘larini samarali shakllantirish va ulardan foydalanish, kompaniyalarning samarali infratuzilmasi uchun axborot sharoitlarini yaratishga yordam berishi kerak. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonunida investitsiya faoliyati va bu faoliyatni amalga oshirish tartibi ko‘zda tutilgan. Bu Qonunning 6-moddasida investitsiyalarni amalga oshirish usullari quyidagicha aniqlangan: yuridik shaxslarni tashkil etish yoki ularning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) ulushli tarzda, shu jumladan, mol-mulk va aksiyalar (ulushlar) sotib olish yo‘li bilan ishtirok etish; konsessiyalarni olish, shu jumladan, tabiiy resurslarni qidirish, o‘zlashtirish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga doir konsessiyalarni olish, shuningdek, mahsulot taqsimotiga oid bitimlarda ishtirok etish; mulk huquqini, shu jumladan, intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan mulk huquqini, mualliflik huquqlarini, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xau, ishchanlik obro‘sini (gudvillni), shuningdek, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi ob’ektlariga bo‘lgan mulk huquqini ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda olish; yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni, boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini olish. Yuqoridagilarga tayangan holda ta’kidlash mumkinki, iqtisodiy o‘sish birinchidan, investitsiya miqdoriga, ikkinchidan uning samaradorligiga bog‘liqdir. Shunday ekan investorlar investitsiya faoliyatini oqilona olib borishlari, yangi- yangi investitsiya manbalarini ishlab chiqishlari orqali investitsiya mablag‘larini ko‘paytirish talab qilinadi. Har qanday davlatning moliyaviy siyosati investitsiyalar uchun qulay muhit yaratish, sug‘urta qildiruvchilar va sug‘urtalovchilar uchun fiskal imtiyozlarni yaratish, ish haqini oshirish orqali faol aholini rag‘batlantirish zarurati bilan bog‘liq bo‘lishi kerak. Dissertatsiya ishining ikkinchi bobi “O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta kompaniyalari investitsiya faoliyatining moliyaviy holati tahlil qilish” deb nomlangan va unda O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta kompaniyalari investitsiya faoliyatining hozirgi holati ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari bo‘yicha sug‘urta kompaniyalari soni 14 foizga oshgan, buning natijasida ularning bozordagi soni 42 ta kompaniyalarga yetgan. Ulardan 8 tasi hayotni sug‘urtalash, qolgan 34 tasi umumiy sug‘urta sohasida faoliyat yuritadi. Kompaniyalarning umumiy ustav kapitali o‘tgan yilga nisbatan 106,5 mlrd. so‘mga oshdi va 1,5 trillion so‘mdan ortiqni tashkil etdi. 2021-yilda O‘zbekiston sug‘urta bozori o‘tgan yilning mos ko‘rsatkichlariga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlarini ko‘rsatmoqda. Shunday qilib, umumiy sug‘urta bozorida sug‘urta mukofotlari hajmi 3,73 trillion so‘mni tashkil etdi va 68,6 foizga o‘sdi. Bunday o‘sish hayotni sug‘urtalashda ham kuzatildi va 717,03 mlrd.so‘mni tashkil etdi, bu foizlar nisbatida 114,4 foizga o‘sdi. Bunda qaralayotgan davrda ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha to‘lovlar 74,35 foizga o‘sdi va mahalliy sug‘urta kompaniyalarining barcha yakuniy mukofotlarining 3,23 trillion so‘mini yoki 86,54 foizini tashkil etdi. 2017-yildan 2021-yilgacha investitsiya faolligi 290 foizga oshdi. Bunda depozitlar 5,1 barobar, ko‘chmas mulk 7,3 barobar, kreditlar 6,7 barobar oshdi. 2021-yil yakunlari bo‘yicha sug‘urta kompaniyalarining bozordagi investitsiya portfeli hajmi sezilarli oshishi kuzatilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qaralayotgan davrdagi ma’lumotlari bo‘yicha kompaniyalar investitsiya portfelining joriy hajmi 10 foizga o‘sdi va 3 746,70 milliard so‘mni tashkil qildi (3-rasm). 3-rasm. Sug‘urta kompaniyalari investitsiyalari hajmining o‘sish dinamikasi7,Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling