Институте ташкентский финансовый


Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi


Download 1.92 Mb.
bet18/28
Sana15.03.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1272389
TuriАвтореферат
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28
Bog'liq
автореферат Носирова Г А 21 02 2023 Lotin 4 Pechatli

Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Bu tadqiqot natijalari 3 ta xalqaro va 2 ta respublika miqyosida o‘tkazilgan – jami 5 ta ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan o‘tkazilgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 12 ta ish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan doktorlik dissertatsiyalarining asosiy ilmiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan mahalliy jurnallarda 3 ta, xorijiy jurnallarda 2 ta ilmiy maqola nashr etilgan.
Dissertatsiyaning tuzilmasi va hajmi. Dissertatsiya tarkibi kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, tadqiqot hajmi 118 sahifani tashkil etgan.

DISSERTASIYANING ASOSIY MAZMUNI


Kirish qismida tadqiqot mavzusining dolzarbligi va zarurligi keltirilgan, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, tadqiqotning nazariy asoslari shakllantirilgan, ishning ilmiy yangiligi, amaliy va nazariy ahamiyati, shuningdek, ish natijalarining aprobatsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bayon etilgan.
Dissertatsiya ishining «Sug‘urta kompaniyalari investitsiya faoliyatining nazariy asoslari» deb nomlangan birinchi bobida sug‘urtalovchining investitsiya faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari va mohiyati ochib berilgan. Sug‘urta kompaniyalarining investitsiya faoliyati sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirishdan olingan daromadlardan tashqari, sug‘urtalovchiga qo‘shimcha daromad turlari manbai hisoblanadi. Sug‘urta kompaniyalarining investitsiyalari ichki moliyaviy resurslarning muhim tashkil etuvchisi hisoblanadi va o‘z mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishida muhim rolni o‘ynaydi. Investitsiya faoliyat makrodarajada muhim hisoblanadi, chunki u milliy iqtisodiyotda zarur, mikrodarajada esa har bir sug‘urta kompaniyasining moliyaviy barqarorligi, raqobatbardoshligi va to‘lov qobiliyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Sug‘urta kompaniyalarining samarali investitsiya faoliyati uchun asos mavjud (1-rasm).






Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling