Institutsional iqtisodiyot
Institutsional iqtisodiyotning rivojlanish xususiyatlari
Download 308.48 Kb. Pdf ko'rish
|
1- мавзу ИИ (1)
6. Institutsional iqtisodiyotning rivojlanish xususiyatlari
Institutsional iqtisodiyot rivojlanishidagi keyingi davr neoinstiutsional hamda yangi institutsional bosqichlardan iborat. Bosqichlarning nomlanishidagi o’xshashlilikka qaramay, institutlar tahlilida printsipial jihatdan turli kontseptsiyalar mavjud. Birinchi nomlanish neoklassikaning qat’iy negizini o’zgarishsiz qoldiradi. Institutlar tahliliga yangi unsurni kiritish neoklassika nazariyasining «himoya qobig’i» to’g’risidagi fikrlarga tuzatishlar kiritish hisobidan yuz beradi. Aynan shuning uchun neoinstitutsional iqtisodiyot «iqtisodiy imperializm»*ga misol sifatida keltiriladi: an’anaviy mikroiqtisodiy quroldan voz kechmagan holda «imperialistlar» ilgari neoklassik nazariyaga begana bo’lgan omillar – mafkura, xatti-harakat normalari, qonunlar, oila va hokazolarni tushuntirishga intilishadi. Ikkinchi nomlanish, aksincha, institutlarning * Иқтисодий империализм – неоклассик ёндаshув асосида жамиyaт тўғрисидаги фанларнинг тарқоқ оиласини умумлаshтириsh. neoklassikaning ilgarigi qoidalari bilan bog’liq bo’lmagan yangi nazariyasini yaratishga urinishni aks ettiradi. Ronald Kouz «Firma tabiati» (1937), «Ijtimoiy xarajatlar muammosi» (1960) kabi maqolalarida birinchi bor neoinstitutsionalizmning tadqiqot dasturini shakllantirgan edi. Ushbu dasturda neoklassik nazariyaning “himoya qobig’i”ga quyidagi o’zgartirishlar kiritilgan. Birinchidan, xususiy mulk bilan bir qatorda mulkchilikning jamoaviy, davlat, aktsiyadorlik shakllari tahlil qilinadi va ularning bozorda bitimlarni ta’minlashdagi nisbiy samaradorligi taqqoslanadi. Ya’ni, mulkchilik shakllari va shartnoma shakllarining keng doirasi ko’rib chiqilib, ular asosida almashuv amalga oshiriladi Mulkchilik huquqlari nazariyasi (R.Kouz, R.Pozner, S.Peyovich) va optimal shartnoma nazariyasi (J.Stiglits, Y.Maknil)ning tadqiqot dasturi ana shunday. Bu yerda mulkchilik huquqlarining o’rnatilishi va samarali himoyalanishi uchun mas’ul bo’lgan davlat nazariyasi, ijtimoiy tanlov nazariyasi (J.Bьyukenen, G.Tallok), shuningdek, ijtimoiy tanlov nazariyasidan hosil bo’lgan konstitutsiyaviy iqtisodiyot (V.Vanberg) ajralib turadi. Ayniqsa, konstitutsiyaviy iqtisodiyotning vazifasi neoklassika, «eski» institutsionalizmning tarkibiy qismi hisoblangan «tartib nazariyasi» hamda “ijtimoiy tanlov” unsurlarini uyg’unlashtirishdan iborat. Ikkinchidan, neoklassik modelga axborot xarajatlari, ya’ni bitim to’g’risidagi va bozordagi vaziyat to’g’risidagi axborotni qidirish va olish bilan bog’liq xarajatlar tushunchasi kiritiladi. Axborot nazariyasi (J.Stigler) neoinstitutsionalizm rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. Uchinchidan, ishlab chiqarish xarajatlari bilan bir qatorda transaktsiya xarajatlari mavjudligi neoinstitutsionalistlar tomonidan ta’kidlandi. Transaktsiya xarajatlari nazariyasi (R.Kouz, O.Uilьyamson) uchun markaziy bo’lgan ushbu atama zamirida bitimlarni amalga oshirishda yuzaga keladigan barcha xarajatlar tushuniladi. Transaktsiya xarajatlari nazariyasi va mulkchilik huquqlari nazariyasini qo’llash natijasida Yangi iqtisodiy tarix (D.Nort), deb nomlangan tarixiy tahlil paydo bo’ldi. Institutsional iqtisodiyot rivojlanishidagi ikkinchi bosqich o’yinlar nazariyasi (J. fon Neyman, O.Morgenshtern, J.Nesh)ning neoklassikadagi umumiy muvozanat modeliga nisbatan bildirgan tanqidiy xulosasi bilan boshlandi. Aynan o’yinlar nazariyasi yangi institutsional iqtisodiyot modellarining tilini shakllantirdi. O’yinlar nazariyasi quyidagi taxminlarga asoslanadi: a) bir necha muvozanat nuqtalari mavjud bo’lishi mumkin; b) muvozanat nuqtalari Pareto bo’yicha optimum nuqtalariga mos kelishi shart emas; v) muvozanat umuman mavjud bo’lmasligi mumkin. Xulosa XIX asr oxiri va XX asrning boshlarida bozor iqtisodiyoti munosabatlarining jadal rivojlanishi barobarida iqtisodiy tadqiqotlar ko’lami yanada kengaydi va chuqurlashdi. Bu bilan hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarining yirik yo’nalishlari shakllandi. Ular uch yo’nalishdan iborat: neoklassika, institutsionalizm va keynschilik. Klassik nazariyaning marjinal yondashuv bilan kengayishi neoklassik nazariya sifatida namoyon bo’ldi. Institutsionalizmning tadqiqot markazida institutlar – insonlar tomonidan barpo etiladigan va o’zaro hamkorlikni tarkiblovchi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy me’yorlar va qoidalar turadi. Institutsional nazariya qoidalari neoklassik yondashuvga nisbatan yangi nazariya bo’lib, u bozor munosabatlari tahlilining yangi sohasidir. Individlar va institutlarning o’zaro bog’liqligini tahlil qilishda metodologik individualizm va xolizm metodologiyasidan foydalaniladi. Ular institutlar yoki individlarning birlamchiligi nuqtai nazaridan bir-biridan farq qiladi. Institutsional iqtisodiyot rivojlanishida o’zaro o’xshash nomdagi neoinstiutsional hamda yangi institutsional bosqichlardan iborat. Birinchi bosqichda mulkchilik huquqlari (R.Kouz, R.Pozner, S.Peyovich), optimal shartnoma, konstitutsiyaviy iqtisodiyot (V.Vanberg), ijtimoiy tanlov (J.Bьyukenen, G.Tallok), transaktsiya xarajatlari (R.Kouz, O.Uilьyamson), axborot (J.Stigler) nazariyalari, ikkinchi bosqichga o’yinlar nazariyasi (J. fon Neyman, O.Morgenshtern, J.Nesh), G.Saymonning to’liqsiz ratsionallik nazariyasi kiritilgan. D.Nort tadqiqotlarida individlarning institutsional doiralarni o’zgartirishga qodirligi ta’kidlanadi. Yangi institutsional iqtisodiyotning eng yoyiq ko’rinishdagi dasturi kelishuvlar iqtisodiyoti (L.Tevano, O.Favro, A.Orlean, R.Buaye)dir. Uni tahlil qilish markazida kelishuvlar turadi. Kelishuvlar individlar o’rtasidagi o’zaro hamkorlikning umumiy doiralari sifatida qabul qilinadi. Download 308.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling