Integral kuchaytirgichlar bevosita bog‘langan bosqich sxemalari ko‘rinishida quriladilar. Bu vaqtda bosqichdan bosqichga o‘tganda signal doimiy tashkil etuvchisining o‘zgarishi kuzatiladi


Download 0.99 Mb.
bet1/8
Sana23.04.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1383553
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
E 2-mustaqil ishi





Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Urganch filiali
Kompyuter Injiniringi fakulteti
Elektronika va sxemalar fanidan mustaqil ish

Guruh: 962 - 21
Bajardi: Ro’zmatov Nodirbek


Urganch - 2023


Reja

  1. Signalning amplitudasini o’zgartishir

  2. Signalning fazasini o’zgartishir

  3. Signalning chastotasi bo’yicha filtrlash

Integral kuchaytirgichlar bevosita bog‘langan bosqich sxemalari ko‘rinishida quriladilar. Bu vaqtda bosqichdan bosqichga o‘tganda signal doimiy tashkil etuvchisining o‘zgarishi kuzatiladi. Bu holat esa keyingi bosqichlarni ishlab chiqarishda qiyinchiliklar tug‘diradi. Bu kamchilikni bartaraf etish maqsadida o‘zgarmas kuchlanish sathini siljitish qurilmalari qo‘llaniladi. Ular sath transformatorlari deb ham ataladilar. Bu vaqtda sath siljitish qurilmasi signal o‘zgarmas tashkil etuvchisini keyingi bosqichga o‘zgarishlarsiz uzatishi kerak, ya’ni kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffisienti  1 bo‘lishi kerak.


Operasion kuchaytirgichlarda  sathini siljitish VT1 tranzistorda bajarilgan emitter qaytargich asosida amalga oshiriladi. Uning emitter zanjiriga R1 rezistor va VT2 hamda VT3 tranzistorlarda bajarilgan barqaror tok generatorlari ulanadi. Signal mavjud bo‘maganda  kirish potensiali oldingi bosqich chiqish kuchlanishining o‘zgarmas tashkil etuvchisi qiymatiga teng bo‘ladi.  chiqish potensiali siljitish sxemasi hisobiga   kattalikka kamayadi. IE1 tok barqaror bo‘lganligi sababli siljish kuchlanishi ham o‘zgarmas bo‘ladi. Ixtiyoriy  qiymatida chiqish potensiali nisbatlarni to‘g‘ri tanlash natijasida nolga teng qilinishi mumkin. BTG dinamik chiqish qarshiligi R1 dan ancha katta bo‘lganligi sababli, siljish sxemasida signal deyarli so‘nmaydi.




Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling