Intensiv kurs
O‘zak va qo‘shimchalar imlosi
Download 0.59 Mb.
|
Intensiv kurs-hozir.org
O‘zak va qo‘shimchalar imlosi
1. a unlisi bilan tugagan so‘zlarga ot yasovchi q, v qo‘shimchalari qo‘shilganda o‘zak-negizda qanday fonetik o‘zgarish yuz beradi? A) a unlisi o ga aylanadi B) hech qanday o‘zgarish kuzatilmaydi C) so‘z oxiridagi a unlisi tushib qoladi D) a unlisi u ga aylanadi 2. Qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida o‘zak tarkibida fonetik o‘zgarish yuz bergan so’zlar qatorini toping. A) qishloq, tuzum, saylov B) taroq, bo‘yoq, unum C) saylov, taroq, qo‘rqoq D) sanoq, atama, bo‘yoq 3. Qanday holatda o‘zak tarkibidagi i ulisi u ga aylanishi mumkin? A) qo‘shimcha tarkibida u unlisi mavjud bo‘lganda B) tarkibida u tovushi bo‘lgan so‘zlarga i (egalik) qo‘shimchasi qo‘shilganda C) i tovushi bilan tugagan so‘zlardan v tovushi orqali ot yasalganda D) v tovushi bilan tugagan otlarga i (egalik) qo‘shimchasi qo‘shilganda 4. Qaysi qatordagi fe’llardan ot yasalganda so‘z fonetik yozuv qoidasi asosida yoziladi? A) tuz, uy B) kul, quy C) bil, tin D) yuv, ulug‘ 5. Qanday holatda -im qo‘shimchasi -um tarzida qo‘llanadi? A) o‘zagida u tovushi bo‘lgan otlarga egalik qo‘shimchasi sifatida qo‘shilganda B) o‘zagida v tovushi bo‘lgan sifatlarga so‘z yasovchi qo‘shimcha sifatida qo‘shilganda C) o‘zagida u tovushi bo‘lgan fe’llardan ot yasalganda D) o‘zagida u tovushi bo‘lgan otlardan sifat yasalganda 6. Ot yasovchi -indi qo‘shimchasi qachon -undi shaklida yoziladi? A) o‘zagida u tovushi bo‘lgan fe’llarga nisbat qo‘shimchasi sifatida qo‘shilganda B) bu qo‘shimcha har doim -indi shaklida qo‘llanadi C) o‘zagida u tovushi bo‘lgan otlarga qo‘shilganda D) o‘zagida u tovushi bo‘lgan fe’llarga qo‘shilganda 7. Kuyundi va kuyindi so‘zlari o‘zaro qanday farqlanadi? A) kuyundi – o‘t-olov, kuyindi – fe’l B) bu so‘zlar bir so‘zning ikki xil ko‘rinishi hisoblanadi C) kuyundi – fe’l kuyindi – o‘t-olov D) kuyundi – sifat, kuyindi – ot 8. 1) yigitlik; 2) aqllik; 3) tezlik; 4) uy-joylik; 5) uychilik; 6) ilmlik; 7) ko‘rpalik Berilgan so‘zlarning qaysilariga -lik qo‘shimchasi to‘g‘ri qo‘shilgan? A) 1, 2, 3, 4, 5, B) 2, 4, 6 C) 1, 2, 7 D) 1, 3, 5, 7 9. Qaysi so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda so‘zda fonetik o‘zgarish kuzatiladi? A) tilak, ocherk B) bek, yuq C) tayoq, qishloq D) ko‘ylak, ishtirok 10. Qaysi qatordagi fikr noto‘g‘ri? A) g‘ tovushi bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda so‘zda fonetik o‘zgarish yuz bermaydi B) parvo, obro‘ so‘zlariga I, II, III shaxs egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda o‘zakdan so‘ng y tovushi qo‘shib yoziladi C) k harfi bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda doimo so‘zda fonetik o‘zgarish yuz beradi D) B, C 11. Qaysi so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda qo‘shimcha tarkibida fonetik o‘zgarish yuz beradi? A) qorin B) mavzu, C) bek D) tayoq 12. Mavqe, avzo so‘zlariga qaysi qo‘shimcha qo‘shilganda u fonetik yozuv asosida yoziladi? A) I shaxs egalik qo‘shimchasi B) kelishik qo‘shimchalari C) so‘z yasovchi qo‘shimchalar D) I, II shaxs egalik qo‘shimchasi 13. Parvo, avzo so‘zlariga III shaxs egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda so‘zda qanday fonetik o‘zgarish yuz beradi? A) hech qanday fonetik o‘zgarish yuz bermaydi B) bu so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilmaydi C) o‘zakdan so‘ng y tovushi qo‘shiladi D) so‘z oxiridagi tovush tushib qoladi 14. k va q undoshlari bilan tugagan so‘zlarga qaysi qo‘shimchalar qo‘shilganda so‘zda fonetik o‘zgarish kuzatiladi? A) egalik qo‘shimchalari B) jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi C) barchasi to‘g‘ri D) sifatdosh qo‘shimchasi 15. Qo’shimcha tarkibida fonetik o’zgarish yuz bergan so’zlar qatorini toping. A) qorni B) sig‘guncha C) qishlog‘i D) qishloqqa Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling