Intensiv kurs


Download 0.59 Mb.
bet37/135
Sana31.01.2024
Hajmi0.59 Mb.
#1819698
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   135
Bog'liq
Intensiv kurs-hozir.org

Payt holi va o‘rin holi
1. Ko‘l bo‘yida qurib qolgan kattakon bir archaning g‘o‘lasi ag‘anab yotibdi. Gapdagi ostiga chizilgan so‘z qaysi gap bo‘lagi bo‘lib kelgan?
A) qaratqich aniqlovchi B) o‘rin holi C) vaziyat holi D) to‘ldiruvchi
2. Payt holi ko‘pincha qaysi turkumdagi so‘zlar orqali ifodalanadi?
A) payt ravishi B) payt ravishi, son birikmalari C) ot, payt ravishi, son birikmalari D) payt ravishi, sifat, son, olmoshning ba’zi turlari
3. Bunda qurtlar ipak to‘qiydi. Ushbu gapda holning qaysi turi qo‘llangan?
A) o‘rin holi B) payt holi C) hol qo‘llanmagan D) ravish holi
4. Qaysi gapda ayiruv bog‘lovchisi uyushgan o‘rin holini bog‘lagan?
A) Bo‘ron goh nortuyadek, goh och bo‘riday uvullardi. B) Dadam goh kech, goh erta uyga qaytardilar. C) Xolposh xola goh u kelinga, goh bu kelinga talmovsirab qaraydi. D) Xirmonga katta yo‘ldan yoki uvatdagi yolg‘izoyoq yo‘ldan boriladi.
5. 1945- yil 9- may kunida g’alaba salutlari jahonni qoplagan. Ushbu gapda qatnashgan payt holini aniqlang.
A) 1945- yil B) 9- may C) 9- may kunida D) 1945- yil 9- may kunida
Ravish holi va daraja-miqdor holi
1. Marta so‘zi qatnashgan birikmalar gapda qaysi bo’lak vazifasini bajaradi?
A) aniqlovchi B) ravish holi C) daraja-miqdor holi D) to’ldiruvchi
2. Ravish holi qatnashgan gapni aniqlang.
A) Paxta to‘g‘risida ko‘p yozdi. B) Tevarakda gala-gala chumchuqlar to’xtovsiz chirqillashadi. C) Shu gapni besh marta takrorladim. D) “Volga” yangi asfalt yo‘ldan tez yurib ketdi.
3. Ravish holi kesimga qaysi yo‘l bilan bog‘lanadi?
A) moslashuv B) boshqaruv va bitishuv C) bitishuv D) boshqaruv
4. Bola epchillik bilan turdi, qisqa va lo‘nda javob berdi. Ushbu gapda holning qaysi turi qo‘llangan?
A) maqsad holi B) ravish holi C) sabab holi D) o‘rin holi
Sabab holi va maqsad holi
1. Yaxshi o‘qigani uchun u mukofotlandi. Ushbu gapda holning qaysi turi qo‘llangan?
A) maqsad holi B) ravish holi C) sabab holi D) payt holi
2. Sabab holi ishtirok etgan gapni toping.
A) Bolalar o‘ynab kelgani ko‘chaga chiqib ketdi. B) Qoratoy do‘stining dom-daragini surishtirish uchun yelib-yugurdi. C) Qul Tarlon shodligidan To‘xtolmadi yig‘idan. D) Oling, ataylab siz uchun qildim.
3. Hammani kuldirish uchun ataylab shunday antiqa kiyindi. Ushbu gapda holning qaysi ma’no turi qatnashgan?
A) payt holi B) o‘rin holi C) ravish holi D) maqsad holi
4. Maqsad holi qo‘llangan gapni toping.
A) Tinchlik tufayli yurt obod. B) U qasddan Suqsuroyni xonga olib berdi. C) Yaxshi o‘qigani uchun u mukofotlandi. D) Joni halqumiga kelgan Sattor alamidan baqirib yig'lab yubordi.
5. Sabab holi qo‘llangan gapni ko‘rsating.
A) Joni halqumiga kelgan Sattor alamidan baqirib yig'lab yubordi. B) O‘quvchilar dam olishga dala shiyponiga kelishdi. C) Muzaffar aka, bular atayin sizni izlab kelibdi. D) Eshik oldi gul hovuz, gul tergali kelganmiz.
5-DARS. IKKINCHI DARAJALI BO‘LAKLAR (davomi). (87-106-betlar)
Reja:

1. To‘ldiruvchi haqida umumiy ma’lumot.


2. Vositasiz to‘ldiruvchi.
3. Vositali to‘ldiruvchi.
4. Aniqlovchi haqida umumiy ma’lumot.
5. Sifatlovchi aniqlovchi.
6. Qaratqichli aniqlovchi.
7. Izohlovchi.
8. Gap bo‘laklari tartibi.
9. Gap urg‘usi (mantiqiy urg‘u).
10. To‘liq va to‘liqsiz gaplar.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling