Institutsional iqtisodiyot


Buyruqbozlik iqtisodiѐti normalari


Download 32.97 Kb.
bet3/4
Sana22.04.2023
Hajmi32.97 Kb.
#1377102
1   2   3   4
Bog'liq
INSTTITUT JORIY NAZORAT

1.3 Buyruqbozlik iqtisodiѐti normalari
Buyruqbozlik iqtisodiѐtining normal holatlari uchun zarur bo’lgan normalardan biri oddiy foyda ko’rish hisoblanadi. Bunda individ tomonidan o’z foydaliligini oshirilishi o’ziga xos ravishda namoѐn bo’ladi. Ya’ni, oddiyolish individning samarali faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan holda o’z oshirishga intilishidir.Individ iste’mol madaniyatidagi oddiy foyda ko’rish kvartira .mashina. dala hovli‖ uchligida aks etadi. Individda bunday katta orzuning yuzaga paydo bo’lishi va qulay haѐt sharoitlarini ta’minlashga intilish sobiqsho’rolar (sovetlar) jamiyati namunasida XX asrning 70-80-yillardagi o’ziga xos shaklga ega tendensiyalar bilan tavsiflanadi. Bunda iste’molning ma’lum darajasiga erishish uchun noѐb (taqchil) resurslardan foydalanish imkoniyati samarali mehnat bo’yicha emas, balki ma’lum kasb toifasidagi xodimlar (savdo sohasi, byurokratik apparat, temir yo’l va havo yo’ li transporti xodimlari, chet elga chiqish imkoniyatidagilar) o’rtasida bo’lingan edi.
Ya’ni foyda (manfaat) ko’rish normasi buyruqbozlik iqtisodiѐtida faqat oddiy shaklda – individning samarali faoliyat bilan bog’liq bo’lmagan holda foydalilikni oshirishga intilishi sifatida mavjud bo’lgan. Ikkinchidan, taqchillik sharoitidagi iste’molda foydalilikni oshirishga intilish navbatda turish zarurligi, asabbuzarliklar, ovoragarchiliklar, janjallar (nizolar) tufayli kelib chiqqan yuqori ruhiy kechinmalar bilan cheklandi. Buyruqbozlik tizimining bu tavsifi «sabr chegarasi» tushunchasi bilan ham izohlanadi. Sabr chegarasi deganda nizolar va keskinliklar jamlanishining undan keyin iqtisodiy agentlar shikoyat qila boshlaydigan va namoyish etadigan darajasi tushuniladi. Shunday qilib, buyruqbozlik iqtisodiѐtining birinchi normasi oddiy va cheklangan foyda ko’rishdan iborat.Buyruqbozlik iqtisodiѐti normalari tizimining ikkinchi unsuri to’liqsiz rasional faoliyat bilan izohlanadi. Bunda, birinchi navbatda axborotning cheklanganligi va to’liqsizligi bilan shartlangan to’liqsiz rasionallik tushuniladi. Iqtisodiy agentlar erkin shakllanmagan narx va taqchil resurslar sharoitida narxlardagi mavjud axborotni narxga taalluqli bo’lmagan – zaxiralar hajmi, navbatlarning uzunligi va hokazolar haqidagi ma’lumotlar bilan to’ldiradilar. Sof ko’rsatkichlarda axborot olish esa, hamma vaqt uni yig’ish bilan bog’liq yuqori darajadagi xarajatlarni keltirib chiqaradi. Natijada tizimda «nizo», ya’ni sotuvchi va xaridorlar fikrlarini muvofiqlashtirishda kechikishlar paydo bo’ladi.


Download 32.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling