Institutsionalizm


“Eski” institutsional maktab: T.Veblen, J.R.Kommons, U.Mitchellar, Y.Shumpeter, J.K.Gelbreyt, F.Nayt, K.Polani, K.Ayres, G.Myurdal


Download 0.66 Mb.
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1625529
1   2   3   4
Bog'liq
Institutsionalizm

“Eski” institutsional maktab: T.Veblen, J.R.Kommons, U.Mitchellar, Y.Shumpeter, J.K.Gelbreyt, F.Nayt, K.Polani, K.Ayres, G.Myurdal.

  • “Eski” institutsional maktab: T.Veblen, J.R.Kommons, U.Mitchellar, Y.Shumpeter, J.K.Gelbreyt, F.Nayt, K.Polani, K.Ayres, G.Myurdal.
  • “Yangi” institutsional maktab: R.Kouz, D.Nort, O.Uilyamson, R.Pozner, M.Olson, F.Xayek.
  • J.Xodjsonning fikriga ko`ra [55], agar “eski” maktab darvinizmga asoslanib, raqobatlashuvchi institutlar to`g`risidagi asoslardan foydalangan holda institutlarning uzoq vaqt mobaynida rivojlanishini ko`rib chiqqan bo`lsa, “yangi” maktab ijtimoiy darvinizmdan yiroqlashib, o`z tadqiqotlarini metodologik individualizm nuqtai nazaridan olib bormoqda. Shunday qilib, J.Xodjson “yangi” maktabni ko`p jihatdan tanqid qiladi. Uning ta’kidlashicha, “yangi” maktabning nochorligi shunda namoyon bo`ladiki, tadqiqotlarga jamiyat o`zining “tabiiy holatida” asos qilib olingan bo`lib, unda qandaydir insoniy munosabatlar mavjud, lekin institutlarsiz; institutlar urf-odatlar va qoidalar bilan birgalikda paydo bo`lishi, so`ngra esa insonlar tomonidan qonuniyat sifatida ochilishi hisobga olinmaydi. Masalan, K.Magner pulning paydo bo`lishi muammosini tadqiq etishni jamiyatning unda pul mavjud bo`lmagan institutlardan holi bo`lgan holatini tahlil qilishdan boshlab, so`ngra esa ularning paydo bo`lishiga individual agentlarning oqilona qarorlari natijasi sifatida qaraydi. O.Uilyamson ham asos sifatida institutlardan holi makon – institutlarsiz bozorni ko`rib chiqadi, so`ngra esa transaksiya xarajatlarini qisqartiruvchi tuzilmalar sifatida firmalarning paydo bo`lishini tadqiq etgan. J.Xodjsonning fikricha [55], neoinstitutsional olamning bunday taxmini noto`g`ri, chunki jamiyat azaldan institutsionallashgan. Ushbu xulosa, uning ta’kidlashicha, ko`plab iqtisodchilarning “eski” maktab institutsionalistlarining g`oyalariga qaytishiga sabab bo`ldi.

Institutsionalizmning metodologik asoslari va institutsional tahlilda boshlang`ich nuqta masalasi

  • Institutsionalizmning metodologik asoslari va institutsional tahlilda boshlang`ich nuqta masalasi
  • Hozirgi vaqtda neoinstitutsional yondashuvdan nafaqat iqtisodchilar va sotsiologlar, balki yuristlar va siyosatshunoslar ham foydalanmoqda. Bu ko`proq ham jahon xo`jalik tizimini, ham alohida olingan milliy iqtisodiyotni tadqiq etishga taalluqli, chunki fundamental tahlilni, xoh u iqtisodiy nazariya, siyosatshunoslik, sotsiologiya, huquq bo`lsin, bir fan doirasida olib borib bo`lmaydi.
  • Hozirgi bosqichda iqtisodiy imperializm iqtisodiy fanning deyarli barcha oqimlariga xos, biroq neoinstitutsionalizmda u yaqqol namoyon bo`ladi, bu boshqa metodologik asoslardan voz kechmagan va neoklassikaning “qat’iy negizi”ni o`zgartirmagan holda jamiyat haqidagi boshqa fanlar – psixologiya, sotsiolgiya, siyosatshunoslik fanlarining ishlanmalaridan foydalanish imkonini beradi, bu tahlil sohasini sezilarli darajada kengaytirib, uni boyitadi va aniqlikka yaqinlashtiradi.
  • Neoinstitutsionalizm ikkita umumiy asosdan kelib chiqadi, birinchidan, ijtimoiy institutlar ahamiyatga ega, ikkinchidan ular neoklassik nazariya vositalari yordamida tadqiq etiladi. Ushbu ikki taraflama xususiyat neoinstitutsionalizmni “eski” institutsionalizm va neoklassik nazariyadan ajratib turadi.
  • Neoinstitutsionalizm neoklassik nazariyadan insonning ko`paytiruvchi xatti-harakati va metodologik individualizm tamoyillarini meros qilib olgan holda o`tgan asrning 50-60 yillarga kelib shakllandi. Neoinstitutsionalizmning ayrim variantlarida o`yinlar nazariyasidan foydalaniladi. Ayrim neoinstitutsionalistlar o`z tadqiqotlarida evolyutsion nazariya qoidalariga tayanadi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling