Interfaol metodlar tushunchasi


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/46
Sana12.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1768170
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46
 


17 
7. Kubik metodi 
Kubik metodidan darsni mustahkamlash vaqtida foydalansa yaxshi natija beradi. 1 
qadam: o’quvchilarga mavzu o’tilgandan so’ng unga biror tushuncha shakllanadi.
Shakllangan tushunchani (kattallik, asbob, o’lchov birligi) quyidagicha yozish taklif 
etiladi. 
1. Tasvirlang 
2. Taqqoslang 
3. o’xshating 
4. Tahlil qiling 
5. Ishlating 
6. Foydali va zararli tomonlari. 
Masalan: "Kuch" mavzusini o’tgandan so’ng kubik usulini qo’llasak taxminan 
o’quvchilar quyidagicha yozadilar. 
1. Kuch 
2. Katta, kichik 
3. Zarb, kuchli, kuchsiz 
4. Jismga tezlik beruvchi sabab 
5. Dinamometr qo’l kuchini aniqlaydi. Traktorning tortish 
kuchini aniqlaydi. 
6. Ishqalanish kuchi bo’lmasa yurolmaym iz. 
. Og'irlik kuchi bo’lmasa yer sirtida yasholmaymiz. 
- Kuchli shamol, kuchli suv toshqini, vulkan natijasida kuchli portlash, zil-zila, kuchli 
yer qimirlashi natijasida ko’p ofatlar keladi. 
8.Sinkveyn metodi. 
Sinkveyn frantsuzcha so’z bo’lib "besh" degan ma'noni bildiradi. o’quvchilarga 
darsni mustahkamlash bosqichida biror fizik k attalik, asbob, hodisa nomi, fizik olimni 
quyidagicha besh qatorli misraga solishni taklif etish lozim. 
Ot (1 so’z) 
Sifat (2 so’z) 
Fe'l (3 so’z) 
Ibora (gap bilan ta'rifi beriladi) 
Sinonim (1 so’z yoziladi, otga yozilgan so’z bilan ma'nosi bir xil bo’lsin). 
Masalan "Tok kuchi" ni o’quvchilar quyidagicha ta'riflaydi. 
Ot Tok kuchi 
Sifat Katta, kichik 
Fe'l Kuydiradi, oqadi isitadi. 
Ibora. Zaryad miqdorining vaqtga nisbatiga teng.
Sinonim. zaryadlar oqimi.
Ba'zi bir mavzularni ta'riflashda sinonimni 1 so’z bilan yozib bo’lmaydi unda ikki 
so’zdan iborat qilib olishga ruxsat beriladi. 
 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling