Институте ташкентский финансовый


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI HUZURIDAGI ILMIY DARAJALAR BERUVCHI


Download 1.92 Mb.
bet13/28
Sana15.03.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1272389
TuriАвтореферат
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28
Bog'liq
автореферат Носирова Г А 21 02 2023 Lotin 4 Pechatli

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI HUZURIDAGI ILMIY DARAJALAR BERUVCHI


DSc.03/30.12.2019.I.17.01 RAQAMLI ILMIY KENGASH TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

NOSIROVA GULIRA’NO ABDULAZIZ QIZI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SUG‘URTA KOMPANIYALARNING INVESTITSIYA FAOLIYATNING MOLIYAVIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH




08.00.07 «Moliya, pul muomalasi va kredit»


iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasi
AVTOREFERATI


1
23
Toshkent shahri – 2023 yil


KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)


Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahonda sug‘urtaning makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rnini yanada oshirish, sug‘urta mukofotlaridan samarali foydalanish orqali sug‘urta to‘lovlari uzluksizligini ta’minlashga e’tibor qaratilmoqda. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OECD, 2021) hisobotiga ko‘ra «sug‘urta kompaniyalari tomonidan amalga oshirilgan investitsiyalar Amerika Qo‘shma Shtatlarida 7,06 trl. AQSh dollari, Fransiyada 3,71 trl. AQSh dollari, Buyuk Britaniyada 3,01 trl. AQSh dollari, Germaniyada 2,44 trl. AQSh dollari miqdorini tashkil etdi»1. Sug‘urta kompaniyalarinig investitsiya faoliyatini yanada diversifikatsiyalash, institutsional investor sifatida faoliyat ko‘lami samaradorligini oshirishni taqozo etmoqda.
Jahonda sug‘urta kompaniyalarining investitsiya faoliyati diversifikatsiyalanib, davlat va korporativ obligatsiyalarni sotib olishga sug‘urta mukofotlarini yo‘naltirish, investitsiya faoliyatini natijadorligi va samaradorligiga qaratilgan ilmiy izlanishlarga e’tibor qaratilmoqda. Sug‘urtalovchilarning asosiy vositalarni jalb qilishi va ularni kelgusida investitsiya maqsadlarida yo‘naltirish sug‘urta sektorini ichki iqtisodiyotni rivojlantirishning moliyaviy manbaiga aylantirishi, milliy sug‘urta bozorining ijobiy imijini shakllantirish va yuqori darajada ushlab turish hamda investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, sug‘urta kompaniyalarining investitsiya faoliyatini takomillashtirish masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
O‘zbekistonda sug‘urta kompaniyalarining kapitallashuv darajasini, to‘lov qobiliyati va moliyaviy barqarorligini oshirish, ularning aktivlari sifatini yaxshilash, shuningdek, sug‘urtalovchilarning investitsiya faoliyatini rivojlantirishga e’tibor qaratilmoqda. Respublikada «yangi innovatsion sug‘urta mahsulotlarini joriy etish va talab yuqori bo‘lgan an’anaviy mahsulotlarni rivojlantirish orqali ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari hajmlarini, turlarini kengaytirish va sifatini oshirish»2 vazifasi belgilangan. Mazkur vazifasi ijrosini ta’minlashda sug‘urta bozori salohiyatidan to‘liq foydalanish, sug‘urta xizmatlarining yanada rivojlantirish, sug‘urta kompaniyalarining investitsiya faoliyatining moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish dolzarb masalalardan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son
«2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi, 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonlari, 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-son «O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-son «O‘zbekiston

1https://www.oecd-ilibrary.org/finance-and-investment/data/oecd-insurance-statistics/outstanding-investment-by-


direct-insurance-companies_data-00326-en
2O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-son «O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021, 07/21/73/1227-son).
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori hamda sohaga oid boshqa me’yoriy- huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan vazifalarni bajarishga mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling