Intensiv kurs


Ergashgan qo‘shma gaplarning sodda gap bilan ma’nodoshligi


Download 0.59 Mb.
bet61/135
Sana31.01.2024
Hajmi0.59 Mb.
#1819698
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   135
Bog'liq
Intensiv kurs-hozir.org

Ergashgan qo‘shma gaplarning sodda gap bilan ma’nodoshligi
1. Tarkibida ko‘rsatish olmoshi bo‘lgan ergashgan qo‘shma gaplar sodda gapga aylantirilganda gapda qanday o‘zgarish yuz beradi?
A) ergash gap tarkibidagi so‘roq olmoshi tushib qoladi B) ergash gap tarkibidagi nomustaqil kesim shakli sifatdosh shakliga aylanishi mumkin C) bosh gap tarkibidagi yuklama ifodalanmaydi D) A, B, C
2. Qaysi qatorda ergashgan qo‘shma gapning sodda gap bilan ma’nodoshligi noto‘g‘ri berilgan?
A) Kim ko‘p o‘qisa, u ko‘p biladi. – Ko‘p o‘qigan ko‘p biladi. B) Shuni sezdimki, oila a’zolari bir-biri bilan juda ittifoq ekan. – Oila a’zolarining bir-biri bilan juda ittifoq ekanligini sezdim. C) Shuni bilingki, kengga keng, torga tor dunyo. – Dunyoning kengga keng, torga torligini bilib oling. D) Siz kimga ishonch bildirsangiz, men uni sherik qilib olishim mumkin. – Siz ishonch bildirgan kishiga sherik bo‘lishim mumkin.
3. Ko‘p o‘qigan ko‘p biladi. Ushbu sodda gapdan nisbiy so‘zli ergash gapning qaysi turini hosil qilish mumkin?
A) ega ergash gapli qo‘shma gap B) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap C) hol ergash gapli qo‘shma gap D) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap
Kesim ergash gapli qo‘shma gaplar
1. Kesim ergash gapli qo‘shma gap berilgan qatorni toping.
A) Oqsoqol qayerda bo‘lsa, o‘sha yerda ish bir tartibda bo‘ladi. B) Qizig‘i shundaki, shu ko‘rinishiga ovozi muloyim edi. C) Avval ular bizga yetib olishsin, keyin biz jo‘naymiz. D) Sevgi shunday navbahorki, u tikondan gul qilur.
2. “Xalqning xulosasi shuki, xudbin odam hech qachon elga qo‘shilmaydi”. Yuqorida berilgan gap qo‘shma gapning qaysi turiga mansub?
A) kesim ergash gapli qo‘shma gap B) ega ergash gapli qo‘shma gap C) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap D) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap
3. “Buning natijasi shu bo‘ldiki, To’laganning qanshariga musht tushdi”. Berilgan qo‘shma gap turini aniqlang.
A) hol ergash gapli qo‘shma gap B) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap C) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap D) kesim ergash gapli qo‘shma gap
4. Muhammad Yusuf ijodining o‘ziga xos xusisiyati shundaki, u juda oson o‘qiladi, sodda, xalqchil. Berilgan gap ergashgan qo‘shma gapning qaysi turiga mansub?
A) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap B) kesim ergash gapli qo‘shma gap C) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap D) ega ergash gapli qo‘shma gap
5. Orzum shul: o‘chmasin yongan chirog‘ing. Ergashgan qo‘shma gap turini aniqlang.
A) ega ergash gapli qo‘shma gap B) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap C) ushbu gap ergash gapli qo‘shma gap emas D) kesim ergash gapli qo‘shma gap
6. Qaysi qatorda kesim ergash gapli qo‘shma gap berilmagan?
A) Eng yaxshi yo‘l shuki, yaxshi do‘st yor-diyordan ayrilishni ixtiyor etmaydi. B) O‘tgan ota-bobolarning xulosasi shuki, shirin so‘z odamning qalbini bog‘lovchi zanjirdir. C) Qisqa gap shuki, odam so‘zi bilan taniladi, axloqi bilan maqtanadi. D) Hali Onaxonning bilmaganlari shu qadar ko‘p ediki, so’rab oxiriga yetolmasday ko‘rindi.
7. Donolarning o‘gitlari shundayki, so‘zning lazzati uni gapirishda emas, balki eshitishdadir. Qo‘shma gap turini aniqlang.
A) kesim ergash gapli qo‘shma gap B) uyushgan bo‘lakli gap C) bog‘lovchisiz qo‘shma gap D) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap
8. Ergash gapning qaysi turida ergash gap bosh gapga ko‘rsatish olmoshi tarkibidagi -ki yuklamasi orqali bog‘lanadi?
A) ega ergash gapli qo‘shma gap B) kesim ergash gapli qo‘shma gap C) hol ergash gapli qo‘shma gap D) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap
9. Kesim ergash gapli qo‘shma gap haqida bildirilgan qaysi fikr noto‘g‘ri?
A) Kesim ergash gap bosh gapga -ki yuklamasi orqali bog‘lanadi. B) Kesim ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gap odatda bosh gapdan keyin keladi. C) Kesim ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi -ki yuklamasi ergash gap tarkibida bo‘ladi. D) barcha fikrlar to‘g‘ri.
10. Keragi shuki, ana shu miqqiyni ham boqish kerak. Ushbu gap ergash gapli qo‘shma gapning qaysi turiga mansub?
A) ega ergash gapli qo‘shma gap B) hol ergash gapli qo‘shma gap C) kesim ergash gapli qo‘shma gap D) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap
11. Qaysi qatordagi gap kesim ergash gapli qo‘shma gapga mansub emas?
A) Haqiqat shunday jonki, pardoz uning husnini buzadi. B) Yozuvchining mahorati shundaki, butun bahorni atigi chigitdek keladigan g‘o‘ra ichiga qamab bera oladi. C) Buning natijasi shu bo‘ldiki, To‘laganning qanshariga musht tushdi. D) Donolarning o‘gitlari shundayki, so‘zning lazzati uni gapirishda emas, balki eshitishdadir.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling