O‘ZBEKISTON OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA
INSTITUTI
“
TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV” FAKULTETI
“
MOLIYA VA BANK ISHI” kafedrasi
“
MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR” talim yo’nalishi
“
MOLIYAVIY HISOBOT ” fanidan
RESPUBLIKASI
K U R S I SH I
MAVZU: KORXONALARDA MOLIYAVIY RESURSLARNI BOSHQARISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH .
Tayyorladi: 3-kurs 6mm-20-guruh
talabasi Xujamuratov Burgutali
DENOV – 2023
Reja :
Kirish
Asosiy qisim
Korxonalarda moliyaviy barqarorlik monitoringini tashkitish.
Korxonalarda innovatsion faoliyati va innovatsiya.
Korxonalarda innovatsion faoliyatini tashkil qilish va usullari.
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mavzuning dolzarbligi : O‘zbekistonni texnologik rivojlantirish va ichki bozorni modernizatsiyalash g‘oyalarining maqsad hamda vazifalari to‘liq ifodasini topadigan milliy g‘oya va milliy dastur yaratilishi mavjud muammolarni bartaraf etish, iqtisodiyotimiz
raqobatdoshligini oshirish, mamlakatimizni jahondagi taraqqiy topgan davlatlar qatoriga tezroq olib chiqishga xizmat qiladi.
Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiyotimizda yig‘ilib qolgan bunday muammolarni bartaraf etish uchun bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar qatorida, O‘zbekistonni texnologik rivojlantirish va ichki bozorni modernizatsiya qilish bo‘yicha kuchli milliy g‘oya, milliy dastur kerakligini alohida ta’kidladilar. Bunday dasturning yaratilishi mamlakatimizda ilm-fan hamda texnologiyaning rivojlanishi va iqtisodiyotimizni modernizatsiyalashga ulkan hissa qo‘shadi. Shuni alohida ta’kidlash joizk, xizmat ko’rsatish sohasi sub’ektlarining shakllanishi va taraqqiy etishida hamda xizmat ko’rsatish korxonalari moliyasining yuqori samaradorlik bilan ishlashini ta’minlashda ayrim
muammolarga ham duch kelinmoqda. Ushbu
muammolarni bartaraf qilish,
uning nafaqat amaliy, balki bir qator nazariy masalalarini
ham hal etish lozimligi
mazkur soha faoliyati samaradorligini hamda moliyaviy potensialini oshirish
evaziga mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini
barqaror rivojlanishiga
olib borilishini taqozo qilmoqda. Bularning barchasi mazkur tadqiqot
mavzusining dolzarbligini belgilaydi.