Intensiv kurs


Download 0.59 Mb.
bet39/135
Sana31.01.2024
Hajmi0.59 Mb.
#1819698
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   135
Bog'liq
Intensiv kurs-hozir.org

Vositali to‘ldiruvchi
1. Ko‘makchi orqali shakllangan vositali to‘ldiruvchini toping.
A) Hamma ustozlar yaxshi fikr bildirdilar. B) Maktabimiz direktori a’lo o‘qish, intizom to‘g‘risida gapirdi. C) Bu kitobni ukamga oldim. D) Kuzning oltin barglari suv yuzida suzar edi.
2. Qanday to‘ldiruvchilar vositali to‘ldiruvchi sanaladi?
A) belgisiz tushum kelishigi shakli bilan ifodalangan to‘ldiruvchi B) belgili tushum kelishigi shakli bilan ifodalangan to‘ldiruvchi C) belgili va belgisiz tushum kelishigi shakllari bilan ifodalangan to‘ldiruvchi D) jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi shakllari yoki ko‘makchilar bilan ifodalangan to‘ldiruvchi
3. O‘rin-payt kelishigi bilan ifodalangan so‘z gapda qanday to‘ldiruvchi bo‘lishi mumkin?
A) vositali to‘ldiruvchi B) vositasiz to‘ldiruvchi C) o‘rin-payt kelishigi bilan ifodalangan so‘z gapda doim o‘rin holi vazifasida keladi D) belgili qo‘llangan vositasiz to‘ldiruvchi
4. Qaysi gapdagi kelishikli to‘ldiruvchini ko‘makchili to‘ldiruvchiga almashtirib bo‘lmaydi?
A) Qishloqqa avtobusda ketadigan bo‘ldim. B) Xat qizil qalamda yozilgan edi. C) Bekorchidan xudo bezor. D) Sayohat vaqtida ko‘rganlarimdan batafsil gapirdim.
Aniqlovchi haqida umumiy ma’lumot
1. Aniqlovchi qaysi gap bo‘laklariga bog‘lanadi?
A) ega, ot kesim, to‘ldiruvchi, hol B) ega, izohlovchi, to‘ldiruvchi, hol C) ot kesim, hol, ega D) ega, fe’l kesim, to‘ldiruvchi
2. Qaysi gapda aniqlovchi holga bog‘lanib kelgan?
A) Salimjon – a’lochi o‘quvchi. B) Ilg‘or ishchilarga mukofotlar topshirildi. C) Mehnat faxriylari bilan yangi bog‘da uchrashdik. D) Kumush qishdan, zumrad bahordan, qolishmaydi kuzning ziynati
3. Aniqlovchi qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?
1) qanday; 2) qachon; 3) nechanchi; 4) kimni; 5) qay tarzda; 6) nimaning; 7) qayerda; 8) qaysi
A) 1, 2, 3, 4, 6 B) 1, 3, 6, 8 C) 1, 6, 8 D) 1, 3, 6

Sifatlovchi aniqlovchi
1. Zarur ishlarni bitirdik. Ushbu gapdagi sifatlovchi aniqlovchi qaysi so‘z turkumi bilan ifodalangan?
A) ravish B) modal so‘z C) ot D) fe’l
2. Sifatlovchi aniqlovchi taqlid so‘z bilan ifodalangan gapni toping.
A) Taqir-tuquringni yig‘ishtir. B) Yomg‘ir tomchilari deraza oynasiga tars-tars uriladi. C) Zavodning mashina bo‘limidan gurs-gurs zarb uzluksiz eshitilib turardi. D) Qars ikki qo‘ldan chiqadi.
3. Qaysi qatorda sifatlovchi aniqlovchi ibora bilan ifodalangan?
A) Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur. B) Og‘zi bo‘shning ichida gap yotmas. C) Bolali uyda g‘iybat yo‘q. D) O‘rinbosarning bunday xushomadlar oldida og‘zining tanobi qochadigan odati bor edi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling