Intelektual boshqaruv va komoyuter tizimlari


Keyingi avlod tarmoqlariga o‘tishning ahamiyati


Download 200.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/18
Sana10.11.2023
Hajmi200.3 Kb.
#1762840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Keyingi avlod tarmoqlariga o‘tishning ahamiyati 
Masalaning yana bir e’tiborli jihati, XXI asr boshida, kommutatsiya qurilmalari 
tuzilishi butkul o‘zgardi. Avtomatlashgan, kommutatsiyaning yangi avlodlari joriy 
etilib borilmoqda. Texnologiyalarning yutuqlari uning funksional imkoniyatlarini 
kengaytirdi, gabarit hajmi anchaga qisqardi, elektr energiyasini tejashga asoslandi
eng muhimi aloqaning barqaror va texnik jihatdan yuqori sifatli ishlashiga 
erishildi. Endilikda, kommutatsiya qurilmalariga dasturiy boshqaruvga asoslangan 
texnologiyalar kirib bormoqda.

Zamonaviy raqamli telefon stansiyalari bir murakkab majmuadan tarkib topgan 
bo‘lib, ular «kanallarni kommutatsiya»lash texnologiyalariga asoslangan 
apparatdasturiy vosita hisoblanadi. Mazkur majmua IT (intelektual tarmoq) va 
IXQRT 
(integral xizmat ko‘rsatuvchi raqamli tarmoq) tarkibidagi xizmatlar ko‘lamini har 
jihatdan qo‘llab-quvvatladi. 
Infokommunikatsiyalar tizimini keng ko‘lamda rivojlantirish g‘oyasining zaminida 
NGN- keyingi avlod tarmoqlari yotadi. NGNning asosiy konsepsiyasi «paketli 
kommutatsiya» texnologiyalariga o‘tish bilan izohlanadi. Keyingi avlod tarmoqlari 
uchta asosiy axborot turlari: tovush, ma’lumot va video oqimlar kommutatsiya 
funksiyalarini amalga oshiradi. Shu bilan bir qatorda NGN tarmog‘i IP paketlariga 
asoslangan jarayonidan iborat bo‘lib, u kommutatsiya tizimining sifatli ishlashini 
ta’minlaydi. 
NGN tizimining konseptual g‘oyasi 
Infokommunikatsiyalar tizimlarining rivojlanishida NGN tizimi — yangi turdagi 
zamonaviy xizmatlarni o‘zaro qo‘llab quvvatlashga qodir. Bozorda yangi turli 
aloqa xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoj tobora oshib bormoqda. NGN avlod tarmoqlari 
orqali turli asosiy va qo‘shimcha xizmatlarni joriy etish ularni boshqarish va 
keyinchalik o‘zgartirish kabi muhim vazifalarni amalga tatbiq etish mumkin. 
NGN texnologiyasi — bu real konvergent texnologiyalarga asoslanadi. 
Konvergensiya nima? Telekommunikatsiya tarmoqlarining konvergensiyasi — 
aloqa tarmog‘i tarkibidagi abonentlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lami va 
foydalanishdagi apparat — dasturiy vositalarining o‘zaro qo‘shilishi yoki 
birlashishining vujudga kelishi bilan izohlanadi. Konvergent texnologiyalar uchta 
asosiy aspektlarni o‘z ichiga qamrab olib, ularga tarmoq tarkibi qurilishining 


texnik vositalari va mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamidan iborat.
10 
Tarmoqlarning konvergensiyalashuvi va integratsiyalashuvi iboralari keskin farq 
qiladi. Ular o‘zining alohida mazmun va mohiyatiga ega. NGN tarmog‘ining 
tuzilishi, ularning tarmoq infratuzilmasidagi mobil aloqa va turg‘un aloqa 
tarmoqlari, ichki yoki tashqi platformalardagi konvergentligi hamda 
integratsiyalashuvining asosiy jihatlari to‘rt qatlamli boshqaruv tizimidan tashkil 
topgan. Xizmatlarni boshqarish, tarmoqlarni boshqarish, tayanch kommutatsiya 
qurilmalari qatlami, xizmatlardan foydalanish qatlamidir. Uni Huawei kompaniyasi 
tomonidan ishlab chiqarilgan NGN tarmoq yechimlari asosida chizmada 
ko‘rishimiz mumkin. 
Chizmani qisqacha sharhlab o‘tsak, undagi ikki aylana shaklida qamrab olgan 
sohalar mobil hamda turg‘un aloqa tarmoqlarining konvergentligini ta’minlashdan 
iborat. To‘rtta mustaqil qatlamdan iborat bo‘lgan ushbu infratuzilma, o‘zining 
alohida funksional majmua vazifasini o‘tadi. Ta’kidlash joizki, jahondagi ilg‘or 
texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan mazkur yo‘nalishdan 
farqliroq NGN texnologiyasining tarkibiy tuzilmasi qarorlarini taqdim etishlari 
mumkin, lekin yuqorida aytganimizdek, NGNning asosiy g‘oyasiga suyanaveradi. 
NGN tarmog‘i o‘z ichiga tarmoqning xizmat ko‘rsatish ko‘lami, uning xavfsizligi 
hamda tarmoqning barqaror ishlashini ta’minlash kabi omillar uning ichki 
tarkibining muhim afzalliklari bilan e’tirof etiladi.

Download 200.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling