Instituti ish yuritish asoslari o’quv qo’llanma
Kelib tushuvchi hujjatlar bilan ishlash texnologiyasi
Download 127.25 Kb.
|
Instituti ish yuritish asoslari o’quv qo’llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muhokama uchun savollar
- TAVSIYANOMA
Kelib tushuvchi hujjatlar bilan ishlash texnologiyasi.
Muhokama uchun savollar:Ish yuritishni tashkil etish? Ish yuritish strukturasi? Boshqarish faoliyati uchun hujjatlar almashuvining ahamiyati? Hujjatlar aylanishining bosqichlari? Korrespondentsiyalarni qabul qilishga nimalar kiradi? Rezolyutsiya nima? Tashkilot xizmat xatlari mazmuni va turlari tushuntirilsin. Tashkilot xizmat xatlarini tuzish tartibi keltirilsin. Tashkilot xizmat xatlarining zaruriy qismlariga nimalar taalluqli? Xizmat xatlarining mantiqiy jihatdan qismlari ifodalansin. Da’vo, ilova va iltimos xatlar tuzish tartibi bo’yicha farqi nimada? Kafolat, so’rov va tasdiq xatlarini rasmiylashtirish tartibi qanday? TAVSIYANOMAToshkent Moliya instituti Kredit-iqtisod fakultetining 4-kurs talabasi, 1980 yilda tug’ilgan, o’zbek Shavkat Mirzaevga T A V S I YA N O M A Shavkat Mirzaev Toshkentdagi 16- maktabni tagatgach, 1997 yilda Kredit-iqtisod fakultetining 1- kursiga o’qishga kirdi. Institutda tahsil olish davrida u intizomi, ziyrak va zukko talaba sifatida o’zini ko’rsatdi. O’quv mashg’ulotlariga jiddiy yondashdi va ularni qunt bilan o’rganishga harakat qiladi. Sh.Mirzaev “Menejment” fanlariga alohida qiziqish bilan qaraydi. U 1999 yilning sentyabr oyida talabalarning «O’zbekiston Respublikasining avtomobil-yo’llar kompleksini bozor iqtisodiyoti sharoitida rivojlanishi» Respublika Ilmiy-Texnikaviy konferentsiyasida ma’ruza bilan qatnashdi. Uning ilmiy ma’ruzasi institutning Faxriy yorlig’i bilan taqdirlandi. Sh.Mirzaev fakultetning jamoat ishlarida ham faol qatnashdi. U fakultetning «Menejment» devoriy gazetasiga muxarrirlik qiladi. U kamtarin va to’g’ri so’z, do’stlariga nisbatan doim g’amxo’r, mehribon bo’lganligi uchun ham hamkurslari unga hurmat va ehtirom bilan qaraydi. Tavsiyanoma Respublika «Umid» jamg’armasiga taqdim qilish uchun berildi. Dekan (Imzo) F.Bozorov Umid jamg’armasi Uyushmasi kotibi (Imzo) I.P.Po’latov Yoshlar uyushmasi raisi (Imzo) A.R.Fayziev E’lon Toshkent Moliya instituti bo’shab qolgan «Menejment va huquq» kafedrasining mudiri lavozimiga konkurs e’lon qiladi. Konkurs muddati - 16 oktyabrgacha. Hujjatlar konkurslar haqidagi nizomga muvofiq tayyorlanib quyidagi manzilga yuborilsin: Toshkent shahri, X.Asomov-7, Toshkent Moliya instituti. E’LON Download 127.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling