Intensiv kurs


Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi


Download 0.59 Mb.
bet79/135
Sana31.01.2024
Hajmi0.59 Mb.
#1819698
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   135
Bog'liq
Intensiv kurs-hozir.org

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi
1. Qaysi so‘zlar tarkibidagi j harfi til oldi jarangli qorishiq undoshni ifodalagan?
A) jurnal, ajdar, gijda B) joriy, garaj, ijod C) jo‘ja, jahon ajdar D) jon, rivoj, juda
2. Jurnal, ajdar, gijda. Ushbu so‘zlar tarkibidagi j tovushi haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri?
A) til oldi, jarangli, sirg‘aluvchi undosh tovush B) til oldi, jarangli, qorishiq undosh tovush C) til oldi, jarangsiz, qorishiq undosh tovush D) til oldi, jarangli, portlovchi undosh tovush
3. Qaysi qatorda so‘zlar alifbo tartibida berilgan?
A) sim, g‘isht, o‘zbek, cho‘pon B) ko‘ngil, sevgi, ulug‘, ziyo C) chashma, g‘alayon, past, shodlik D) baxt, go‘zal, nargis, lochin
4. Lotin yozuviga asoslangan yangi o’zbek alifbosining o’ziga xos xususiyati to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping.
A) ayrim harflar shaklining o’zgarganligi B) harflar sirasi (qatori) ning o’zgarganligi C) barcha javoblar to’g’ri D) ayrim undoshlarning ikki harf birikmasi orqali ifodalanganligi
O‘zbek tili imlosining asosiy qoidalari
1. Qaysi yozuv turida so‘z va qo‘shimchalar qanday aytilsa shunday yoziladi?
A) morfologik yozuv B) fonetik yozuv C) tarixiy-an’anaviy yozuv D) shakliy yozuv
2. Fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan so‘zlar qatorini toping.
A) og‘zi, yasha, sanoq B) bag’ir, o‘g‘li, taroq C) bog‘cha, qishloqqa, singli D) tuzum, o‘quvchi, ishtiroki
3. Qaysi yozuv qoidasida so‘z va qo‘shimchalar talaffuziga e’tibor berilmaydi?
A) shakily yozuv B) fonetik yozuv C) morfologik yozuv D) tarixiy-an’anaviy yozuv
4. Qaysi qatordagi so‘zlar morfologik yozuv qoidasi asosida yozilgan?
A) sanoq, ata, tarqoq B) do‘st, tog‘ga, tuzsiz C) tank, teatr, soldat D) qo‘rqoq, bilim, bank
5. Chetdan kirgan so‘zlar imlosi qaysi yozuv turida o‘rganiladi?
A) morfologik B) tarixiy-an’anaviy yozuv C) fonetik D) shakliy
6. Berilgan so‘zlardan qaysilari shakliy yozuv qoidasi asosida yozilgan?
A) stol, tank, schyot B) teatr, kitob, singil C) sanoq, kompyuter, muhabbat D) tuzsiz, do‘st, qishloqqa
Unlilar imlosi
1. a unlisining i unlisiga yaqin talaffuz qilinishi qaysi so‘zda uchraydi?
A) muallim B) tadqiqot C) muhokama D) tabarruk
2. Qaysi so‘z tarkibidagi o unlisi o‘ tarzida talaffuz qilinadi?
A) direktor B) totli C) boshoq D) zavod
3. 1) oktabr; 2) tok; 3) kod; 4) traktor; 5) tonna; 6) tola; 7) kotib; 8) poyezd. Berilgan so‘zlarning qaysilaridagi o unlisi o‘ tarzida talaffuz qilinadi?
A) 1, 2, 4, 6, 7 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 2, 3, 4, 7 D) 1, 2, 3, 5, 8
4. Konstitutsiya so‘zi tarkibidagi qaysi unli tovush boshqa unli tovush sifatida talaffuz qilinadi?
A) o unlisi B) birinchi i tovushi C) u unlisi D) ikkinchi i unlisi
5. Qaysi so‘zlar tarkibidagi o unlisi qisqa i tarzida eshitiladi?
A) zavod, oktabr, tok B) kitob, nahor, asbob C) direktor, traktor, konduktor D) irrigator, anhor, rektor
6. Qaysi so‘z tarkibidagi ikki undosh orasida bir i unlisi qo‘shib talaffuz qilinadi?
A) rizq B) qahr C) tort D) B va C
2-DARS. ALIFBO VA IMLO (davomi). (23-41-betlar)
Reja:
1. Undoshlar imlosi.

2. O‘zak va qo‘shimchalar imlosi.


3. Qo‘shma so‘zlar imlosi.
4. Bosh harflar imlosi.
5. Bo‘g‘in ko‘chirish qoidalari.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling