Interfaol metodlar tushunchasi


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/46
Sana12.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1768170
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   46
 
4. Zig - zag (ajurli arra), 
Aqliy hujum, savol - javob, kubik, sinkveyn kabi metodlardan darslarda foydalanish 
yo’llari. "Ajurli arra" (ajur so’zi frantsuzcha "ajour" so’zidan olingan bo’lib "bir yoqdan 
ikkinchi yoqqa o’tgan, ikki tomoni ochiq" degan ma'noni anglatadi) metodidan darsning 
"Yangi mavzuni o’rganish" bosqichida foydalanish mumkin. quyidagi qadamlar bilan 
o’quvchilar faoliyati tashkil etiladi. 
1. Qadam: Guruh bo’lib o’tirgan barcha o’quvchilarni (6 tadan) 
raqamlaymiz. 1,2,3,4,5,6 
2. Qadam: Darslikni ochib 1 raqamli o’quvchilar mavzuning 1-qismini, 2 raqamli 
o’quvchilar mavzuning 2- qismi va hokazo 6 raqamli o’quvchilar mavzuning 6 -
qismini o’qish taklif etiladi. (Mavzu matnini qismlarga bo’lishni o’qituvchi oldindan
mo’ljallab 
qo’yadi). O’qish va daftariga qayd qilish uchun 5 daqiqa vaqt beriladi. 
3. Qadam: o’qish va daftarlariga bilib olganlarini qayd qilish uchun berilgan vaqt 
tugagandan so’ng 1 raqamlilar 1- guruhga, 2 raqamlilar 2- guruhga va hokazo 6 chi 
raqamli o’quvchilar 6 chi guruhga birlashishlari so’raladi. Ularga yangi mavzuning o’ziga 
tegishli qismi bo’yicha fikr almashishga yana 5 daqiqa beriladi. Har bir guruhdan 1 ta 
spikerni taqdimotga chiqishi uchun tayyorlashlari lozim. 
Menzurka 
Jism, ip 
Suvli idish 


15 
4 Qadam: Navbat bilan bir guruhdan 1 o’quvchi (spiker) chiqib yangi mavzuning 
1-qismi haqida, 2 guruhdan 1 o’quvchi (spiker) chiqib yangi mavzuning 2- qismi haqida 
va hokazo 6 chi guruhdan 1 o’quvchi yangi mavzuning 6- ajratilgan qismi haqida 
so’zlab beradi. 
5 Qadam: o’qituvchi tomonidan yangi mavzu to’ldiriladi. To’ldirishda o’qituvchi 
qo’shimcha adabiyotlardan, internetdagi yangi mavzuga doir materiallardan, matbuot 
materiallaridan foydalanadi. 
5.FSMU(Fikr. Sabab. Misol. Umumlashtirish.)metodi
FSMU metodidan darsni mustahkamlash maqsadida foydalanish mumkin. 
Foydalanish yo’li quyidagicha. Biror mavzu bo’yicha fikr beriladi. Shu mavzuni 
kelib chiqish sababi tushuntiriladi. Unga misol keltiriladi. Mavzu umumlashtiriladi. 
Masalan: 
Mavzu : “Diffuziya” 
Fikr: Molekulalarning o’z-o’zidan bir-biriga qo’shilish hodisasi. 
Sabab: Molekulalarning uzluksiz va tartibsiz harakati natijasida paydo bo’ladi. 
Temperatura oshsa diffuziya tezligi oshadi. Gazlarda diffuziya hodisasi tez kechadi, 
suyuqliklarda sekinroq kechadi, qattiq jismlarda esa juda ham sekin bo’ladi, sababi qattiq 
jismlarning molekulalari zich joylashgan. 
Misol: Atirning isi tez tarqaladi. Ovqatning isi. Qandchoy hosil bo’lishi. Go’shtni 
tuzlash. Soloniy tayyorlash.
Umumlashtirish: Diffuziya hodisasi molekulalarning o’z-o’zidan bir-biriga aralashib 
ketish hodisasidir. Bu hodisa molekulalarning uzluksiz va tartibsiz harakati natijasida 
paydo bo’ladi. Diffuziya hodisasi temperaturaga bog’liq. Temperatura oshsa diffuziya 
tezligi ham oshadi. Diffuziya hodisasi gazlarda tezroq, suyuqliklarda sekin, qattiq 
jismlarda juda ham sekin kechadi.
Mavzu. “ Kuch” 
Fikr: Jismni harakatga keltiruvchi, unga tezlik beruvchi sabab . 
Sabab: Ikki (kamida) jism o’zaro ta’sir qilishi natijasida paydo bo’ladi. 
Misol: Kuch bor ekaki hayot bor. Biz yura olamiz. Qushlar ucha oladi. Kema suvda 
suza oladi Samolyot havoda shunchalik og’ir bo’lishiga qaramay ucha oladi.
Umumlashtirish: Kuch jismlarning o’zaro ta’siri natijasida paydo bo’ladi. Kuch 
jismlarni harakatga keltiradi. Harakatlanish natijasida jismlar tezlik oladi. Tezligini 
o’zgartirishi natijasida tezlanishga ega bo’ladi. 
Kuch bor ekan, hayot bor, rivojlanish bor, Kuch ta’sirida biz yura olamiz, sochiq 
bilan artinamiz, stakanda suv turadi, choyni ichib bilamiz.
Mavzu. “Bosim” 
Fikr: Yuza birligiga ta’sir etuvchi kuch. 
Sabab: Yuza birligiga kuch ning ta’siri natijasida paydo bo’ladi. 
Misol: Binolarni qurish vaqtida bosimni kamaytirish uchun poydevor keng qilinadi. 
Bosimni oshirish uchun esa anjomlar uchli qilib yasaladi. Masalan: Pichoq, qaychi, 
ombur, arra, randa...... va hokazo. 
Umumlashtirish: Yuza birligiga ta’sir etuvchi kuch.Yuza birligiga kuch ning ta’siri 
natijasida paydo bo’ladi. 


16 
Binolarni qurish vaqtida bosimni kamaytirish uchun poydevor keng qilinadi. Bosimni 
oshirish uchun esa anjomlar uchli qilib yasaladi. Masalan: Pichoq, qaychi, ombur, arra, 
randa...... va hokaz 
Mavzu: Tezlik. 
Fikr: Vaqt birligida bosib o’tilgan yo’lni xarakterlaydi.. 
Sabab: Jismlar harakat qilish natijasida tezlik oladi. 
Misol: Odam, ot, mashina tezlikka ega. Avtomobil tezligini spidometr ko’rsatib 
turadi. Radar o’zoqdan kelayotgan avtomobilning tezligini ko’rsatadi. Dan xodimlarining 
qo’lida har goim bo’ladi.
Umumlashtirish: : Vaqt birligida bosib o’tilgan yo’lni xarakterlaydi.
Jismlar harakat qilish natijasida tezlik oladi. 
Odam, ot, mashina tezlikka ega. Avtomobil tezligini spidometr ko’rsatib turadi. 
Radar o’zoqdan kelayotgan avtomobilning tezligini ko’rsatadi. Dan xodimlarining qo’lida 
har goim bo’ladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling