Intellegent programmers club


Download 1.1 Mb.
Sana01.03.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1242808
Bog'liq
1-Dars Mashg\'uloti O\'zgaruvchilar

  • INTELLEGENT PROGRAMMERS CLUB
  • Dasturchi:Namozov.N.N
  • PYTHON KURSI
  • Python dasturlash tilida Sintaksislar bilan tanishish
  • O'zgaruvchi nima — bu kompyuter xotirasida ma'lum bir qiymatni saqlash uchun ajratilgan joy hisoblanadi. Soddaroq qilib tushuntirsak, o'zgaruvchini quti deb tasavvur qilaylik , quti ichidagi narsani esa qiymat deb tasavvur qilish mumkin. Pythonda qiymatlar deganda
  • << son, matn, ro'yxat va hokazo >> ko'rinishida bo'lishi mumkin. O'zgaruvchining konstantadan farqi, o'zgaruvchiga dastur ishlashi davomida (run time) murojaat qilib, uning qiymatini o'zgartira olamiz. Konstantaga esa oldindan ma'lum bir qiymat beriladi va bu qiymatni o'zgartirib bo'lmaydi.

Quyidagi misolga e'tibor bering, biz 2 ta o'zgaruvchi yarataylik. (ism va yosh) va ularga qiymatlar yuklaylik (Pythonda boshqa tillardagi ka'bi o'zgaruvchilarni avvaldan e'lon qilish yo'q):

  • Quyidagi misolga e'tibor bering, biz 2 ta o'zgaruvchi yarataylik. (ism va yosh) va ularga qiymatlar yuklaylik (Pythonda boshqa tillardagi ka'bi o'zgaruvchilarni avvaldan e'lon qilish yo'q):
  • ism = “Namozov“ #O’zgaruvchini matn qilib kiritganda “ ” ichiga kiritib yozamiz.
  • yosh = 28 #O’zgaruvchini son qilib kiritganda shart emas.
  • print(ism)
  • print(yosh)
  • ism = "Abdulloh"
  • print(ism)
  • ism="Muhammad"
  • print(ism)
  • O'ZGARUVCHI (VARIABLE)

O'zgaruvchilarga nom berishda quyidagi qoidalarga amal qiling:

  • O'ZGARUVCHILARNI NOMLASHDA EHTIYOT BO’LING !!!
  • O'zgaruvchilarga nom berishda quyidagi qoidalarga amal qiling:
  • O'zgaruvchi nomi harf yoki pastki chiziq (_) bilan boshlanishi kerak
  • O'zgaruvchi nomi raqam bilan boshlanishi mumkin emas
  • O'zgaruvchi nomida faqatgina lotin alifbosi harflari (A-z), raqamlar (0-9) va pastki chiziq (_) qatnashishi mumkin
  • O'zgaruvchi nomida bo'shliq (пробел) bo'lishi mumkin emas
  • O'zgaruvchi nomida katta-kichik harflar turlicha talqin qilinadi (ism, ISM, va Ism IsM …)
  • O'zgaruvchi nomini asosan kichik harflar bilan yozgan maqul.
  • O'zgaruvchi nomida 2 va undan ortiq so'z qatnashsa ularning orasini pastki chiziq (_) bilan ajratish kerak masalan (ism_sharif = “Namozov Nodirbek")
  • O'zgaruvchiga iloji boricha tushunarli nom bering masalan (y=20 emas yosh = 20 , d=“O’zbekiston" emas davlat = " O’zbekiston " va hokazo)
  • Shuningdek o'zgaruvchilarga Pythonda ishlatiladigan funktsiyalar va maxsus kalit so'zlarning (keywords) nomini bermang.
  • Misol uchun False = “Bu yolg’on degan ma’noni beradi ”
  • Qo'shimcha qoida sifatida Taklif
  • 2ism = " Nodirbek " i-sm = " Nodirbek " i sm= " Nodirbek "
  • SINTEKS XATOLIK (SYNTAX ERROR)
  • Har bir tilning o’zining orfografik va grammatik qoidalar bo'lgani kabi, dasturlash tillarining ham o'ziga yarasha qonun-qoidalari bor. Bu qoidalar to'plami sinteks (syntax) deb ataladi. Sinteks xatolik (Syntax Error) deb esa shu kodlarni yozishdagi qoidalarning buzilishidan kelib chiqqan bo’ladi
  • Misol uchun keraksiz joyda qo'yilgan nuqta, vergul yoki bo'sh joy bo’lishi mumkin, shuningdek ma'lum funktsiyalar nomini xato yozishda misol uchun (print() o'rniga prit()), ochilmay yoki yopilmay qolgan qavs, noo'rin bo'shliq, qolib ketgan kalit so'z (keyword) kabilar ham Syntax Error hisoblanadi.
  • Syntax Error eng ko'p uchraydigan xatolik bo'lib, Python bunday xatolik bor dasturlarni bajarmaydi.
  • Biz darslarimiz davomida turli sintks qoidalar haqida o'z o'rnida yana to'xtalamiz.

Pythondagi o’zgaruvchilarning nomlanishi a yoki A deb belgilanadigan bo’lsa unda bular 2 turli nomdagi o’zgaruvchi deb qabul qiladi.

  • Pythondagi o’zgaruvchilarning nomlanishi a yoki A deb belgilanadigan bo’lsa unda bular 2 turli nomdagi o’zgaruvchi deb qabul qiladi.
  • Pythonning o'ziga xosligi
  • Ko'p qiymatlardan bir nechta o'zgaruvchilarga Python bir qatorda bir nechta o'zgaruvchilarga qiymatlarni belgilash imkonini beradi:
  • x, y, z = "Orange", "Banana", "Cherry" print(x) print(y) print(z)
  • yoki print(x,y,z)
  • x= "Orange" y= "Banana" 
  • Z= "Cherry"
  • print(x) print(y) print(z)

Kommentariya

  • Kommentariy. Kommentariy # simvolidan keyin yoziladi va dastur kodini o'qiyotgan dasturchi uchun eslatma bo'lib xizmat qiladi. Misol uchun:
  • print('salom dunyo!’) # print — bu funksiya
  • yoki:
  • # print — bu funksiya deb yozishimiz mumkin
  • print('salom dunyo!')
  • Komentariy funkisiy asi dastur kodini o'qiyotganlar uchun foydali bo'ladi ya’ni dasturda nima ish qilinayotganini oson tushunishga yordam beradi. Unga yechimdagi muhim joylarni, muhim bo'lgan qismlarni eslatma sifatida yozish mumkin.
  • Izoh alohida qatorda yoki qator oxiridan ham yozilishi mumkin. Python # dan keyingi har qanday matnni (qator oxirigacha) e'tiborsiz qoldiaradi. # dan keyin yozligan kodlar ham bajarilmaydi:

\n abzas tashaydi

  • \n abzas tashaydi
  • \t
  • \v

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling