Neoinstitutsional nazariyaning asosiy yo`nalishlari - Neoinstitutsional nazariyaning asosiy yo`nalishlari
- O`rganish sohalari va ob’ektlarining xilma-xilligi shunga olib keladiki, neoinstitutsional nazariya mukammal nazariy tizim sifatida emas, balki bir necha muhim g`oyalar bilan birlashgan yondashuvlar to`plami sifatida namoyon bo`ladi.
- Neoinstitutsionalizmning asosiy yo`nalishlari ichida o`z mohiyatiga ko`ra ko`p jihatdan bir-biriga yaqin bo`lgan quyidagi tadqiqotlarni ajratish mumkin [30, 37, 40, 42, 47, 52, 56]:
- - mulk huquqi nazariyasi – R.Kouz, A.Alchiyan va G.Demsets, R.Pozner, S.Peyovich va Ye.Furubotn – shartnomalar nazariyasiga asos bo`ldi;
- - transaksiya xarajatlari nazariyasi – R.Kouz, O.Uilyamson, D.Nort – iqtisodiy tashkilot nazariyasi (firma nazariyasi)ga asos bo`lib xizmat qildi – M.Aoki, A.Alchiyan va G.Demsets, S.Chung, M.Jensen va U.Mikling, O.Uilyamson, Yu.Fama;
- - ijtimoiy tanlov nazariyasi – J.Byukenen, T.Tallok, M.Olson – byurokratiya nazariyasi – K.Errou, V.Niskanen, S.Parkinson; jinoyat va jazolar iqtisodiy nazariyasi – G.Bekker, M.Fridmen, J.Stigler, M.Olson va b.; korrupsiya iqtisodiy nazariyasi – E.Kryuger, J.Stigler va b.; xufyona va norasmiy iqtisodiyot neoinstitutsional konsepsiyasining davomi bo`ldi – E. de Soto, E.Fayg, K.Xart, T.Shanin, F.Shnayder;
- Institutsional iqtisodiyotning rivojlanish xususiyatlari
- Institutsional iqtisodiyot rivojlanishidagi keyingi davr neoinstiutsional hamda yangi institutsional bosqichlardan iborat. Bosqichlarning nomlanishidagi o`xshashlilikka qaramay, institutlar tahlilida prinsipial jihatdan turli konsepsiyalar mavjud. Birinchi nomlanish neoklassikaning qat’iy negizini o`zgarishsiz qoldiradi. Institutlar tahliliga yangi unsurni kiritish neoklassika nazariyasining «himoya qobig`i» to`g`risidagi fikrlarga tuzatishlar kiritish hisobidan yuz beradi. Aynan shuning uchun neoinstitutsional iqtisodiyot «iqtisodiy imperializm»*ga misol sifatida keltiriladi: an’anaviy mikroiqtisodiy quroldan voz kechmagan holda «imperialistlar» ilgari neoklassik nazariyaga tashqi bo`lgan omillar – mafkura, xatti-harakat normalari, qonunlar, oila va hokazolarni tushuntirishga intilishadi. Ikkinchi nomlanish, aksincha, institutlarning neoklassikaning ilgarigi qoidalari bilan bog`liq bo`lmagan yangi nazariyasini yaratishga urinishni aks ettiradi.
- Ronald Kouz «Firmaning tabiati» (1937) «Ijtimoiy xarajatlar muammosi» (1960) kabi maqolalarida birinchi bor neoinstitutsionalizmning tadqiqot dasturini shakllantirgan edi. Ushbu dasturda neoklassik nazariyaning “himoya qobig`i”ga quyidagi o`zgarishlar kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |