Institutsional iqtisodiyot
Institutsional tahlilda boshlang’ich nuqta masalasi
Download 308.48 Kb. Pdf ko'rish
|
1- мавзу ИИ (1)
Institutsional tahlilda boshlang’ich nuqta masalasi
Individlar va institutlarning o’zaro bog’liqligini tahlil etishda boshlang’ich nuqtaga nisbatan ikkita tamoyil mavjud. Birinchi tamoyilda institutlar individlarning manfaatlari hamda xatti-harakatlari orqali tushuntiriladi va metodologik individualizm deb nomlanadi. Ya’ni, individ institutlarni tahlil qilishda boshlang’ich nuqta hisoblanadi. Masalan, davlatni tavsiflashda uning fuqarolarining manfaatlari va o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqiladi. Metodologik individualizm tamoyilining davomi ichki sabab natijasida vujudga kelgan evolyutsiya kontseptsiyasidir. Ushbu kontseptsiyaga ko’ra, institutlar insonlarning harakatlari natijasida paydo bo’ladi degan taxmin ilgari suriladi. Ya’ni, individlar birlamchi, institutlar esa ikkilamchi o’rin tutishi to’g’risidagi taxmin neoklassiklar qarashlarida o’z aksini topgan. Aksincha, tahlil uchun boshlang’ich nuqta sifatida individlar emas, balki institutlar belgilanishi ikkinchi tamoyilga asos bo’ladi. SHu tariqa ikkinchi tamoyilda xolizm metodologiyasidan foydalaniladi. Boshqacha aytganda, individlar institutlarning ta’rifidan kelib chiqib tavsiflanadi. Institutlar esa, o’zlari makrodarajada munosabatlar tizimini takror ishlab chiqarishda bajaradigan funktsiyalar orqali izohlanadi. Endi fuqarolar o’z hukumatini emas, balki hukumat ma’lum xildagi fuqarolarning shakllanishiga ko’maklashadi. So’ngra, ichki sabab natijasida vujudga kelgan evolyutsiya kontseptsiyasiga institutsional determinizm g’oyasi qarshi turadi va u muhim barqarorlashtiruvchi omil hisoblanadi. Institutlar – o’tmishda sodir bo’lgan «jarayonlar natijasi» bo’lib, ular o’tmish holatlariga moslashgan va shuning uchun ijtimoiy mo’rtlik, ruhiy omili hisoblanadi va barcha keyingi rivojlanish «doiralarini» belgilab beradi. SHunday qilib, xolizmda individlarning manfaatlari va xatti-harakatlari ularning o’zaro hamkorigini oldindan belgilab beruvchi institutlarning tavsifi orqali izohlanadi. Ya’ni, bunda institutlar birlamchi, individlar esa, ikkilamchi o’rin tutadi. Download 308.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling