Institutsional iqtisodiyot


Download 32.97 Kb.
bet1/4
Sana22.04.2023
Hajmi32.97 Kb.
#1377102
  1   2   3   4
Bog'liq
INSTTITUT JORIY NAZORAT


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
“IQTISODIYOT” YO’NALISHI
“INSTITUTSIONAL IQTISODIYOT”
FANIDAN
JORIY NAZORAT ISHI
MAVZU:
Mulkchilik huquqlarini iqtisodiy asoslash
Topshirdi: Toshtemirov D
Qabul qildi:
Reja:
Kirish
Asosiy qism
1.Iqtisodiyot faoliyat yuritishning normalar tizimining shakllanishi
2.Bozor bozor iqtisodiyoti normalartizimi
3.Buyruqbozik iqtisdiyoti normalari
4.Mulkchilik xuquqlarini iqtisodiy asoslash
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Institutlar va normalar iqtisodiy nazariya va xo’jalik amaliyotini institutsional o’zgarishlarning o’zaro bog’liqligida o’rganuvchi zamonaviy iqtisodiy fikrlarning ilmiy yo’nalishlaridan biridir. Ushbu tushunchalar asosida G’arb mamlakatlari iqtisodiyotining rivojlanishi, talab va taklif qonunlarining ishlashi, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning hulq-atvori, bozor va ma’muriy mexanizmlarning faoliyat yuritishi, iqtisodiy o’sish va shu kabi boshqa bir qator jarayon va hodisalarni o’rganishda keng tatbiq etib kelinmoqda.
Shuni hisobga olgan holda ushbu fanni har bir terminlarini qunt bilan keng o’rganish O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tasdiqlagan “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Xarakatlar strategiyasi”da belgilangan ustuvor vazifalarni hal etish, O’zbekiston iqtisodiyotida institutsional islohotlarni chuqurlashtirish hamda barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlashda muhim uslubiy asos hisoblanadi va mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan choralar mazmun-mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi.

1.1 Iqtisodiyot faoliyat yurtishining normalar tizimining shakllanishi
Normalar individlarning o’zaro muvofiq munosabatlari Barqarorliginin asosiy kafolati hisoblanadi. Individ tomonlarharakatlarini tushunish va o’z harakatini ular bilanmuvofiqlashtirish uchun biror-bir normani tanlash barobarida umuman tizimning barqarorligini ta’minlaydi. Individ normadan chetga chiqsa, uni normaga qaytaruvchi tartibga solish mexanizmining mavjudligi normalar tizimini shakllantiradi. Shuningdek, normalar tizimi makro va mikrodarajalar o’rtasidagi asosiy bog’lovchi bo’g’inga aylanadi. Individlarning iqtisodiy faoliyat yuritishini ta’minlovchi normalar tizimiga iqtisodiѐtning asosiy qonuni (konstitusiyasi) deyiladi. Buyruqbozlik va bozor iqtisodiѐti tizimlarida o’zaro zid normalarga amal qiladi. Masalan, bozor tizimi faqat individlar kundalik iqtisodiy faoliyatida u asoslanadigan normalardan foydalangan darajaga ko’ra barqaror va takror ishlab chiqarishga qodir bo’ladi. Shaxsiy manfaatlarini ko’zlovchi individlar o’rtasidagi bitimlardan makroiqtisodiy darajaga o’tish bozor xatti-harakatlari normalari orqali amalga oshiriladi.Buyruqbozlik iqtisodiѐtining normalar tizimi surunkali taqchillik, ya’ni resurslarning yetishmasligini o’zida namoѐn etadi. Taqchillikning ma’lum darajada barqarorlashuvi hamda iqtisodiy agentlar ushbu darajaga moslashuvi tizimda normal taqchillik holatini yuzaga keltiradi. Bunda buyruqbozlik iqtisodiѐtiga xos navbatning kattaligi resurslar va tayѐr mahsulotlarning normal zaxiralari va hokazolar tushuniladi.
Boshqacha aytganda, nafaqat Val’ras bo’yicha umumiy muvozanat iqtisodiy tizimning barqaror holati bilan cheklanadi, balki tizim hatto muvozanatsiz holatda ham barqarorlashishi mumkinligi namoѐn bo’ladi. Umuman, buyruqbozlik va bozor tizimlarida qo’llaniladigan normalarning tarkibiy tuzilishini quyidagi jadvalda ko’rish mumkin. Quyida ushbu normalarning iqtisodiѐtda namoѐn bo’lishi ko’rib chiqilgan.


Download 32.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling