Институте ташкентский финансовый
Download 1.92 Mb.
|
автореферат Носирова Г А 21 02 2023 Lotin 4 Pechatli
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar sug‘urta kompaniyalarining investitsiya faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ilmiy qarashlarni boyitishi bilan belgilanadi. Nazariy umumlashtirishlar va uslubiy qoidalardan sug‘urta kompaniyalari investitsiya faoliyatining moliyaviy mexanizmlarini o‘rganishda, shuningdek, oliy o‘quv yurtlarida sug‘urta investitsiyalari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda uslubiy yondashuvlarni yanada takomillashtirish uchun foydalanish
mumkin. Tadqiqotning amaliy ahamiyati sug‘urtalovchining investitsiya faoliyatidan joriy tahlil uchun foydalanish imkoniyati va umuman sug‘urta investitsiyalarini rivojlantirish istiqbollarini aniqlashda foydalanish mumkinligi bilan belgilanadi. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Sug‘urtalovchining investitsiya faoliyatining moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga asosida: sug‘urta kompaniyalari investitsiya portfelini shakllantirish bosqichlarini o‘zida mujassam etgan, investitsiya faoliyatining mahsuldorligini yanada oshiruvchi hamda umumiy foydani ko‘paytiruvchi algoritmi taklifi «ALSKOM» AJ tomonidan investitsiya faoliyatiga joriy etilgan («ALSKOM» AJ sug‘urta kompaniyasining 2022-yil 18-fevraldagi 04-315-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, sug‘urta kompaniyasining investitsiyalar hajmi 93,7 mlrd. so‘mni tashkil qilib, o‘tgan davrga nisbatan 12 foizga oshirish imkonini bergan; sug‘urta kompaniyalari investitsiya faoliyatini takomillashtirish maqsadida ularning bo‘sh pul mablag‘larini davlat tomonidan chiqarilgan obligatsiyalarga joylashtirish taklifi «ALSKOM» AJ tomonidan investitsiya faoliyatni tashkil etishda foydalangan («ALSKOM» AJ sug‘urta kompaniyasining 2022-yil 18-fevraldagi 04-315-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, bo‘sh pul mablag‘larini moliyaviy investitsiyalarga yo‘naltirish hajmi 8,3 milliard so‘mni tashkil etib, moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarni 1,2 foizga oshirish imkonini bergan; sug‘urta kompaniyalarida investitsiya jarayonida kutilmagan zararlarni oldini olish maqsadida zaxira jamg‘armasining cheklangan miqdorini sug‘urtalovchining ustav fondining 55 foizigacha oshirish taklif «ALSKOM» AJ sug‘urta kompaniyasi tomonidan hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan («ALSKOM» AJ sug‘urta kompaniyasining 2022-yil 18-fevraldagi 04-315-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompaniya moliyaviy barqarorligini mustahkamlash imkoniyati yaratilgan; sug‘urta kompaniyalari moliyaviy resurslarni taqsimlash jarayonida ochiq tanlov o‘tkazish taklifi «ALSKOM» AJ sug‘urta kompaniyasi investitsiya faoliyatni tashkil etishda foydalanilgan («ALSKOM» AJ sug‘urta kompaniyasining 2022-yil 18-fevraldagi 04-315-son ma’lumotnomasi). Natijada, investitsiya faoliyatini samarali boshqarish imkon bergan sug‘urta mukofotlarini 44,1 mlrd.sumga o‘sishiga erishilgan. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling