Institutlarning rivojlanish evolyutsiyasi


Individ bilimlarning u mazkur institutsional sharoitlarda kutayotgan foydalilikning oshishiga olib keluvchi turini va yo‟nalishini egallashdan manfaatdor


Download 0.91 Mb.
bet2/3
Sana11.10.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1697860
1   2   3
Bog'liq
Masharipova 2

3. Individ bilimlarning u mazkur institutsional sharoitlarda kutayotgan foydalilikning oshishiga olib keluvchi turini va yo‟nalishini egallashdan manfaatdor.


4. Institutlar o‟zgarishlarining katta qismi asta-sekin yuz beradi va «rivojlanishning avvalgi harakat yo‟nalishi samarasi» ta‟siriga duchor bo‟ladi. Ushbu samara yuzaga kelishining asosiy sabablari – mavjud institutlarning yaqin o‟zaro hamkorligini nazarda tutuvchi tashqi ta‟sirlarning mavjudligi, institutlarning o‟zaro bog‟liqligi, ko‟lamning ijobiy ta‟siri deb hisoblash mumkin.

2. Institutlar rivojlanishining avvalgi harakat yo’nalishiga  bog’liqligi.


Evolyutsion tarzda yuzaga kelgan institutlar kam xarajatlar bilan bitimlar tuzilishini ta‟minlashda hamisha ham samarali bo‟lavermaydi. Evolyutsion variantni belgilashdagi muhim jihat qonunda yozilgan huquqda urf-odatlar va an‟analar darajasida yuzaga kelgan tenden- tsiyalarni qayta tiklashdan iborat.
-
    • Lekin kecha yuzaga kelgan tenden- tsiyalar bugun bitimlarni amalga oshirishda o‟rinli bo‟lishiga hech qanday kafolat mavjud emas. Bu yerda institutlarga Veblen tomonidan berilgan ta‟rifni yodga olish o‟rinli: institutlar – «bu o‟zining mavjud bo‟lishini noma‟lum uzoq muddatga cho‟zuvchi insonlarning odatiy turmush tarzi».

-
    • ». Evolyutsiyaning qayd etilgan inertsion xususiyati rivojlanishning avvalgi harakat yo‟nalishiga bog‟liqlik yoki rivojlanishning tarixiy belgilanganligi samarasi (path-dependency) nomini olgan. Bunday bog‟liqlik haqida “kechagi institutsional doiralar ahamiyatini yo‟qotmasdan qolib, bugun va kelgusida tanlash variantlarini chegaralagan” hollarda so‟z yuritiladi. Qisqacha aytganda, tarix muhim ahamiyatga ega.

-
    • Institutlarning tabiiy evolyutsiya natijalarining turli ahamiyatga egaligiga ishonch hosil qilish imkonini beruvchi misollar ko‟p.

-
    • Bir tomondan, an‟analarni yoki kenroq ma‟noda o‟tgan holatni formallashtirish tamoyili umumiy huquqning asosida yotadi. Aynan Angliya va unga qaram bo‟lgan mamlakatlar (yagona bitim hisobida) 
    • eng kam transaktsiya xarajatlari bilan iqtisodiy o‟zaro hamkorlik qilishni ta‟minlashda eng samarali huquqiy tizimni yaratgan.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling