Intelektual boshqaruv va kompyuter tizimlari
Download 98.42 Kb. Pdf ko'rish
|
05 LABORATORIYA 2022
Nosozlik turi
Foizlarda Soni O‘tkazgichlarda qisqa tutashuv 34 O‘tkazgich va tashqi qutblarda uzilishlar 27 Tarkib komponentlarining noto‘g‘ri ishlashi 15 Tarkib komponentlarining nosozligi 5 Boshqa nosozliklar 2 Juda ko‘p xollarda uchraydigan nosozliklar modeli – bu konstanta buzilishlaridir. Qisqa tutashuv nosozligi raqamli qurilma montaj o‘tkazgichlarida paydo bo‘ladi. Raqamli qurilmalarni loyixalashni keyingi bosqichi texnik taklif xisoblanadi. Bu yerda texnik vazifani analizi o‘tkaziladi, ya’ni loyixalanayotgan va xozirda mavjud bo‘lgan maxsulotni taqqoslash, ko‘ndalang qo‘yilgan masalani mavjud bo‘lgan turli yechim variantlarini baxolash o‘tkaziladi. Keyingi bosqich – eskiz loyixa dokumentatsiyasini (xujjatlarini) loyixalash. Ushbu bosqichda maxsulotni ishlab chiqarish optimal bo‘lgan varianti, uning struktura sxemasini va konstruktiv ish bajarish prinsipi tanlanadi. Buning uchun maxsus xisob kitoblar o‘tkaziladi, sxema loyixalanadi, eskizlar loyixalanadi, maxsulotni yaxlit xolicha yoki maxsulotni aloxida qismlarini maketlari tayyorlanadi va sinovdan o‘tkaziladi, maxsulot sxemasi qurilishi lozim bo‘lgan asosiy elementlar bazasi tanlanadi. Buyurtmachi tomonidan ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan eskiz loyixa texnik loyixani bajarish uchun asos xisoblanadi. Texnik loyixani maqsadi – ishchi xujjatlar komplektini bajarishga tushish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi konstruksiya va sxema bo‘yicha yakuniy texnik echishni ishlab chiqishdir. Buning uchun texnik loyixa bosqichida prinsipial sxemaning to‘liq xisob kitobi, maxsulotni bloklarga va subbloklarga ajratilishi o‘tkaziladi, chizmalar tayyorlanadi va ular asosida konstruktiv maketlar tayyorlanadi, bu esa bo‘lajak maxsulotni qiyofadoshi xisoblanadi. Texnik loyixa buyurtmachi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng tajriba namunasining raqamli qurilmalarini loyixalash boshlanadi. Raqamli qurilmalarni tayyorlash, nazorat qilish, ishlatish va ta’mirlash uchun kerak bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z tarkibiga olgan matnli yoki grafik xujjatlar tayyorlanadi. Raqamli sxemaning testli diagnozlash muammosi, ularni ularni ishlab chiqish va qo‘llashning har xil bosqichlarida paydo bo‘ladi va bir-biriga bog‘langan masalalardan iborat. Ulardan birinchisi izlanayotgan sxema qanday xolatda turganligini aniqlashdan iboratdir. 12 Raqamli sxemaning asosiy xolati bu sozlikdir - bu sxemaning shunday texnik xolatiki, unda sxema texnik xujjatlarda qo‘yilgan, barcha talablarga javob beradi. Bo‘lak xollarda esa sxema nosozlik xolatlarning birida bo‘ladi. Agar raqamli sxemada nosozlik aniqlangan bo‘lsa u holda ikkinchi masala echiladi: sxemadagi nosozlik (defekt)ni izlash amalga oshiriladi, uning maksadi - nosozlikning joyi va turini aniqlashdir. Raqamli sxemaning nosozligi - bu sxemani noto‘g‘ri ishilashiga sababchi, bir yoki bir necha elementlarni - sxemani tashkil etuvchilarning fizik kamchiligidir. Paydo bo‘luvchi nosozliklarning fizik tabiati har turli harakterga ega. Nosoz komponentlarni qo‘llash natijasida, komponentlararo bog‘lanishlarda uzilish yoki qisqa tutashuvlar paydo bo‘lishi, qurilmalarni ishlatish koidalariga rioya qilmaslik, loyixadagi va ishlab chiqarishdagi xatolarni va boshqa shunga o‘xshashlarni borligi natijasida, raqamli qurilmalarda nosozlik paydo bo‘ladi. Nosozlikning aniq turini vujudga kelish extimoli ko‘p jixatlarda bir qator omillarga, ya’ni raqamli qurilmaning (RQ) turiga, ularni tayyorlash texnologiyasiga, komponentlarning tarkibiy to‘plamiga va sho‘nga o‘xshashlarga bog‘liq. Misol sifatida 1.2 jadvalda RQ bosma uzellarini tekshirishda aniqlangan nosozliklarning tarkibiy taqsimoti foizlarda keltirilgan. Bu jadvaldan ko‘rinadiki, o‘tkazgichlarning qisqa tutashuvi va uzilishlar tez-tez uchrab turadi. RQ nosozliklarini tavsiflash uchun ko‘p xollarda: konstant nosozliklar, qisqa tutashuv nosozliklari, invers va boshqa turdagi nosozliklarning matematik modellari qo‘llaniladi. Ko‘pincha ishlatiladigan nosozliklar modeli bo‘lib, konstant nosozliklar qo‘llaniladi: konstanta no‘l = 0, yoki no‘llar va konstanta bir=1 yoki birlar. № Download 98.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling