Integratsiyalashgan dars ishlanmalaridan namunalar


Download 28.24 Kb.
Sana30.10.2023
Hajmi28.24 Kb.
#1735402
Bog'liq
INTEGRATSIYALASHGAN DARS ISHLANMALARIDAN NAMUNALAR (3)


INTEGRATSIYALASHGAN DARS ISHLANMALARIDAN NAMUNALAR
Integratsion darslar qanday tuziladi? Buning uchun avval an’anaviy dars tuzilmasini eslab o ‘tish joiz:
- tashkiliy qism;
- uy vazifasini tekshirish;
- yangi mavzuni tushuntirish;
- mustahkamlash;
- dars yakuni.
An’anaviy darslarda o ‘qituvchi faqat maxsus fan chegarasidan chiqmagan holda bilimlar beradi. Bu esa bilimlarning bityoqlamaligiga va parchalanishiga olib keladi.
Integratsion darslarda tushuncha haqida biryoqlama emas, atroflicha fikr yuritiladi. Masalan, an’anaviy ona tili darsida biz «Ot» mavzusini tushuntirmoqchimiz: ot nimani bildirishi, qaysi so‘roqlarga javob berishini misollarda ko‘rsatib o`tamiz.
Endi shu darsni rasm bilan integratsiyalasak. O‘quvchilar yuqoridagi savollarga javob berib, so‘ng otlarni rasm daftariga chizishadi. Rasmdagi otlar bilan gaplar, ulardan esa kichik hikoya tuzish va uni qayta tahlil etish mumkin.
Ta’limda integratsiyaning xilma-xil turlari mavjud: - ko'p predmetlilik (bunda fundamental fanlarni qiyoslash) asosida; - chegara fanlar asosida; - asosiy fanlar asosida.
Bunday darslarda «olam -tabiat-inson» tizimida bilimlar berilib, turli faoliyatlar asosida ko'nikm a va malakalar uzviy shakllanib boradi.
Ko'rinib turibdiki. integratsion dars yuqori samara beradi. Bunda o'quvchida olam bir butunlikda namoyon bo'ladi. Bu esa o'z navbatida mantiqiy. izchil, atrof-olam haqida to'laligicha fikrlashga o'rgatadi.
Rasm va ona tili darslarining integratsiyasi.
Mavzu. Ot.
Maqsad: 1) Ot haqida tushuncha berish, ular haqida tasavvurlarni kengaytirish; 2) nafosatni tarbiyalash; 3) sinchkovlik, chaqqonlik, mustaqil va teran fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Tashkiliy qism.
Dars maqsadi aytilib, tayyorgarlik ko‘riladi.
Uy vazifasi tekshirilmaydi. Uning natijasi «Aqliy hujum» o ‘yinidan foydalanish orqali aniqlanadi.
Yangi mavzu. 1. «Aqliy hujum» o ‘yini. - Atrofingizga qarang. Nim alar bor? Bolalar sanab o ‘tadilar, o ‘quvchi xattaxtaga yozib boradi. - Yozilgan so'zlar nimalarni bildirmoqda? - Narsalarni. 0 ‘qituvchi narsani ko‘rsatadi. - Bu nima? - Kitob. 2. «Juftlikda ishlash».
Biz narsaning nomini aytdik. Yozgan so‘zlarimizni rasm daftariga chizing (5—6 ta). Chizilgan rasmlardan ko‘rgazma tashkil etiladi. Ko‘rgazmali rasmlar asosida otlar guruhlarga ajratiladi, bolalar juftlikda ishlab biri «Kim?», ikkinchisi «Nima?» so‘rog‘iga javob beruvchi otlami misollar bilan keltiradi. 0 ‘qituvchi yordamida otga ta’rif beriladi, xulosa qilinadi. 3. Rasmlaringizga qarab har bir ot ishtirokida gap tuzing. Aytilgan gaplar asosida hikoya tuzing, masalan: -M e n kitob sotib oldim. Kitobda qiziqarli ertaklar juda ko‘p ekan. Men ularni ukamga o‘qib berdim. O‘qituvchi savol tashlaydi: - Qanday ertaklarni bilasiz? Siz ham uka-singillaringizga ertaklar so‘zlab berasizmi? Uka-singillaringiz xursand bo‘lishadimi? Bolalar sanab o‘tadi.
So‘ng biror bir ertakning qisqacha mazmunini so‘zlab berish taklif etiladi.
4. Bu bosqichda dars ikki yo‘nalishda ketishi mumkin:
1) ertakning qisqacha mazmuni daftarga yoziladi, m uhokam a qilinadi;
2) ertak rasm albomida tasvirlanadi, muhokama qilinadi, tasvirlangan rasm lar asosida galereya hosil qilinadi. «Galereya» so‘ziga izoh beriladi, buyuk m usavvirlarning nomlari keltiriladi.
Galereya - buyuk rassomlarning ijodini namoyon etadigan maxsus bino, joy. Kamoliddin Behzod, 0 ‘rol Tansiqboyev, Chingiz Axmarov kabi buyuk rassom larimiz bor.
Mustahkamiash.
Ertak mazmunida (tasvirida) otlarni aniqlang. A w al «Nima?», so‘ng «Kim?» so‘rog‘iga javob bo‘luvchi otlarni ayting.
Bu bosqichda darslik bilan ish olib boriladi, mashqlar bajariladi.
Dars yakuni.
Darsda nimalar qildingiz? Nimalarni oldingiz? 0 ‘z fikrlaringizni ayting.
Uyga vazifa beriladi.
Albatta, bunday darslarni o ‘tish o ‘qituvchidan yuksak mahoratni, boshqaruvchanlikni talab etadi. Integratsion darslarda o ‘quvchi jimgina, tomoshabin bo‘lib o ‘tirmaydi. U dars jarayonida faol va izchil qatnashadi.
Shu jarayonlarning unumdor va samarali kechishida o'qituvchi shaxsi ahamiyati beqiyosdir.
Download 28.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling