Interfaol metodlar – boshlang’ich sinflarda kreativlikni oshirishning asosiy omili. Ergashaliyeva Ma’sumaxon Ulug’bek qizi
Download 24.51 Kb.
|
Interfaol metodlar – boshlang’ich sinflarda kreativlikni oshirishning asosiy omili
- o`rgatuvchi ham o`rganuvchi ham ma`lumotlar bilan faol ishlashi;
- o`quvchilarni mustaqil fikrlashga undashi va o`rgatishi; - o`qituvchiga «o`quvchilarni fikrlashga o`rgatish uchun» xizmat qilsa, o`quvchilarga esa, «fikrlashni o`rganishlari uchun» xizmat qilishi; *Interfaol usullardan foydalanish shakllari: Individuallashtirish; Kichik guruhlarga ajratish; Tabaqalashtirish: O`rgatish va o`rganish jarayonida demokratik, do`stona muhitni yaratish; O`zaro muloqot, hamkorlikni tashkil etish. Zamonaviy interfaol metodlardan foydalanishning muhim jihatlari ta`lim samaradorligiga erishishga yetarlicha hissa qo`shish bilan ahamiyatlidir.[4] Haqiyqatdan ham , ta’lim oluvchilarning faollashtiruvchi , mustaqil fikrlashga undovchi , ta’lim jarayonida nazariy va amaliy muammolarni yechishi shu bilan birgalikda, yangilikka intilishi va kreativlik kabi ko’nikmalarni o’quvchida shakllantirish nazarda tutiladi. Kreativ fikrlovchi yoshlar, oddiy manzaralardan o’zgacharoq ta’svirlarni ham tasavvur qila oladi va hech kim ilg’amagan jihatlarni payqaydi, natijada , ular yangilik yarata oladi. Bugungi kunda, interfaol metodlar kreativlikning asosiy omilidir. Kreativlikka chorlovchi, ta’lim metodlari va ayrim namunalar bilan tanishamiz. Ta'lim metodlari, oʻquv materialini oʻgʻzaki bayon qilish metodi, koʻrgazmalilik metodi , amaliy mashgʻulotlar metodi ,og'zaki bayon qilish ta'lim metodi, hikoya qilish , o'quv materiali tayyorlash , maktab maruzasi ,suhbat, darslik va kitoblar bilan ishlash, dars mavzusiga bog'liq holda sinf va sinfdan tashqaripaytlarda darslik va o'quv adabiyotlari bilan mustaqil ishlash, dars jarayonida darslik va o'quv adabiyotlari bilan ishlash, ko'rgazmalilik metodi,namoyish etish, tasvirlash, ekskursiya…. [8] Sinfdan tashqari o’qish darslarning asosiy vazifasi o’quvchida badiiy kitoblarni o’qishga havas uyg’otish, o’qigan kitoblari yuzasidan kundalik yurita olishga o’rgatishga undaydi. Demak, ta’lim metodlari ta’lim jarayonida qo‘llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmuasi hisoblanadi. FSMU metodi mavzu bo‘yicha yangi assotsiativ fikr va tasavvurni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi. FSMU texnologiyasi (F) - Fikringizni bayon eting. (S) - Fikringiz bayoniga biror sabab ko‘rsating. (M) - Ko‘rsatgan sababingizni isbotlab misol (dalil) keltiring. (U) - Fikringizni umumlashtiring.[9] FSMU metodi avvalo, mavzu bo’yicha tanishadilar ,sabablarni isbotlash orqali mavzuni yanada, mukammal o’rganadilar, fikrlarini umumlashtirib xulosa chiqaradilar. Metod erkin fikrlashga, o’z fikrini himoya qilishga va boshqalarga o’z fikrini o’tkazishga va har tomonlama kreativ fikrlashga o’rgatadi. O‘quv jarayonida ushbu metodlarni darsning maqsadi va mazmunidan kelib chiqib, loyihalashtirib qo‘llash quyidagi natijalarga olib keladi: * o‘rganuvchilarning o‘qishga qiziqishlari va motivatsiyasi kuchayadi; * o‘rganuvchilarning darsda zerikishi va charchashining oldi olinadi; * o‘rganuvchida ijodiy ishlash ko‘nikmalari va faol fikr rivojlanadi; Boshlang'ich maktablarda amalga oshirilishi mumkin bo'lgan eng yaxshi o'qitish usullaridan ba'zilari quyidagilardir: 1. Vizualizatsiya Vizual va amaliy ta'lim tajribasi orqali zerikarli ilmiy tushunchalarni hayotga olib kelish, o'quvchilarga ularning hayotda qanday qo'llanilishini tushunishga yordam berish. 2. Hamkorlikda o'qitish O'quvchilarni kichik guruh yoki butun sinfning faoliyatini rag'batlantirish orqali birgalikda ishlashga qodir bo'lgan o'quvchilarni rag'batlantirish. 3. So'rov asosida ko'rsatmalar O'quvchilarni savol berishga va o'z g'oyalarini o'rganishga da'vat qilimoq, ularga muammolarni hal qilish qobiliyatlarini yaxshilashga yordam beradi, shuningdek, ilmiy tushunchalarni yanada chuqurroq tushunishga yordam beradi. Har ikkisi ham muhim hayotiy ko'nikmalar. 4. Farqlash Hech kim ortda qolmasligi uchun o'quvchilarning qobiliyatiga qarab vazifalarni taqsimlash orqali ta'lim jarayonini farqlash va belgilash. 5. Kasbiy rivojlanish Muntazam kasbiy rivojlanish dasturlarida ishtirok etish o'qituvchining dars berish qobiliyatlarini yaxshilashning ajoyib usuli hisoblanadi.[5] Maktabda o’qitish jarayonda, muallim o’quvchilarga yo’l-yo’riq ko’rsatishi va o’quvchilar o’quv-bilish topshiriqlarida (interfaol metodlarda) mustaqil fikrlay olishidan iboratdir. O’qituuvchi sabog’ini o’zlashtirish jarayonida bilmlarni idrok qilish, tushunish va mustahkamlashlari talab etiladi. Yuqoridagi,o’quv jarayonini takomillashtirishdan ko’zlangan asosiy maqsad uning sifatini yangi pog’onaga olib chiqishdan iborat . Shunga ko’ra o’qituvchilarda qanday yangilik vujudga kelishi kerak? Asosan, shunchaki materialni bayon etmasligi va o’quvchilarga tayyor xulosalar bermasligi kerak . Balki, ularning fikrini jalb qilishi , o’quvchilarni mustaqil holda o’ylashga imkon yaratishi, muammoli vaziyat yaratib, o’ylashga, fikrlashga, eslab qolishga , tasavvur qilishga, ijodkorlikka, kreativlikka o’rgatilishi lozim. O'quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish. O'quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan yetuk va mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash[6] pedagoglarning asosiy vazifasidir. Kreativlikni shakllantirishga oid interfaol metodlar, muammoli ta’lim texnologiyasi, hamkorlikdagi ishlarni to‘g‘ri tashkil qilish, darslarda axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish orqali ta’lim sifati,dars samadorligiga erishish mumkin. Hamda o‘quvchilarning dunyoqarashini, mantiqiy fikrlashini va kreativ qobiliyatlarini yuqori darajaga olib chiqish mumkin. Bugun maktablar tizimiga qaratilayotgan e’tibor zamirida o‘quvchilarni innovatsion va kreativ fikrlaydigan, zamonaviy kadrlar, yuksak ma’naviyat egalari etib tarbiyalash masalasi turibdi. Boshlang’ich ta’lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, kreativlikka, aqliy rivojlanishi, dunyoqarashi, kommunikativ savodxonligi va o’z-o’zini anglash salohiyatini shakllantirishga,jismonan sog’lom bo’lishga, moddiy borliq go’zalliklarini his eta olishga, go’zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urf-odatlarni o’zida singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga o’rgatadi.[10] Demak, barcha interfaol metodlarni qo’llash orqali, o’quvchilar yangiliklarni bilish jarayoni shunchalik tezlashadi va osonlashadi. Qolaversa, tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, adolatlilik, sabrlilik, kreativlik, aql-salohiyatining yetuklikka, izlanishga o’ch bo’lishiga da’vat etadi. Har bir pedagog, bir so'z bilan aytganda – kreativ bo’lishi lozim . Hozirgi zamonda kreativ o’ylaydigan insonlar hammadan ajralib turadi. Jadal rivojlanayotgan zamonamizda, 2023-yil ”Insonga e’tibar va sifatli ta’lim yili” deb yurtboshimiz tomonidan e’lon qilingani ham bejiz emas. Zero, ta’lim tizmini rivojlantirib , innovatsion va kreativ g’oyalarni yaratish ham muhimdir . Biz yoshlarni qo’llab-quvvatlash , inson manfaatlarini ta’minlash eng ezgu g’oyalarimiz bo’lishi kerakligi haqida takidlab o’tildi. O’quvchi yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga , mustaqil fikrlashga, ma’naviyatli inson bo’lishga zamin yaratishimiz lozim . Shundagina, yoshlar ham keng tafakkurli, erkin fikrlovchi , har bir masalaga kreativ yondasha oladigan bo’lib yetishib chiqadi. Download 24.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling