Институте ташкентский финансовый


Download 1.92 Mb.
bet20/28
Sana15.03.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1272389
TuriАвтореферат
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28
Bog'liq
автореферат Носирова Г А 21 02 2023 Lotin 4 Pechatli

(mlrd. so‘mda)

7Muallif ishlanmasi (Moliya vazirligi ma’lumotlar asosida).


Sug‘urtalovchining investitsiyalari o‘sishi, kompanining o‘z mablag‘lari, shuningdek, tushumlar hajmi va mos ravishda sug‘urta zaxiralari hajmining oshishiga bog‘liq. Ma’lumki, kompaniyalar investitsiya faoliyatini sug‘urtalovchilarning sug‘urta zaxiralari to‘g‘risidagi nizomga (2008-yil 15-dekabrdagi 1882-son bilan ro‘yxatga olingan) muvofiq amalga oshiradi, bu nizomda kompaniya aktivlarini diversifikatsiyalash, qaytarilishlik, daromadlilik va qadrlilik tamoyillari asosida joylashtirish nazarda tutilgan.
Shu munosabat bilan kompaniyalar investitsiyalari tarkibi dinamikasini tahlili shuni ko‘rsatadiki, sug‘urta kompaniyalari hali ham depozitlar va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha ishonchliroq investitsiya obyektlari hisoblanadi.
2021-yil uchun investitsiyalar o‘sishining sezilarli qismi depozitlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Sug‘urtalovchilar investitsiyalari tuzilmasida korxonalarning depozitlarga qo‘ygan sarmoyalari hajmi 59 foizni tashkil etadi (4-rasm).
«ALSKOM» AJ sug‘urta kompaniyasi moliyaviy holatini ob’ektiv baholash uchun sug‘urta mukofotlari, ustav kapital, investitsiyalar, depozitlar bo‘yicha foizlar kabi moliyaviy ko‘rsatkichlarni tadqiq qilish zarur.

4-rasm. Sug‘urta kompaniyalarining 2021-yilga mo‘ljallangan investitsiya tuzilmasi8, (mlrd. so‘mda)


So‘nggi besh yil ichida qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilingan mablag‘lar hajmi deyarli o‘zgarmadi. Buning asosiy sababi mamlakat fond bozorining nisbatan past darajada rivojlanganligi, moliyaviy vositalarning cheklanganligi, barqaror rivojlanayotgan kompaniyalarda davlat ulushining yuqoriligi, shuningdek, sug‘urta kompaniyalari va banklar o‘rtasidagi norasmiy o‘zaro kelishuvlardir.


O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida aniqlandiki, 2020-yil davomida
«ALSKOM» AJ sug‘urta kompaniyasi tomonidan sug‘urtachilardan to‘plangan sug‘urta mukofotlari 10 foizga kamaygan va 44,1 mlrd.so‘mni tashkil etgan. Shubhasiz, yig‘imlarining kamayishiga 2020-yilgi pandemiya sug‘urta mukofotlari ta’sir ko‘rsatdi (5-rasm).

8Muallif ishlanmasi (Moliя vazirligi ma’lumotlar asosida).




Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling