Interfaol metodlar tushunchasi
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.Sinkveyn metodi.
17 7. Kubik metodi Kubik metodidan darsni mustahkamlash vaqtida foydalansa yaxshi natija beradi. 1 qadam: o’quvchilarga mavzu o’tilgandan so’ng unga biror tushuncha shakllanadi. Shakllangan tushunchani (kattallik, asbob, o’lchov birligi) quyidagicha yozish taklif etiladi. 1. Tasvirlang 2. Taqqoslang 3. o’xshating 4. Tahlil qiling 5. Ishlating 6. Foydali va zararli tomonlari. Masalan: "Kuch" mavzusini o’tgandan so’ng kubik usulini qo’llasak taxminan o’quvchilar quyidagicha yozadilar. 1. Kuch 2. Katta, kichik 3. Zarb, kuchli, kuchsiz 4. Jismga tezlik beruvchi sabab 5. Dinamometr qo’l kuchini aniqlaydi. Traktorning tortish kuchini aniqlaydi. 6. Ishqalanish kuchi bo’lmasa yurolmaym iz. . Og'irlik kuchi bo’lmasa yer sirtida yasholmaymiz. - Kuchli shamol, kuchli suv toshqini, vulkan natijasida kuchli portlash, zil-zila, kuchli yer qimirlashi natijasida ko’p ofatlar keladi. 8.Sinkveyn metodi. Sinkveyn frantsuzcha so’z bo’lib "besh" degan ma'noni bildiradi. o’quvchilarga darsni mustahkamlash bosqichida biror fizik k attalik, asbob, hodisa nomi, fizik olimni quyidagicha besh qatorli misraga solishni taklif etish lozim. Ot (1 so’z) Sifat (2 so’z) Fe'l (3 so’z) Ibora (gap bilan ta'rifi beriladi) Sinonim (1 so’z yoziladi, otga yozilgan so’z bilan ma'nosi bir xil bo’lsin). Masalan "Tok kuchi" ni o’quvchilar quyidagicha ta'riflaydi. Ot Tok kuchi Sifat Katta, kichik Fe'l Kuydiradi, oqadi isitadi. Ibora. Zaryad miqdorining vaqtga nisbatiga teng. Sinonim. zaryadlar oqimi. Ba'zi bir mavzularni ta'riflashda sinonimni 1 so’z bilan yozib bo’lmaydi unda ikki so’zdan iborat qilib olishga ruxsat beriladi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling