Intellektual mexatronika modullari Reja
Intellektual mexatronika modullariga misollar
Download 0.53 Mb.
|
Маъруза 7-3
5.Intellektual mexatronika modullariga misollar
Intellektual mexatronika modullari (IMM) bu zamonaviy harakat modullarining uchinchi avlodidir. Mexatron harakat modullari bilan taqqoslaganda IMM mexanik va axborot qismlarini, dvigatellarni, boshqaruvchi va elektron qurilmalarni (kuchli o`zgartirgichlarni) o`z tarkibiga kiritgan konstruktiv va funktsional yaxlit modulni tashkil qiladi. Bunday yaxlitlik ularga intellektuallik xususiyatini beradi va foydalanuvchini interfeys muammosidan xalos qiladi. IMMlarni qo`llashdan ijobiy natijalar quyidagilar: Yuqori bosqichlarga murojaat qilmasdan murakkab harakatlarni mustaqil amalga oshirish. Bu modullarning avtonomligini, hamda o`zgaruvchan va noma`lum tashqi muhit sharoitida ishlash qobiliyatini oshiradi. Modullar va markaziy boshqarish qurilmalari orasidagi kommunikatsiyalarning soddalashuvi. Bu tizimning xalaqit qiluvchi signallardan himoyalanishini oshiradi. Nosozliklarni kompyuterli tashxis qo`yish yo`li bilan aniqlash va avtomatik himoyalash orqali tizimlarning ishonchligini oshirish. IMM asosida tarqatilgan boshqarish tizimlarini tarmog’lanish usuli bilan yaratish. Kerakli dasturiy ta`minotni ta`minlagan holda apparat-dasturiy platformalarni qo`llash. Quchli o`zgartiruvchilarni va sensorlarni intellektuallashtirish. Bu o`lchashlarni aniqlashtirishga, shovqinlarni filtrlashga, kirish/chiqish xarakteristikalarni chiziqlashtirishga olib keldi. IMM quyidagi elementlardan iborat: Dvigatel (aylanma va ilgarilanma harakatlanuvchi va h.k.); Mexanik o`zgartichgich (tishli, tasmali, vintli va h.k.); Tesqari bog’lanish datchiklari; Kuchli o`zgartirgichlar (holat, tezlik, tok, temperatura, vibratsiya va h.k.); Bog’lanish vositalari. Zamonaviy elementlar bazasida tayyorlangan boshqaruvchi kontrollerlar ixcham va ishonchli mexatron mahsulotlarni yaratish imkonini beradi. Yuqorida aytib o`tilgan barcha elementlar loyilovchi tomonidan yagona korpusga konstruktiv birlashtiriladi. IMMlar bilan ishlash uchun foydalanuvchi IMMni kommunikatsion magistral orqali boshqaruvning yuqori bosqichdagi kompyuter bilan bog’lash kerak bo`ladi. Natijada biz taqsimlangan boshqarish tizimiga ega bo`lamiz. Uning strukturasi 16.3-rasmda keltirilgan. Bunda qurilmalar orasida aloqa almashinuvi umumiy shina printsipi asosida qurilgan kompyuter tarmog’i orqali amalga oshiriladi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling