Intelektual boshqaruv va komoyuter tizimlari


Download 200.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/18
Sana10.11.2023
Hajmi200.3 Kb.
#1762840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Dastlabki fikrlar… 
Telekommunikatsiyaning yadrosini tashkil etuvchi — telefon tarmog‘i XX asrda 
interaktiv xizmatlarning asosiy ikki aloqa turini — telefon va telegraf xizmatlari 
orqali amalga oshirilardi. Telegraf aloqasi asta-sekin o‘tmishning vositasiga 
aylanib bormoqda, lekin telefon aloqasi esa uning o‘rnini zabt etayotgani, 
infokommunikatsiyalar xizmatlari bozorining muhim o‘rinlarini egallashda davom 
etmoqda. Boshqacha qilib aytganda, jahonda telekommunikatsiyalarning 
globallashuvi shakllanmoqda, aloqaning yangi avlodi jadal kirib kelmoqda. 
XXI asrda telefon aloqasining sifatli rivojlanishi quyidagi yo‘nalishlar asosida 
amalga oshiriladi: 
• Axborot uzatish, kommutatsiyaning raqamli usullariga o‘tishni tugatish; 
• Telefon tarmog‘i abonentlariga taqdim etilayotgan xizmatlar ko‘lamini oshirish; 
• Telefon tarmog‘ining asosiy elementlarida o‘tkazuvchanlik qobiliyatini maksimal 
oshirish; 
• Tarmoqdan foydalanish mavqeyini kengaytirish va turli texnik vositalar qurilishi

uchun undan foydalanish; 
• Xizmat ko‘rsatish hamda ma’lumotni uzatish servis sifati ko‘rsatgichlarini 
oshirish; 


• Aloqani barqaror ishlashini ta’minlashda samarali texnik ekspluatatsiya 
usullaridan foydalanish; 
• Eng muhimi, telefon tarmoqlari qurilishi xarajatlar ko‘lamini kamaytirish, 
tarmoqni rivojlantirish va texnik xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlashdan iboratdir. 
Tarmoqlarning evolyutsiyasi… 
Telefon aloqasi tarmog‘ida foydalanishga topshirilgan kommutatsiya 
stansiyalarining asosiy rivojlanish tendensiyalariga nazar tashlasak, kommutatsiya 
texnikalarining evolyusiyasi ikki turga ajratilgan. Birinchisi, ichki tuzilishi 
(telefoniyaning tarkibi) va tashqi tuzilishi (axborot kommunikatsiya 
texnologiyalari majmuasining rivojlanishi bilan bog‘liq jarayoni)dan kelib chiqadi. 
Infokommunikatsiyalar tizimining evolyusiyasi turli iqtisodiy hamda tashkiliy 
sabablarga ko‘ra kommutatsiya stansiyalari o‘zgartirib borilgan. Modernizatsiya 
qilish, kengaytirish va rivojlantirish ana shu o‘zgartirishning asosiy mohiyatidir. 
Ushbu tushunchalar tom ma’noda o‘ta chambarchas va kuchli ahamiyatga egadir. 
Moddiy jihatdan eskirishga o‘tib borayotgan texnika vositalari zamonaviy 
ma’lumotni taqsimlovchi vositalarga (har jihatdan ijtimoiy-iqtisodiy va 
texnikaviytashkiliy yo‘nalishlarni e’tiborga olinib) almashtirib borilgan. Umuman, 
O‘zbekistonning infokommunikatsiya tizimida telefon aloqasining beshta asosiy 
kommutatsiya tizimi davrini (fazasini) o‘tagan. Uni yuqoridagi jadvalda 
ko‘rishimiz mumkin. 
Tarix sahifalarini ko‘zdan kechirar ekanmiz, 1904 yili 200 raqamga mo‘ljallangan 
birinchi qo‘l bilan boshqariladigan kommutatsiya tizimi ekspluatatsiya qilingan. 
Keyinchalik mazkur qurilmalarning imkoniyatlarini har tomonlama kengaytirish 
orqali, o‘sha zamonaning yangi yutuqlarini joriy etish maqsadida, qo‘l bilan 
boshqariladigan telefon stansiyalari tizimini avtomatlashgan telefon stansiyaga 
almashtirish bo‘yicha ishlar olib borilgan. 
1932 yili Toshkentda birinchi avtomatlashgan mashina tizimidagi stansiya ishga 
tushirildi. 1955 -1960 yillar davomida Toshkent shahar telefon tarmog‘ida 47 va 
54- telefon stansiyalari dekada odimlovchi telefon stansiyalariga asos soldi. Shu 
davrning so‘nggi yillarida 54-ATS yangi koordinat tizimli qurilma bilan

almashtirildi. U o‘sha davrda o‘zining iqtisodiy tomondan arzon bo‘lgan hamda 
sifat jihatdan ancha yaxshi xizmat ko‘rsata oladigan texnologiyalardan sanalgan. 
Koordinat tizimdagi stansiyalar dekada odimlovchi tizim bilan o‘zaro hamkorlikda 
ishlay olishga ham mo‘ljallangan edi. 
Keyinchalik mahalliy telefon aloqasini rivojlantirish bo‘yicha aloqa tarmog‘ining 
ko‘p kanaldan iborat impuls-kodli modulyatsiyaga asoslangan (IKM) tizimi joriy 
etilgan. Respublikada dekada odimlovchi ATSlarning o‘rniga Toshkent, Andijon, 
Jizzax, Buxoro, Qarshi, Farg‘ona, Guliston kabi ko‘pgina viloyat va tuman 
markazlarida telefon stansiyalari koordinat tizimlari bilan modernizatsiya qilingan. 
1986 -1990 yillarda 3200 raqamli kvazi-elektron ATSlar Toshkent shahar telefon 
tarmog‘i hamda Toshkent viloyati Kalinin va Namangan viloyatining Toshbuloq 
tuman markazlarida bosqichma -bosqich modernizatsiya qilingan. 
Respublikamizning telekommunikatsiya tarmog‘ida 1987 yili birinchi dasturiy 


boshqaruvga asoslangan AXE-10 (ShATS) rusumdagi elektron telefon stansiyasini 
ekspluatatsiya qilish bilan raqamli tizimlarga o‘tila boshlangan. 
O‘tgan asrning oxirgi dekadasi, mustaqillikning dastlabki yillari davomida yana 
qator xorijiy kompaniyalarning raqamli telefon stansiyalari joriy etilib borildi. 
Xususan, Yaponiyaning NEAX-61E tizimi, Janubiy Koreyaning DTS 
2000/3100/3200 seriya rusumdagi kommutatsiya qurilmalari bularga yaqqol misol 
bo‘lib xizmat qiladi. Bugungi kunga kelib respublikaning aloqa tizimlarida keng 
ko‘lamli modernizatsiyalash va rivojlantirish dasturi tatbiq etilib, ulardagi 
raqamlashtirish ko‘rsatgichlari bosqichma- bosqich oshib bormoqda. Ularning 
yana bir muhim boisi… 

Download 200.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling