Interfaol metodlar – boshlang’ich sinflarda kreativlikni oshirishning asosiy omili. Ergashaliyeva Ma’sumaxon Ulug’bek qizi


Download 24.51 Kb.
bet1/3
Sana23.04.2023
Hajmi24.51 Kb.
#1387632
  1   2   3
Bog'liq
Interfaol metodlar – boshlang’ich sinflarda kreativlikni oshirishning asosiy omili


Interfaol metodlar – boshlang’ich sinflarda kreativlikni oshirishning asosiy omili.
Ergashaliyeva Ma’sumaxon Ulug’bek qizi .
Namangan Davlat pedagogika instituti
Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 1-bosqich talabasi.
Annotatsiya: Ushbu maqolada, interfaol metodlar haqida umumiy ma’lumot, dars usullari va boshlang’ich sinflarda eng yaxshi o’qitish usullari haqida atroflicha bilib olishingiz mumkin .
Kalit so’zlar: Kreativlik, mustaqil fikrlash, interfaol metodlar, dars usullari, fsmu metodi, ta’lim metodlari.
Abstract: In this article, you can learn about interactive methods in general, teaching methods and best teaching methods in elementary grades.
Key words: Creativity, independent thinking, interactive methods, teaching methods, fsmu method, educational methods.
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi “Uzluksiz ta’lim tizmini yanada takomillashtirish , sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish , yosh avlodning ijodiy va intellekual salohiyatini qo’llab-quvvatlash va ro’yobga chiqarish “ kabi ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Shunga muvofiq intellektual o’qitish metodlari asosida talabalarning kreativlik qobilyatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. [1] Aynan , intellektual o'qitish metodlari orqali nafaqat, talabalarning balki o'quvchilarning ham kreativ qobilyatlarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlarni ijodkorlk qobilyati qolaversa , ilmiy fikrlovchi ya’ni (intellektual) salohiyatli qilib tarbiyalash muhim hisoblanadi.

Yoshlarni erkin fikrlovchi, yangilikka intiluvchi va barkamol inson qilib tarbiyalash boshlang'ich sinflardan olib boriladi, bu jarayon muhim vazifalardan biridir. Shu sababdan ham ta'lim mazmuni tubdan yangilanib borilmoqda. Kichik maktab yoshi davrida bolada mustaqil ta'lim olish motivlari yuzaga kelib, ular eng oddiy shaklda - bilimlarni olish bilan birgalikda qo'shimcha manbalarga va turli mavzulardagi kitoblarni o'qishga qiziqishi bilan yuzaga keladi.[7] Qiziqish deganda, insonning nimagadir e’tibor berishiga, ayrim hodisalarga intilishi tushuniladi. Kichik maktab yoshidan boshlab ularning qiziqishlariga yo’naltira olsak, bola o’z qiziqishlari orqali yuqori cho’qqilarni zabt etishi mumkin . Ta’lim tizmi tubdan yangilab borilayotgan zamonda, yosh avlodning har sohada o’z qiziqishlari inobatga olinishi va shu bilan birgalikda erkin va kreativ fikrlovchi qolaversa, barkamol inson bo’lishi asosiy maqsadlarimizdan biridir…
Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo’nalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o’qituvchilari dars mashg’ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar.[2] Interfaol metodlar orqali, biz yoshlarda, ta’lim-tarbiyani,o’ziga berilgan topshiriqqa ijodiy yondoshishini, keng bilim saviyasiga ega bo’lishini shuningdek, turli yangiliklardan xabardor bo’lishiga yordam beradi. Bundan tashqari, darslar mazmunli va samarali bo’lishida, dars usullari yoki dars metodlari muhim ahamiyat kasb etadi. Avvalo, dars usullari haqida tanishib chiqamiz. Dars usullari deb, darsni samarali olib borish uchun qo‘llaniladigan ta’limiy tadbirlar yoki o‘quv jarayonini amalga oshirishda qo‘llaniladigan uslublar sistemasiga aytiladi. Dars usullari­ning son-sanog‘i ko‘p. Masalan, noan’anaviy dars metodlari : “bahs-munozara”, “kichik guruhlarda ishlash”, “o‘zaro savol-javob”, “bir-birini o‘qi­tish”, “aqliy hujum”, “muzyorar”, “klaster”, “sinkveyn”, “zig-zag”, “charxpalak”, “zanjir”, “bume­rang”, “kimoshdi savdosi”, “video­topishmoq”, “to‘rtinchisi ortiqcha”, “kuzatish, bahslashish, ishontirish”, “chaqirish, anglash, fikrlash”, “sportloto o‘yini”, “kubik o‘yini”... va boshqalar shular jumlasidandir.[3] Bugungi kunda nima uchun aynan shu metodlardan foydalanilmoqda? Ularning samarasi qay darajada foydali? Pedagog uchun bu metodlar nima uchun zarur? Kabi savollar tug’ilishi tabiiy . Bu savollarga atroflicha javoblar olamiz. Demak, bu metodlar hozirgi jadal rivojlanayogan yurtda juda muhimdir . Metod o’zi nima? . “Metod” yunoncha so‘z bo‘lib, “usul, yo‘l-yo‘riq” degan ma’nolarni anglatadi (uslub emas). Dars metodlari shartli ravishda 3 ga bo‘linadi: an’anaviy, noan’anaviy va zamonaviy. Har bir metod og‘zaki, yozma va ko‘rsatmali-amaliy usullarda olib boriladi. Interfaol metodlar esa, o'quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini va dunyoqarashini shakllantiradi. O'quvchilarda bilim olishga bo'lgan ishtiyoq va qiziqishlarini oshiradi, bilimlarni mustahkam o'zlashtirish va ularni amaliyotda erkin foydalanishni shakllantiradi. Uning samarasi deganda, bilim olish, yaxshi tarbiya topish nazarda tutiladi. Keling endi, interfaol metodlarning mazmuni va mohiyati haqida tanishib chiqamiz. Interfaol metodlarda o`qitishning mohiyati quyidagicha:

Download 24.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling