Институте ташкентский финансовый


Download 1.92 Mb.
bet16/28
Sana15.03.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1272389
TuriАвтореферат
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
Bog'liq
автореферат Носирова Г А 21 02 2023 Lotin 4 Pechatli

Tadqiqotning obyekti sifatida sug‘urta kompaniyalarning investitsiya faoliyati tanlangan.
Tadqiqotning predmeti sug‘urta kompaniyalarining investitsiya faoliyatini amalga oshirish jarayondagi moliyaviy munosabatlar majmui.
Tadqiqotning usullari. Dissertatsiya ishida guruhlash, qiyosiy va iqtisodiy tahlil, iqtisodiy-statistik usullar, qiyosiy taqqoslash, iqtisodiy-matematik algoritmlashtirish va prognozlashtirish usullaridan keng foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sug‘urta kompaniyalari investitsiya portfelini shakllantirish bosqichlarini o‘zida mujassam etgan, investitsiya faoliyatining mahsuldorligini yanada oshiruvchi hamda umumiy foydani ko‘paytiruvchi algoritm taklif etilgan;
sug‘urta kompaniyalari investitsiya faoliyatini takomillashtirish maqsadida ularning bo‘sh pul mablag‘larini davlat tomonidan chiqarilgan obligatsiyalarga joylashtirish taklif etilgan;
sug‘urta kompaniyalarida investitsiya jarayonida kutilmagan zararlarni oldini olish maqsadida zaxira jamg‘armasining cheklangan miqdorini sug‘urtalovchining ustav fondining 55 foizigacha oshirish taklif etilgan;
sug‘urta kompaniyalari moliyaviy resurslarni taqsimlash jarayonida ochiq tanlov o‘tkazish lozimligi asoslangan.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
sug‘urta kompaniyalari investitsiya faoliyatinining ilmiy-nazariy asoslari tadqiq qilingan;
sug‘urta kompaniyalarning investitsiya faoliyatni takomillashtirishda investitsiya portfelining samaradorligini oshirish algoritmi taklif etilgan;
sug‘urta kompaniyalari investitsiya faoliyatini normativ-huquqiy asoslari o‘rganilgan;
xorij sug‘urta kompaniyalari investitsiya faoliyatini o‘rganish va ushbu tajribalardan mahalliy sug‘urtalovchilarga takliflar ishlab chiqilgan;
sug‘urta kompaniyalari investitsiya faoliyatini moliyaviy mexanizmlarni takomillashtirish bilan bog‘liq muammolarni o‘rganilgan.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Tadqiqot ishida foydalanilgan materiallar rasmiy manbalardan olingan, «ALSKOM» AJ sug‘urta kompaniyasining moliyaviy hisobotlari va statistik ma’lumotlariga asoslanganligi bilan belgilanadi va taklif etilgan tavsiyalar vakolatli tuzilmalar natijalariga mos keladi.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling