Interfaol metodlar tushunchasi
Mashg'ulotlarni o’tkazishda "Interfaol metodlardan" foydalanish yo’llari
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Mashg'ulotlarni o’tkazishda "Interfaol metodlardan" foydalanish yo’llari. Quyidagi metodlar haqida ma’lumot beriladi. 1. Pedagogik texnologiya tushunchasini rivojlanish tarixi. Chet el texnologiyasiga oid ta'limning interfaol metodlari. 2. Dars ishlanmasini yangi texnologiya asosida yozish haqida tavsiyalar. 3. BBB (Bilardim. Biloqchiman. Bilib oldim.) metodi. 4. Klaster, Tushunchalar asosida bashorat qilish , FSMU metodlari. 5. Zig - zag (ajurli arra), aqliy hujum, savol-javob, kubik, sinkveyn kabi metodlardan darslarda foydalanish yo’llari. 6. Binar, oxirgi so’zni menga qoldiring Venn diagrammasi, burchaklar metodlari. 7. Limerik, mozaka, boshqotirma, og'zaki so’rov, bayon, rebus, topishmoq, she'rlardan darslarda foydalanish. 8. Hamkorlik darslarini tashkil etish. Fizika - informatika Fizika - kimyo Fizika - matematika Fizika - geografiya 9. Fizika fanidan o’quvchilarga bilim berishda innovasion usullardan foydalanish tajribasidan. 10. O”zini - o’zi baholash(blits metodi), rolli o’yinlar, nuqtai nazaring bo’lsin, mustaqil ish, matbuot materiallardan foydalanish tajribasidan. 11. Plakat bo’yicha taqdimot, fizik diktant, suhbat, yozma debat, guruh bo’lib ishlash, debat, taxmin va tasdiq, toifali sharh, T chizmasi, og'zaki so’rov, esse, chuqurlashtirilgan ma'ruza, Geyzer, "Insert" metodlaridan foydalanish. 12. O’quvchilarni guruhlarga ajratishning interfaol usullari. Pedagogik texnologiya tushunchasi, rivojlanish tarixi. Chet-el texnologiyasiga oid ta'limning interfaol metodlari. "Texnologiya" tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bog'liq bo’gan holda fanga 1872 yili kirib keldi. U yunoncha ikki so’zdan "texnos"- san'at, hunar va "logos"-fan so’zlaridan tashkil topib, hunar fani ma'nosini anglatadi. Pedagogik texnologiya-o’quv 11 jarayonini harakatlantiruvchi kuch yoki oldindan belgilab qo’yilgan aniq maqsad yo’lidan o’qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta'limda yakuniy natijani kafolatlaydigan tadbirlar majmuasi. Pedagogik texnologiya bu darsning qurilishi. 1965 yilda Yaponiyada Umumyapon "Pedagogik texnologiya" Pedagogik texnologiya Markaziy kengashi tashkil etildi. Shu yildan boshlab "Pedagogik texnologiya", "Pedagogik texnologiya sohasidagi tadqiqotlar" nomli jurnallar chop etila boshlandi. Shu yili Sobiq SSSR da "Maktab va ishlab chiqarish" jurnali chop etila boshlandi. 1967 yilda Angliyada Pedagogik texnologiya milliy kengashi tashkil topdi. 1964 yildan "Pedagogik texnologiya va dasturli ta'lim", 1970 yildan "Pedagogik texnologiya nomli jurnallar chop etila boshladi. 1971 yil AQSh da Kommunikasiya va texnologiya Assosiasiyasi tashkil topdi. 1961 yildan "Pedagogik texnologiya" jurnali. 1971 yildan "Audio - vizual ta'lim", "Audiovizualli kommunikasiya bayoni nomli jurnallar chop etila boshladi. 1971 yilda Italiyada Pedagogik texnologiya milliy Markazi tashkil etildi. 1971 yildan "Pedagogik texnologiya" nomli jurnali chop etila boshladi. 1973 yil Vengriyada o’qitish texnologiyasi Davlat markazi tashkil etildi. Pedagogika sohasidagi AQSh ning mashrur olimlari: B.Blum, D.Kratval, M.Trondund, D. Kerrol, Dj.Blok, L.Enderson, R.Gens, L.Brit bu olimlar ishlab chiqqan pedagogik texnologiyalar 1966 yilda YuNYeSKO Xalqaro konferensiyasi asos sifatida qabul qilindi.MDH dagi olimlar: V.P.Bespalko, M.V.Klarin, G.K.Slevko, V.P.Monaxov, M.A.Choshanov, J.O'.Yoldoshev, B.L.Farberman, N.S.Sayidahmedov o’qitish jarayonini sun'iy tizim doirasida kechadi, ana shu tizim pedagogik tizim bo’lib, uning ichidagi jarayonlar esa pedagogik texnologiyalar deyiladi. Pedagogik texnologiya bugun paydo bo’lgan fenomen emas, u har doim ta'lim - tarbiya jarayonida mavjud. Shu sababli arqoq ravishda amalga oshirilgan ilg'or metodik tajribalarni endi pedagogik texnologiya qonuniyatlariga bo’ysundirish kerak. Pedagogik texnologiyalar tasnifiga ko’ra 3 turga bo’linadi. * Umumpedagogik texnologiya * Xususiy predmetli * Lokal (mahalliy) pedagogik texnologiyalar. "Ta'lim to’'risidagi" qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" qabul qilingandan so’ng o’quvchi shaxsi ta'limining markazida qo’yildi. Shuning uchun ta'limda o’zgartirishlar kiritishga to'g’ri keldi. Hozirgi kunda o’quvchiga yo’naltirilgan ta'limdan foydalanamiz. Bu maqsadga erishish uchun darslarda interfaol metodlardan foydalanish lozim. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling